#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#sport
⚡️Toshkent viloyati Angren shahar MMTB ga qarashli 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi 7-A sinf oʻqituvchisi Danabayev Feruzbek Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan sportning qoʻl jangi turi boʻyicha yoshlar va kichik oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida faxrli 1-oʻrinni egalladi. Ushbu chempion oʻquvchimiz jahon chempionatlarida ham yuqori marralarni zabt etishida omad tilab qolamiz.

March 9, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Angren sh MMTB
Angren shahar 17-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻzbek tili fani oʻqituvchisi Ismoilova Dilafruz Saidbaxramovnaning 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayon etilgan Muhtaram Prezidentimiz tabrigiga bildirgan munosabati.

March 11, 2024
#73_maktab_internat
#Bayramtabrigiga
#Munosabat
Haqiqatda soʻnggi yillar yurtimizda har jabhada juda katta ijobiy islohatlar amalga oshirilmoqda jumladan taʼlim sohasida ham. Taʼlim sohasida olib borilayotgan tizimli islohatlar albatta oʻz hosilini berishicha ishonamiz. "Maktab-Mahalla-Oila" hamkorligi amalda yaxshi natija bermoqda. Ota-onalarning taʼlim maktablariga tashrif buyurishi oʻsha oila muhiti haqida yetarlicha tasavvurga ega boʻlishimizga va bola bilan yanada yaqinlashishimizga xizmat qilmoqda. Soʻnggi yillarda ota-onalar farzandlarining taʼlim va tarbiyasiga befarq emasliklarini amalda koʻrsatishmoqda. Imom al-Buxoriy "Ilmdan oʻzga najot yoʻq va boʻlmagay" deb aytgan soʻzlari naqadar haqiqat ekanligi yana bir bor oʻz tasdigʻini topmoqda. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning taʼlim sohasi va oʻqituvchi va murabbiylar maqomini koʻtarishda olib borayotgan islohatlari biz oʻqituvchi-murabbiylarga qanot bagʻishlamoqda. Bu hatti harakatlar albatta "Uchunchi renessans" poydevorini qoʻyishimizga maʼnaviy va huquqiy asos boʻlishiga ishonchimiz komil!!!
Ahmedov Farruh Nurmuhammad oʻgʻli Angren shahar 73-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining "Tarix" fani oʻqituvchisi
📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇
Telegram|Facebook|YouTube|Sayt

Sònggi yillarda yurtimizda xotin-qizlarga kòplab imkoniyatlar shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ularni ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy savodxonligini ta'minlash bòyicha samarali ishlar tizimli yòlga qòyilmoqda. Ayniqsa, gender tenglik masalalariga ham jiddiy e'tibor qaratilganligi quvonarli holat. Bundan maqsad jamiyatda barcha bilan barobar bòlishlari va jamiyatda o'z o'rinlarini topishlari uchun albatta. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham kuni kecha bòlib òtgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayram tabrigida ham xotin-qizlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni alohida ta'kidlab òtdilar. Jumladan, "O'zbekiston-2030" strategiyasi doirasida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va manfaatlarini ta'minlash bòyicha samarali chora-tadbirlar amalga oshirilgani oshirilayotganiligini ta'kidlab o'tganlar. Shu bois milliy qonunchiligimiz takomillashtirilib, xotin-qizlarimiz uchun keng ko'lamli imkoniyatlar yaratilib berilmoqda. Masalan, saylov kodeksimizda deputatlikka nomzodlarimizning kamida 40 foizi yoki 5 nafardan 2 nafarini ayollarimiz tashkil etmoqda. Hozirgi kunda oliy ta'limda ta'lim olayotganlarning yarimidan ko'pini ayol qizlarimiz tashkil etmoqda. Bu kelgusida ulg'ayib kelayotgan yoshlarimizni taqdiri biz ayol qizlar qo'lida ekanligidan dalolat beradi. Magistratura yo'nalishida ta'lim olayotgan xotin-qizlarimizning kontrakt pullari byudjeti tomonidan to'lab berilmoqda.
Prezidentimiz o'z nutqlarida farzand tarbiyasiga ham alohida urg'u berib o'tidilar. Bog'cha, maktab va oliy ta'limga kirib boraylik. O'qituvchi va murabbiylar bilan gaplashib farzandlarimizni, nabiralarimizni o'qishi, davomat va axloq-obodiga alohida e'tibor qarataylik deya qa'tiy ta'kidlab òtdilar. Zero, vatan bizga nima berdi deb emas, biz vatanga nima berdik, deb shu yurt uchun, uning ertangi kelajagi uchun yashashimiz, ulg'ayib kelyotgan yosh avlod tarbiyasiga bee'tibor bòlmasligimiz kerak.
Toshkent viloyati Angren shahar 73-ixtisoslashtirilgan maktab-internatning ona tili va adabiyot o'qituvchisi M.A.Abdullayeva

