Andijon IIB | Rasmiy kanal
7.83K subscribers
20K photos
5.71K videos
6 files
11.2K links
Andijon viloyati IIBning yangiliklari
Download Telegram
#psixologik_test

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlardan
psixologik testlar olinmoqda
—————
Ichki ishlar vazirligining tegishli buyrug‘i ijrosini taʼminlash hamda xodimlarni ruhiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati psixologlari tomonidan soha xizmatlari va hududiy bo‘limlarda xizmat olib borayotgan xodimlardan psixologik testlar olindi.

Xususan, xodimlar bilan ijtimoiy-psixologik qonuniyatlarga tayangan holda xizmat jamoalarida sog‘lom maʼnaviy-ruhiy muhitni yaxshilash va boshqa salbiy ruhiy holatlarning oldini olishga qaratilgan psixologik suhbatlar o‘tkazilib, olingan test natijalari bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Hozirda bu kabi psixologik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube