Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
959 subscribers
24.3K photos
4.65K videos
92 files
6.93K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
#Prezidentimizning 8-mart - Xotin-qizlar bayrami munosabati bilan yoʻllagan tabrigiga bir qarash.

Ayol qadrlangan yurt yuksalaveradi.

Prezidentimizning ushbu yilning 5-martdagi farmoni bilan Yangi farovon Oʻzbekistonni qurishda tashabbus koʻrsatib kelayotgan ayol-qizlarimiz mukofotlar bilan taqdirlandilar. Darhaqiqat, yurtimizda ayollarga ulkan ehtirom koʻrsatish, ijtimoiy-siyosiy faolligi va bandligini oshirish, ayol tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlarni yaratish, gender tenglikni ta'minlash borasida izchil islohotlar olib borilmoqda.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek,har qanday jamiyat va davlatning qay darajada xalqparvar va demokratik ekanligi uning xotin-qizlarga boʻlgan munosabati va gʻamxoʻrligi bilan belgilanadi.
Bugungi kunga kelib ayollarga berilayotgan e'tibor va imkoniyatlar har qachongidan ham koʻzga koʻrinarlidir. Tarixga nazar solib qarasak, ayol siymosining qadri bugungi kunchalik e'tibor va qadrda boʻlmaganiga guvoh boʻlamiz.
"Ayol - millatning tarbiyachisi" ekanligini anglagan holatda hozir jamiyatda ayollarning oʻrni va ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu boisdan, ayol-qizlarimiz har jabhada: taʼlimda, sportda, rasmiy organlarda, turli xil tashkilotlarda oʻz qobiliyatlarini koʻrsatib, mehnat qilmoqdalar. Bugungi tobora taraqqiy etib borayotgan davrda ochiqlik, erkinlik, globallashuvning mohiyati bilan qorishib borayotgan ayol-qizlarimiz ijodkor, fidokor xodim, yaratuvchi, rahbar, mehribon uy bekasidir. Ayollarga berilayotgan imkoniyatlarni jamiyat rivoji uchun berilayotgan imkoniyatlar deb ayta olamiz.
Oilalarda, mahallarda ham ayollarning qadri oshib bormoqda. Bunga "oilada zoʻravonlikni tugatish, ayol-qizlarni ommaviy davlat himoyasi bilan muhofaza qilinishi" toʻgʻrisidagi farmonlar yaqqol dalildir. Zero, Ayol qadri ulugʻlangan yurtda ahillik va baraka boʻlaveradi.


Toshkent viloyati Angren shahar MMTBga qarashli 35-umumiy oʻrta taʼlim maktabi ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Azimova Nozima
.