Angren shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi | Rasmiy kanal 🏢
958 subscribers
24.3K photos
4.65K videos
92 files
6.93K links
Ангрен шаҳар ММТБ расмий канали.

Ушбу каналда Мактабгача ва мактаб таълими бўлими ва тизимдаги муассасаларнинг аҳамиятга молик янгиликларини акс эттириб борамиз.
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#Munosabat

⚡️Oliy taʼlim muassasalarida qishki taʼtildan keyingi oʻqish onlayn shaklda boʻlishi mumkinligi haqidagi xabarlar yuzasidan

Soʻnggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari koʻpaygani sabab jamoatchilik oʻrtasida qishki taʼtildan keyingi oʻqish onlayn shaklda boʻlishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Xabaringiz bor, rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga masʼullar uchun joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etilishi munosabati bilan oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirilgan edi.

Shu oʻrinda, belgilangan tartibga koʻra, koronavirus infeksiyasi bilan bogʻliq epidemiologik vaziyat yuzasidan Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qiladi hamda barcha idora va tashkilotlar, shu jumladan, oliy taʼlim muassasalari ham mazkur qaror asosida ish yuritadi.

Bu borada Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qilgan taqdirda vazirlik rasmiy manbalari orqali qoʻshimcha maʼlum qilinadi.

Shu sababli barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilardan asoslanmagan xabarlar tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini soʻrab qolardik.

Vazirlik axborot xizmati rasmiy maʼlumot olishda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq faollari uchun hamisha hamkorlik qilishga tayyor ekanligini maʼlum qiladi. Bunda @eduuzaxborotxizmati_bot telegram boti yoki 71-207-15-86 raqami orqali murojaat qilishlari soʻraladi.

Fuqarolar 1006 ishonch telefoni va 71-230-64-64 call-markazi orqali oʻz murojaatlarini yoʻllashlari mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#73_maktab_internat
#Bayramtabrigiga
#Munosabat

Haqiqatda soʻnggi yillar yurtimizda har jabhada juda katta ijobiy islohatlar amalga oshirilmoqda jumladan taʼlim sohasida ham. Taʼlim sohasida olib borilayotgan tizimli islohatlar albatta oʻz hosilini berishicha ishonamiz. "Maktab-Mahalla-Oila" hamkorligi amalda yaxshi natija bermoqda. Ota-onalarning taʼlim maktablariga tashrif buyurishi oʻsha oila muhiti haqida yetarlicha tasavvurga ega boʻlishimizga va bola bilan yanada yaqinlashishimizga xizmat qilmoqda. Soʻnggi yillarda ota-onalar farzandlarining taʼlim va tarbiyasiga befarq emasliklarini amalda koʻrsatishmoqda. Imom al-Buxoriy "Ilmdan oʻzga najot yoʻq va boʻlmagay" deb aytgan soʻzlari naqadar haqiqat ekanligi yana bir bor oʻz tasdigʻini topmoqda. Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning taʼlim sohasi va oʻqituvchi va murabbiylar maqomini koʻtarishda olib borayotgan islohatlari biz oʻqituvchi-murabbiylarga qanot bagʻishlamoqda. Bu hatti harakatlar albatta "Uchunchi renessans" poydevorini qoʻyishimizga maʼnaviy va huquqiy asos boʻlishiga ishonchimiz komil!!!

Ahmedov Farruh Nurmuhammad oʻgʻli Angren shahar 73-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining "Tarix" fani oʻqituvchisi



📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari

👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt
#73_maktab_internat
#Bayramtabrigiga
#Munosabat

Sònggi yillarda yurtimizda xotin-qizlarga kòplab imkoniyatlar shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ularni ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy savodxonligini ta'minlash bòyicha samarali ishlar tizimli yòlga qòyilmoqda. Ayniqsa, gender tenglik masalalariga ham jiddiy e'tibor qaratilganligi quvonarli holat. Bundan maqsad  jamiyatda barcha bilan barobar bòlishlari va jamiyatda o'z o'rinlarini topishlari uchun albatta. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham kuni kecha bòlib òtgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayram tabrigida ham xotin-qizlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni alohida ta'kidlab òtdilar. Jumladan, "O'zbekiston-2030" strategiyasi doirasida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va manfaatlarini ta'minlash bòyicha samarali chora-tadbirlar amalga oshirilgani oshirilayotganiligini ta'kidlab o'tganlar. Shu bois milliy qonunchiligimiz takomillashtirilib, xotin-qizlarimiz uchun keng ko'lamli imkoniyatlar yaratilib berilmoqda. Masalan, saylov kodeksimizda deputatlikka nomzodlarimizning kamida 40 foizi yoki 5 nafardan 2 nafarini ayollarimiz tashkil etmoqda. Hozirgi kunda oliy ta'limda ta'lim olayotganlarning yarimidan ko'pini ayol qizlarimiz tashkil etmoqda. Bu kelgusida ulg'ayib kelayotgan yoshlarimizni taqdiri biz ayol qizlar qo'lida ekanligidan dalolat beradi. Magistratura yo'nalishida ta'lim olayotgan xotin-qizlarimizning kontrakt pullari  byudjeti tomonidan to'lab berilmoqda.
Prezidentimiz o'z nutqlarida farzand tarbiyasiga ham alohida urg'u berib o'tidilar. Bog'cha, maktab va oliy ta'limga kirib boraylik. O'qituvchi va murabbiylar bilan gaplashib farzandlarimizni, nabiralarimizni o'qishi, davomat va axloq-obodiga alohida e'tibor qarataylik deya qa'tiy ta'kidlab òtdilar. Zero, vatan bizga nima berdi deb emas, biz vatanga nima berdik, deb shu yurt uchun, uning ertangi kelajagi uchun yashashimiz, ulg'ayib kelyotgan yosh avlod tarbiyasiga bee'tibor bòlmasligimiz kerak.

Toshkent viloyati Angren shahar 73-ixtisoslashtirilgan maktab-internatning ona tili va adabiyot o'qituvchisi M.A.Abdullayeva



📱Angren shahar MMTBning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari

👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇

Telegram|Facebook|YouTube|Sayt