#Prezidentimizning 8-mart - Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan yoʻllagan tabrigiga bir qarash.
Ayol qadrlangan yurt yuksalaveradi.
Prezidentimizning ushbu yilning 5-martdagi farmoni bilan Yangi farovon Oʻzbekistonni qurishda tashabbus koʻrsatib kelayotgan ayol-qizlarimiz mukofotlar bilan taqdirlandilar. Darhaqiqat, yurtimizda ayollarga ulkan ehtirom koʻrsatish, ijtimoiy-siyosiy faolligi va bandligini oshirish, ayol tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlarni yaratish, gender tenglikni ta'minlash borasida izchil islohotlar olib borilmoqda.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek,har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar va demokratik ekanligi uning xotin-qizlarga boʻlgan munosabati va gʻamxoʻrligi bilan belgilanadi.
Bugungi kunga kelib ayollarga berilayotgan e'tibor va imkoniyatlar har qachongidan ham koʻzga koʻrinarlidir. Tarixga nazar solib qarasak, ayol siymosining qadri bugungi kunchalik e'tibor va qadrda boʻlmaganiga guvoh boʻlamiz.
"Ayol - millatning tarbiyachisi" ekanligini anglagan holatda hozir jamiyatda ayollarning oʻrni va ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu boisdan, ayol-qizlarimiz har jabhada: taʼlimda, sportda, rasmiy organlarda, turli xil tashkilotlarda oʻz qobiliyatlarini koʻrsatib, mehnat qilmoqdalar. Bugungi tobora taraqqiy etib borayotgan davrda ochiqlik, erkinlik, globallashuvning mohiyati bilan qorishib borayotgan ayol-qizlarimiz ijodkor, fidokor xodim, yaratuvchi, rahbar, mehribon uy bekasidir. Ayollarga berilayotgan imkoniyatlarni jamiyat rivoji uchun berilayotgan imkoniyatlar deb ayta olamiz.
Oilalarda, mahallarda ham ayollarning qadri oshib bormoqda. Bunga "oilada zoʻravonlikni tugatish, ayol-qizlarni ommaviy davlat himoyasi bilan muhofaza qilinishi" toʻgʻrisidagi farmonlar yaqqol dalildir. Zero, Ayol qadri ulugʻlangan yurtda ahillik va baraka boʻlaveradi.
Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Azimova Nozima.

Angren shahar MMTB tasarrufidagi 39- maktab til va adabiyot fani o'qituvchisi Ergasheva Saodat Uralbayevnaning 8- mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Muhtaram Prezidentining tabrigiga bildirgan munosabati.
March 11, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Angren shahar MMTB tasarrufidagi 43-ixtisoslashtirilgan Davlat umumta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari Noraliyev Bahodir va Dushayeva Nasibaning Muhtaram Prezidentimizning "Yangi O'zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish-eng muhim vazifamiz bo'lib qoladi"- deb nomlangan nutqiga bildirgan munosabati.
March 11, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent Viloyati Angren shahar MMTB tasarrufidagi 14-umumiy o'rta ta'lim maktabning kutubxona mudirasi Dildora Ashurovna Xayrulovaning O'zbekiston Respublikasining Prizidenti Shavkat Mirziyoyevning 8-mart Xalqaro hotin qizlar kuni munosabati bilan yo'llagan tabrigiga javobi
March 11, 2024
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent Viloyati Angren shahar MMTB tasarrufidagi 14-umumiy o'rta ta'lim maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi Muhayyo Mamajanovna Rasulovaning O'zbekiston Respublikasining Prizidenti Shavkat Mirziyoyevning 8-mart Xalqaro hotin qizlar kuni munosabati bilan yo'llagan tabrigiga javobi
March 11, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Ochiq_dars
⚡️Joriy yilning 11-mart kuni Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o‘rta ta'lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Gafurova Pokiza Rustamjonovna tomonidan 1-"A" sinf o'quvchilariga "Where is food from?" mavzusida ochiq dars o'tkazildi. Dars davomida interaktiv metodlardan:
1. CLIL
2. Sehrli qo'llar
3. Quvnoq soyabon
4. So'z birikmasini top
5. Ha /yo'q metodlaridan va ITdan unumli foydalanildi.
⚡️Dars rus tili fani o'qituvchisi Inobat Nurmatova tomonidan tahlil qilindi.

