ANDIJON KADASTR
1.48K subscribers
7.38K photos
860 videos
6 files
4.89K links
Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi
Murojaat uchun:
☎️ 74-224-20-25
@Andijonkadastr_bot

📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #Geodeziya_nazorati

Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi tomonidan 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida geodeziya va kartografiyaga oid 145 ta texnik loyiha va 89 ta texnik hisobot ekspertizadan o‘tkazildi.

Shuningdek, 95 ta kartografiya mahsulotlarini ekspertiza qilish va nashr etishga ruxsat berildi, geodeziya va kartografiya materiallarni (maʼlumotlar)ni Davlat geodeziya va kartografiya fondidan olish uchun 65 ta ruxsatnomalar rasmiylashtirildi, 912 ta geodeziya va kartografiya materiallar (maʼlumotlar)ni qabul qilish va 4321 ta buyurtmachilarga taqdim etildi.

Joriy yilda licenses.uz xabardor etish tizimi orqali 83 ta geodeziya va kartografiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga ruxsat berildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #infografika #Geodeziya_nazorati

📌O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-dekabrdagi 977-son son qarori nizomi asosida Kadastr agentligining Geodeziya nazorati boshqarmasi “Loyihalarni ekspertizadan o’tkazish” bo’limi xodimlari geodeziya va kartografiya ishlariga oid texnik loyihalarni ekspertizadan o’tkazib kelmoqda.

📝Ushbu qarorga muvofiq Kadastr agentligiga kelgan arizani yozma xabarnomasini olgan kundan boshlab o‘n ish kunida texnik loyihalarni ko‘rib chiqib, ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorlarni ariza muallifiga taqdim qiladi. Ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun olinadigan yig‘im infografika ko’rinishida

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #geodeziya_kartografiya

🇺🇿“O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan bajariladigan geodeziya va kartografiya ish turlarining ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

📌O‘zgarishlarga muvofiq:

Kadastr agentligiga o‘ndan ortiq umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajaradi.

Agentlik tomonidan «Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq maxsus ahamiyatga molik geodeziya va kartografiya ishlari bajariladi.

Umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiya faoliyati bilan litsenziya yoki xabardor qilish tartibi orqali geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqnomaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ham bajarilishi mumkinligi belgilandi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #Andijon #Seminar #Geodeziya_kаrtografiya

Geodeziya va kartografiya sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga o‘quv seminar tashkil etildi.

Kadastr agentligi tomonidan Andijon viloyatida geodeziya va kartografiya sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat yetish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-son qarori, 2022 yil 25 fevraldagi “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 88-son qarori, 2020 yil 14 yanvardagi “Kartografiya va geodeziya materiallarining cheklovchi griflarini belgilash, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan xaritalarni yaratish, maxfiy kartografiya va geodeziya materiallarini berish, hisobga olish va saqlash tartibi hamda geodeziya va kartografiya sohasidagi davlat sirlarining saqlanishini taʼminlash bo‘yicha ruxsat berish tartibotlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 22-son hamda 2021 yil 28 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida geodeziya va kartografiya sohasini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 395-son qarorlarida belgilangan ustuvor vazifalar, geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishga doir asosiy shartlar hamda talablar yuzasidan profilaktika tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram Twitter Facebook
#seminar #Andijon_viloyati #geodeziya

Geodezik o’lchov vositalardan samarli foydalanish bo'yicha amaliy seminar bo'lib o'tdi.

🌟Davlat kadastrlari palatasining Topografik ishlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i U.Abdullayev tomonidan Palataning Andijon viloyat boshqarmasida geodeziya va kartografiya ish faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi.

💠 Mazkur seminarda boshqarmaning tuman va shaharlarida faoliyat olib borayotgan topograflarga foliyat jarayonida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni oldini olish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berildi.

💠 Shuningdek, mutaxassislarga zamonaviy I 83 GPS geodezik o‘lchov vositasidan foydalanish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #geodeziya

🧭Geodezik punktlar qanday maqsadlardan foydalanilishini bilasizmi

〰️ Geodeziya punkti - yer yuzasiga (yerga, bino yoki boshqa sunʼiy inshootga) maxsus tarzda o‘rnatiladigan va geodezik usullar bilan aniqlangan koordinatalari aniq bo‘lgan nuqta.

🔎 Geodeziya punkti geodeziya tarmog‘ining elementi bo‘lib, u yer relefini topografik suratga olish va bir qator boshqa geodeziya ishlari uchun geodezik asos bo‘lib xizmat qiladi va maqsadiga ko‘ra rejali, balandli va gravimetrik usullarga bo‘linadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM