Namangan Avtomobil yo‘llari boshqarmasi
183 subscribers
15.3K photos
680 videos
42 files
419 links
Download Telegram
#gapiradiganyol

"Gapiradigan yo‘l" loyihasini Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi jamoasi yirik amaliy ish bilan boshlab berdi

Qamchiq dovonidan 4R-112 Farg‘ona Xalqa yo‘li avtomobil yo‘liga burilganda "Kirish darvozasi" qurilmoqda.

Mazkur arkada Xo‘jand, Qo‘qon, Toshkent, Pop, Chust, To‘raqo‘rg‘on va Namangan kabi turli shaharlargacha bo‘lgan masofani ko‘rsatuvchi belgilar o‘rnatiladi. Bu esa yo‘l foydalanuvchilariga manzilni rejalashtirishda va izlagan joyiga borishda yordam beradi.

Ushbu darvoza Pop tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan moliyalashtirilmoqda.

O‘ziga hos kirish darvozasining 60 foizi allaqachon bitirib bo‘lindi. Qolgan ishlar jadallik bilan davom etmoqda va tez orada yo‘l harakati qatnashchilariga maksimal qulaylik yaratish maqsadida ishlar yakunlanadi.

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari boshqarmasi