March 12, 2024
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Ochiq_dars
⚡️Joriy yilning 11-mart kuni Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy o‘rta ta'lim maktabi rus tili o‘qituvchisi Gaziyeva Nargiza Muhammadjanovna tomonidan 5-"A" sinf o'quvchilariga "Профессии наших мам" mavzusida ochiq dars o'tkazildi . Dars davomida interaktiv metodlardan :
1."Kasbni top" òyini
2. Didaktik krossvord
3. Aqliy hujim va AKTdan unumli foydalanildi. Dars guruhlarning musobaqa tarzida o‘tkazilishi qiziqarli bo‘lishiga zamin yaratdi.

Prezidentimizning xotin-qizlarga yo'llagan bayram tabrigiga munosabat.
"Onalar-butun bashariyatning tarbiyachisidir"
A.Fitrat
"Agar o'g'il bolaga ta'lim bersang bir shaxsga ta'lim bergan bo'lasan, agar qiz bolaga ta'lim bersang butun ummatga ta'lim bergan bo'lasan",-- deyishadi mashoyihlar. Darhaqiqat ,
Ayol-millat tarbiyachisi ekanligi va ayollarga berilayotgan imkoniyatlar jamiyat rivoji uchun berilayotgan imkoniyatlar deb bugun baralla ayta olamiz.
Bugun yurtboshimiz,muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ayollarga katta ehtirom ko'rsatish. "O'zbekiston - 2030" strategiyasi asosida ijtimoiy-siyosiy faolligi va bandligini oshirish,onalik va bolalikni himoya qilish,ayol tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar,gender tenglikni ta'minlash borasida turli islohotlar olib bormoqda.Bunga prezidentimizning 5-martdagi farmoni bilan Yangi O'zbekistonni qurishda tashabbus ko'rsatib kelayotgan ayol-qizlarimiz mukofotlar bilan taqdirlangani yaqqol misol bo'la oladi.
Ha, ayoli qadrlangan yurt yuksalaveradi.Shuningdek, tobora taraqqiy etib borayotgan globallashuv davrida yashayotgan ekanmiz, bugungi kun ayol-qizi ijodkor,fidokor xodim, yaratuvchi rahbar ayni paytda mehribon uy bekasi hamdir.
"Oliygohda tahsil olayotgan xotin-qizlarimiz orasida ilm-fan, siyosat va jamoat arboblari, mashur madaniyat va san'at, sport nomoyondalari yetishib chiqadi, deb ishonamiz",-deyiladi tabrikda .Yurtimizda xotin-qizlarning sifatli ta'lim va tarbiya olishiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz hozirda ayollarning umumiy tibbiyotda -77 foizni, ta'lim sohasida -74 foizni , iqtisodiyot va san'at tashkilotlarida esa 46 foizni tashkil etayotganini qayd etdi.Shu bilan birga o'z nutqida farzand tarbiyasiga ham alohida urg'u berib o'tdilar.Albatta, "Maktab-Mahalla-Oila" hamkorligi samarali ishlar olib bormoqda.Bunga "Oilada zo'ravonlikni tugatish, ayol-qizlarni oilaviy Davlat himoyasi bilan muhofaza qilinishi" to'g'risidagi farmonlari yaqqol misol.Bu sa'y-harakatlar biz "Yangi O'zbekiston"ni ya'ni "Uchinchi Renessans" poydevorini qo'yishimizga ham ma'naviy ham huquqiy asos bo'lishiga ishonamiz.
Zero, Ayoli qadrlangan ,ulug'langan yurtda hamisha ahillik hukm suraveradi.Ahillik hukm surgan yurtga esa doimo baraka yog'ilaveradi.Har bir inson Vatanim deb, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan vatavparvar bo'lsin. Men ajdodlardan avlodlarga meros bo'lgan vatanim bilan faxrlanaman.
Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o'rta ta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Sattarova Maxsuda Rajabovna.

Prezidentimizning 8-mart Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan yo'llagan tabrigiga bir qarash.
Ayollarni e'zozlar zamon.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning joriy yilning 5-martidagi farovon O'zbekistonni qurishda tashabbus ko'rsatib kelayotgan ayol va qizlarimizni mukofotlar bilan taqdirladilar.
Darhaqiqat, bunday e'tibor va e'tirofdan ayollarimiz kuch-quvvat olishadi. O'zlariga bo'lgan ishonch yanada ortadi , albatta. Davlatimiz rahbari tomonidan bizga qaratilgan e'tiborli ishonchni oqlash har birimizning burchimizdir.
Ayol - oilaning quvonchi, jamiyatning poydevorini dunyoga keltiruvchi mohir me'mordir. Onalik, ayollik bu-maqom, go'zallik, mo'jiza, baxt, muhabbat demakdir.
Hozirgi kunda ta'lim sohasida 74% ayollar faoliyat yuritib kelishmoqda.Ta'lim sohasidagi ayol ustozlar maktab va oila o'rtasidagi muvozanatni saqlab turuvchi tarozidirlar. Ayol ustozlarimiz bir vaqtning o'zida ham ona, ham ustozlik vazifasini bajarishadilar. Bu oson emas, albatta. Ta'lim fidoyilari bo'lmish ayol ustozlarimiz har ikki joyda ham o'z o'rniga , ulgurish qobiliyatiga egadirlar.
"Yangi O'zbekistonni barchamiz birgalikda bunyod etamiz" shiori avvalo oiladan boshlanadi. Agarda har bir oilada bir nafar qiz o'qib oliy ma'lumotga , zamonaviy kasb-hunarga ega bo'lsa , bu xonadondagi muhit butunlay o'zgaradi.
Ayni paytda, O'zbekistonda keng e'tibor qaratilgan yo'nalishlardan biri shubhasiz ayollar tizimi. Ayollar va qizlarimizning bilim olishi , o'z ustida ishlashi , rivojlanishi ham oilaning , ham jamiyatning yutug'idir. Oila va jamiyatga o'z o'rniga ega ayol mamlakat taraqqiyotiga hissa qo'sha oladi. Hech bo'lmasa donishmand farzand tarbiyalaydi.
Toshkent viloyati
Angren shahar MMTBga qarashli 8-umumiy o'rta ta'lim
maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Kuldasheva Surayyo .

Bugun Angren shahar MMTB faollar zalida MMTB TTTIMBM Mamura Usmanova,MG Angren shahar Qo‘riqlash bo‘limi 1-otryad komandiri katta leytenant Bahtiyorjon Sattarov, BABM direktori Iqbol Soipova bilan birgalikda ta’lim muassasalarining ma’naviyat rahbarlari bilan ma’naviyat yo‘nalishidagi tadbirlar, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdagi to‘garaklar faoliyati, davomat,surunkali o‘quvchilar, ota-onalar majlislari bo‘yicha qo‘shma qaror ijrosi, "Turon" maktab teatrining hudud, shahar bosqichlari o‘tkazilish jarayonlari haqida yig‘ilish o‘tkazishdi.
March 12, 2024
March 14, 2024
#Angren_sh_MMTB
#20_maktab
#Bahor
#Tanlov
#Onam_uchun_guldasta
⚡️Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli 20-umumiy oʻrta taʼlim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ismatullayeva Nargiza Abdukarimovna tomonidan sinf rahbarlik qilayotgan 1-"A" sinf o‘quvchilari orasida " ONAM UCHUN GULDASTA" deb nomlangan tanlovi tashkil qilindi.
⚡️Tanlovda barcha o‘quvchilar faol ishtirok etdilar. O‘quvchilarni ijodiy ishlariga, qo‘l mehnatlariga munosib o‘rinlar berildi.
⚡️Qo‘l mehnatlarini kuzatib, tahlil qilib, holisona baho va o‘rin bergan boshlang‘ich sinf ustozlarimizdan Ermatova R. J, Bazarova Sh.X, Sobirova X.X. va onajonimizga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.