Namangan Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
188 subscribers
15.3K photos
680 videos
42 files
419 links
Download Telegram
Uchqo‘rg‘on:  Parakanda qishlog‘ining yo‘llari ta’mirlanmoqda

“Mening yo‘lim” loyihasi tuman mahalliy byudjeti hisobidan hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash maqsadida moliyalashtirilgan mablag‘ning kamida 50 foiz qismini aholi talab va murojaatlaridan kelib chiqib, ular fikrlari asosida yo‘naltirilishini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli. 

Jumladan, ayni kunda Uchqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi jamoasi “Baxriobod” mahallasi aholisi nisbatan ko‘p va gavjum Parakanda qishlog‘ining ichki yo‘llarini asfaltlashtirib berish ishlarini "Mening yo‘lim" loyihasiga binoan olib bormoqda. Bu hududdagi o‘rganishlardan so‘ng ichki yo‘lning qariyb 2 kilometr qismini talab darajasida asfaltlashtirish uchun davlat byudjeti hisobidan mablag‘ ajratilgan. Hozirda yo‘l qurish ishlari nihoyalanib, parakandaliklar uchun qulay infratuzilma barpo etildi.
📣Hurmatli fuqarolar,

📲E'tiboringizga 2023-yil 2-mavsum
«Tashabbusli budjet» jarayoni doirasida viloyatning shahar va tumanlar miqyosida ovoz berish natijalari to‘g‘risidagi ma'lumotni 14-sentabr 10:00 holatiga koʻra taqdim etamiz.

Eslatma,
Tashabbusli budjet 2-mavsum loyihalari uchun ovoz berish jarayonlari 2023-yil 16-sentabr 10:00ga qadar davom etadi!
#Uychi

Vazirlar mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq Uychi tumani Qo‘rg‘oncha MFY ichki yo‘llarini sozlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlanmoqda.

Qo‘rg‘oncha MFY ichki ko‘chalarini asfaltlashtirish loyihasi uchun 6,5 milliard so‘mlik salmoqli sarmoya kiritilgan bo‘lib, bugun mahallaning  “Bobur” ko‘chasida 1,7 kilometr uzunlikdagi asfalt bosish ishlari bajarilmoqda.

Mazkur ko‘chadagi ishlar yakunlansa mahallada mavjud 7 km uzunlikdagi ichki ko‘chalar to‘liq asfatlanadi. Bu esa barcha uchun xavfsizroq yoʻllarni taʼminlaydi.

Xavfsiz yo‘llar jamiyatimiz farovonligiga hissa qo‘shadi.

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
Yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, shuningdek “Avariya o’choqlarini” o‘rganish bo‘yicha Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasida tuzilgan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda sohada yuzaga kelayotgan dolzarb muammolar tanqidiy muhokama qilinib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, aholiga qulay va xavfsiz yo‘l sharoitlarini yaratish bo‘yicha manzilli va aniq topshiriqlar berildi.

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

✔️“Tashabbusli budjet”ning g‘olib loyihalari e’lon qilindi

Hurmatli fuqarolar!

📲“Tashabbusli budjet” loyihasining 2023-yil 2-mavsumi yakunlandi. 2023-yil 17-iyul soat 10:00 dan 16-sentabr soat 10:00 ga qadar davom etgan jarayonda mamlakatimiz bo‘ylab “OpenBudget” portali orqali 33 489 ta tashabbus uchun 18 milliondan ortiq ovoz berildi.

☑️Ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, 1187 ta loyiha gʻolib deb topildi!

Mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirgan holda, “Tashabbusli budjet” loyihasining keyingi mavsum jarayonlarida faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

↪️Gʻolib boʻlgan loyihalar bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.
#gapiradiganyol

"Gapiradigan yo‘l" loyihasini Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi jamoasi yirik amaliy ish bilan boshlab berdi

Qamchiq dovonidan 4R-112 Farg‘ona Xalqa yo‘li avtomobil yo‘liga burilganda "Kirish darvozasi" qurilmoqda.

Mazkur arkada Xo‘jand, Qo‘qon, Toshkent, Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on va Namangan kabi turli shaharlargacha bo‘lgan masofani ko‘rsatuvchi belgilar o‘rnatiladi. Bu esa yo‘l foydalanuvchilariga manzilni rejalashtirishda va izlagan joyiga borishda yordam beradi.

Ushbu darvoza Pop tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.

O‘ziga hos kirish darvozasining 60 foizi allaqachon bitirib bo‘lindi. Qolgan ishlar jadallik bilan davom etmoqda va tez orada yo‘l harakati qatnashchilariga maksimal qulaylik yaratish maqsadida ishlar yakunlanadi.

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi