ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
#seminar #Andijon_viloyati

Ishchi guruh tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar bo'yicha ko'rsatmalar berilmoqda.

Kadastr agentligining hududiy organlari tomonidan samarali yer nazoratini amalga oshirishi, ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risida ishlarni yuritish hamda jinoyat alomatlari mavjud materiallarni prokuratura organlariga yuborilishi ahvolini o'rganish hamda amaliy yordam ko'rsatish maqsadida Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga asosan tuzilgan ishchi guruh vakillari Ma'muriy amaliyot bo'lim boshlig'i D.Omonov hamda Yer va kadastr nazorati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N.Axmedovlar tomonidan Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasining tuman bo'limlari tomonidan bajarilgan ishlar bilan tanishdi.

O'rganishlar davomida Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning tegishli moddalarini qo'llashda tuman bo'lim boshliqlari hamda yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan faoliyatda yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan tegishli ko'rsatma va topshiriqlar berilmoqda.
#Andijon #Kadastr #Seminar

🏢 Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasida viloyat prokuroturasi bilan xamkorlikda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida" PQ-138-sonli qarori ijrosi yuzasidan seminar tashkil etildi.

💠 Seminarda viloyat prokuroturasining Yer resurslari talon-toroj qilinishining oldini olish bo‘limi boshligʼi M.Xoldarov hamda Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha inspektorlar ishtirok etdi.

💠 Oʼtkazilgan seminar davomida yer qonun buzilish holatlarini barvaqt aniqlash va belgilangan tartibda choralar koʼrish hamda yuqoridagi qaror ijrosi yuzasidan hamkorlikda ish tashkil etish boʼyicha tegishli koʼrsatma va topshiriqlar berildi.

Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#OAV_biz_haqimizda #Seminar #DavKadastrPalata #Geografik_obyektlar

Ўзбекистон Республикасининг “Географик объектларнинг номлари тўғрисида” ги қонунида белгиланган вазифалар юзасидан семинар ўтказилди.

Батафсил: ®УзА

@andijonkadastr
#Andijon #seminar #topografiya

Xabaringiz bor, bir necha kunlar avval Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi va Ellips Technology kompaniyasining malakali mutaxassislari tomonidan tizimdagi 20 ga yaqin topografiya bo'yicha mutaxassislar seminar-treningga jalb etilgani haqida ma’lumot bergandik.

◻️ Mazkur seminar-trening yakuniga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasinning tapograf xodimlari ishtirok etgan edi. Ushbu seminarda bilimini oshirgan tapografchi mutaxassisi topografiya va kartografiya xaritalarini tayyorlash bo‘yicha boshqarmaning tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassis xodimlar uchun seminar-trening tashkil etildi.

◻️ Seminarlar davomida topografik xaritalar tayyorlash uchun zarur bo'ladigan zamonaviy texnologiyalar haqida atroflicha ma'lumot berilib, sohadagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi hamda ularni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook
#seminar #Andijon #arxiv

Arxivariuslarga amaliy o'quv seminar o'tkazildi.

Joriy yilning 01 iyul kuni Davlat kadastrlari palatasi raisi tomonidan o'tkazilgan tanqidiy yig'ilishda so'ng, Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining tuman va shahar filiallaridagi arxivariuslarni malakasini oshirish maqsadida boshqarmaning AKT bo'yicha mutaxassislari tomonidan arxiv hujjatlarini sifatli skanerlash va Next Cloud dasturiga kiritish yuzasidan amaliy o'quv seminar o'tkazildi.

Mazkur o'quv seminarni tashkillashtirishda bugungi axborot asrida kadastr hujjatlarini raqamlashtirish va ish faoliyatini sezilarli darajada osonlashtirish maqsad qilingan.
#xatlov #seminar #Andijon

⚜️Ko‘chmas mulk obyektlarini arxiv hujjatlarini o‘rganish, xatlovdan o‘tkazish va "UzKAD" dasturiga tushirish yuzasidan o‘quv seminar o‘tkazildi.

💠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022 yil 18-iyuldagi “Aholiga bo‘lib berilgan ekin yerlari va tomorqa uchastkalaridan samarali foydalanish bo‘yicha ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 59-sonli bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasining ishchi guruhi Andijon viloyatida o‘quv seminar o‘tkazdi.

💠 O‘quv seminarida boshqarma hamda tuman, shahar filial rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida ko‘chmas mulk obyektlarini arxiv hujjatlarini o‘rganish va xatlovdan o‘tkazib, tegishli maʼlumotlarni «UzKAD» tizimiga kiritish yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi bosh mutaxassisi B.Ibragimov tomonidan tegishli tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz.
Telegram | Instagram | Twitter| Facebook | You tube | Tik Tok
#Andijon #Kadastr #Seminar

Kadastr agentligi Аndijon viloyati boshqarmasida viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda Prokuratura va Kadastr agentligi o'rtasida tuzilgan qo'shma tartib asosida olib borilayotgan ishlar yuzasidan seminar tashkil etildi.

💠 Seminarda viloyat prokuraturasining Yer resurslari talon-taroj qilinishining oldini olish bo‘limi katta prokurori Sh.Xudoyqulov hamda Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha inspektorlar ishtirok etdi.

💠 Oʼtkazilgan seminar davomida yer qonun buzilish holatlarini barvaqt aniqlash va belgilangan tartibda choralar koʼrish hamda yuqoridagi qo'shma tartib ijrosi yuzasidan hamkorlikda ish tashkil etish boʼyicha tegishli koʼrsatma va topshiriqlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#Live #Seminar #Andijon #Farmon_ijrosi

▫️Huquqiy targ'ibot.

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari uchun Adliya boshqarmasi xodimi A.Xasanov ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.12.2022-yildagi "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-269-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan huquqiy targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

Mazkur Farmon bilan davlat organlarining sohaga oid bo‘lmagan vazifalarini qisqartirish va faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali ularning tuzilmasi o‘rtacha 15 foizga maqbullashtirildi, shuningdek, 26 ta davlat organlari va tashkilotlarida 40 ta rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari qisqartirilganligi aytib o'tildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram Instagram Twitter Facebook You tube Tik Tok
#seminar #buyuk_davlat_arbobi

🌟 Kadastr agentligi hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasida faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar ishtirokida Andijon o'g'loni buyuk mutafakkir olim, shox va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Ma'naviyatimizda buyuk siymolarning o'rni" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o’tkazildi.

Batafsil 🔤

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

⭐️Kadastr agentligining 2023-yil 23-yanvardagi buyrug'ini ijrosini ta'minlash maqsadida Agentlikning Yer va kadastr nazorati boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N.Axmedov boshchiligidagi ishchi guruh Andijon viloyatida o'z faoliyati boshladi.

⚜️Mazkur ishchi guruhning vazifasi viloyatda yer va kadastr nazorati sohasida, ma'muriy amaliyot yo'nalishida hamda ko'chmas mulklarni davlat ro'yxatidan o'tkazish shuningdek, UzKad elektron platformasini shakillantirish yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlarni o'rganish hamda amaliy yordam berish reja qilingan.

⚜️Ishchi guruh tomonidan joriy yilning 14 fevral kuni Zoom platformasi orqali amaliy o'quv seminar tashkillashtirildi. Mazkur seminarda yer va kadastr nazorati hamda ko'chmas mulklarga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish, UzKad elektron platformasida ma'lumotlar bazasini shakillantirish yo'nalishlaridagi bir qator tushunmovchiliklar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, tizimda korrupsiya illatiga murosasiz kurashish va uni oldini olish yuzasidan ham ko'rsatmalar berildi. Shuningdek, Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida bo'lgan noxush holat yuzasidan ham boshqarmaning Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi G'.Odilov o'zini fikrlarini bildirib o'tdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #UzKad

"UzKad" platformasiga kirtilayotgan yer maydonlari tahlil qilindi.

“Uzkad” dasturiga yerlarni hisobga olish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan reja-grafikning bajarilishi va Davlat kadastrlari palatasi raisining topshirig‘iga asosan Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi va uning tuman (shahar) filiallari rahbarlari va masʼullariga Davlat kadastrlari palatasi bo‘limi boshlig‘i F.Niyozov boshchiligida o‘tkazilgan ZOOM yig‘ilishida tegishli ko‘rsatma, topshiriqlar va amaliy yordamlar berildi.

Bundan tashqari, ushbu yig‘ilishda davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun va qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xotin_qizlar #seminar

🔹Xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi oshirish yuzasidan davra suhbati o'tkazildi 🔹

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining Oila va xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi xodimlari tomonidan tashkil etilgan "Kadastr agentligi xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida ayollarni bugungi kunda qiynab kelayotgan muammolari va mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan e'tibor va shart-sharoitlar yuzasidan Oila va xotin-qizlar boshlang’ich tashkiloti mas'ul xodimi S.Xamdamova tomonidan bir qator imtiyozlar haqida tushuntirishlar berib o'tdi.

Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi G'.Odilov tomonidan tizimda ayollarni o'rni yuqoriligi va jamiyatimizda ayollarga berilayotgan imkoniyatlardan keng foydalangan holda, “Oilaning tinch totuvligi mehnat samaradorligi garovi” ekanligi tushuntirilib har-xil diniy oqimlarga aralashib qolmasliglari, halol va vijdonan korrupsiya illatiga aralashmasdan xizmat qilish har birimizning burchimiz ekanligi haqida aytib o'tdi. Shundan so'ng, tizimda faoliyat olib borayotgan ayollarning muammolari va takliflar tinglandi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
Telegram 📸 Instagram 💬Facebook 📹You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

⚜️ Andijonda inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi rahbarlari uchun navbatdagi o‘quv-seminar mashg'ulotlari o'tkazildi

💼 Inson resurslarini boshqarish bo‘limlarining ish faoliyatini takomillashtirish, byurokratiyadan ozod qilish va yanada yengillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan hrm.argos.uz tizimiga xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri kiritishilishini ta’minlash bo‘yicha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali tomonidan inson resurslarini boshqarish bo‘limi xodimlari ishtirokida doimiy o‘quv-seminarlar tashkil etish belgilangan.

Navbatdagi o‘quv-seminari joriy yilning 1-iyun kuni bo’lib o’tdi. Mazkur seminarda ishtirokchilarga hrm.argos.uz tizimi bilan ishlashda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tushunchalar berildi.
Ushbu seminarda Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi F.Tadjixodjayeva ishtirok etib sohadagi muammolar haqida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#live #seminar #malaka_oshirish #inson_resurslari

Andijon davlat universitetida 🦅Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon viloyati filiali tomonidan boshqarma va tashkilotlarda inson resurslarini rivojlantirish bo‘limi rahbarlari uchun navbatdagi malaka oshirish kurslari o'tkazilmoqda.

📚 3 kunlik o‘quv-seminar davomida ishtirokchilarga soha mutaxassislari tomonidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi hamda “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, HRM.ARGOS.UZ tizimi bilan ishlash, jamoa shartnomasi va boshqa qator ish jarayonida zarur mavzularda maʼlumotlar berib o‘tildi.

💻 O‘quv-seminarda ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalarining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo'limi xodimlari F.Tadjixodjayeva va X.No'monovlar ishtirok etishmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #Andijon_viloyati #geodeziya

Geodezik o’lchov vositalardan samarli foydalanish bo'yicha amaliy seminar bo'lib o'tdi.

🌟Davlat kadastrlari palatasining Topografik ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i U.Abdullayev tomonidan Palataning Andijon viloyat boshqarmasida geodeziya va kartografiya ish faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi.

💠 Mazkur seminarda boshqarmaning tuman va shaharlarida faoliyat olib borayotgan topograflarga foliyat jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni oldini olish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berildi.

💠 Shuningdek, mutaxassislarga zamonaviy I 83 GPS geodezik o‘lchov vositasidan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #seminar

🟢 Bugun Farg'ona viloyatida Jahon banki loyihasi doirasida 🌟 “Davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda jamoatchilik bilan aloqalar texnologiyalari” mavzusidagi seminar-trening 1-kuni boshlandi.

🧊 Seminar 12-14 iyul kunlari bo'lib o'tadi.

➡️Unda 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasining Farg'ona, Andijon va Namangan viloyati tuman, shahar filiallari rahbarlari ishtirok etmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM