#Кун_ҳикмати
Билим инсонга салмоқ, обрў бериши мумкин. Шукуҳ, маънавий гўзаллик эса фақат тарбиядан.
(Филип Честерфилд)

Forwarded from IZBOSKAN TUMAN MMTB
🔹"Истиқболли кадрлар 20 кунлиги"
Андижон вилояти халқ таълими бошқармаси ташаббуси билан ўтказилаётган "Истиқболли кадрлар 20 кунлиги" лойиҳаси доирасида Избоскан тумани 28-умумий ўрта таълим мактаби ёш директори Муҳаммадюсуф Йўлдошевнинг туман ҳокими Серобиддин Исмоиловга берган таклифига асосан энди туманда фаолият олиб бораётган мактаблардаги ҳар томонлама ўзини ижобий кўрсатган ўқувчиларнинг ота-оналари туман ҳокимининг ташаккурномаси ҳамда қимматбаҳо эсдалик совғалари билан тақдирланади.
ИЗБОСКАН ТУМАН ХАЛҚ ТАЪЛИМИ БЎЛИМИ МАТБУОТ ХИЗМАТИ

Forwarded from Andijon Yoshlar Texnoparki
📢 DIQQAT
❇️ Andijon Yoshlar Texnoparki tomonidan e’lon qilingan bepul o’quv kurslariga har bir yo’nalishlar uchun 10 nafardan jami 30 nafar o’quvchilar qabul qilinadi.
❗️ O'quv kurslarda bepul tahsil olish imkoniyatini qo'lga kiritmoqchi bo'lgan tinglovchilar ikki bosqichda saralab olinadi.
1️⃣ - Bosqich online ro’yxatdan o’tiladi. Online ro’yxatdan o’tishda so’ralgan ma’lumotlarning aniq to’ldirilganligi hammda nega aynan sizni grant kursga qabul qilishimiz zarur(100 ta so'zdan kam bo'lmagan matn kiriting)? savoliga berilgan javoblarga ko’ra keying bosqichga saralab olinadi.
2️⃣- Bosqichda nomzodlarning kompyuter savodxonligi hamda mantiqiy fikirlashi bo’yicha test asosida tanlab olinadi.
🎁 Bepul kurslarda tahsil olish uchun online ro'yxatga olish 17-oktabrga qadar davom etadi!
Murojaat uchun tel: +998552018687
https://t.iss.one/yoshlartexnoparki

Telegram
Andijon Yoshlar Texnoparki
Andijon yoshlar texnoparki – yosh avlodning innovatsion g'oyalarini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan zamonaviy o'quv va ishlab chiqarish markazi.
☎️ (94)-893-00-17
☎️ (94)-893-00-17
"Istiqbolli kadrlar 20 kunligi" loyihasi haqida fikringiz???
Anonymous Poll
29%
Zo‘r loyiha, mana shunday loyihalar yoshlarimizni charhlaydi
22%
Yaxshi g‘oya ammo yosh direktorlar yanada faol bo‘lishlari lozim
49%
Loyiha davomiy o‘tkazilishi va shu orqali salohiyatli yoshlarimizni rivojlantirib borish zarur
Forwarded from Таълим / Образование
#Эслатма
2020-2021 ўқув йилидан бошлаб (183-буйруқ. 13.08.2020 й.).,
умумий ўрта таълим мактабларида ФАН ОЙЛИКЛАРИ қуйидаги тартибда белгиланган:
Сентябрь - Бошланғич таълим;
Октябрь - Она тили ва адабиёт, Ўзбек тили;
Ноябрь - Рус ва хорижий тиллар;
Декабрь - Тарбия ва ижтимоий фанлар (тарих, давлат ва ҳуқуқ асослари);
Январь - Табиий фанлар (физика, кимё, биология);
Февраль - Аниқ фанлар (математика, информатика ва ахборот технологиялари);
Март - География ва иқтисодиёт;
Апрель - Амалий фанлар (тасвирий санъат, чизмачилик, мусиқа маданияти, технология);
Май - Жисмоний тарбия, чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик.
«Таълим/Образование» саҳифалари👇
Telegram | Веб сайт | Youtube

Эришган барча ютуқларим алоҳида ақл соҳиби эканлигимдан эмас. Мен масалани ечишда узоқ вақт таслим бўлмайман.
(Алберт Эйнштейн)

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda
Joriy yilning 11-12-13-oktabr kunlari “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ma’anaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti, Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi hamkorligida tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovining respublika bosqichiga start berildi.
O‘zbek tili fani o‘qituvchilari orasidan mahoratli va tashabbuskor, o‘z ustida ishlaydigan faol o‘qituvchilarni aniqlash, ularning taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va ish tajribasini ommalashtirish, o‘zbek tilining davlat tili sifatida o‘qitilishi bo‘yicha zamonaviy yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlanmalar ko‘lamini kengaytirish maqsadida respublika miqyosida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining “Ona tili” va “Oʻzbek tili” fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” tanlovini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.
2021-yil 20-iyuldan tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlarning arizalarini qabul qilish boshlandi va belgilangan muddatgacha 24670 nafar o‘qituvchi ro‘yxatdan o‘tdi. Tanlovning birinchi bosqichi tuman, shahar miqyosida 20 ta test topshirigʻidan o‘tish va “Oʻzbek tilini samarali oʻqitish metodikasi” mavzusida taqdimot qilish shartlari asosida o‘tkazildi. Tanlovning birinchi bosqichida ishtirok etgan o‘qituvchilarning 293 tasi keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Tanlovning ikkinchi bosqichi ham 2 ta shart asosida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar miqyosida oʻtkazildi. Ushbu bosqichda ham ishtirokchilar 20 ta test topshirig‘idan o‘tishdi va “Oʻzbek tilini samarali oʻqitish metodikasi” mavzusida taqdimot qilishdi. Ikkinchi bosqichda ishtirok etgan o‘qituvchilarning 28 tasi tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma olgan bo‘lib, ularning 14 nafari “Ona tili”, 13 nafari “O‘zbek tili” fani o‘qituvchilaridir.
2021-yilning 11-oktabr kuni “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovi respublika bosqichining birinchi qismi boʻlib o‘tdi. Bu bosqichda ishtirokchilar “Ijodiy namunali shaxs obrazi” mavzusida konvertlarda tayyorlangan adabiy va erkin mavzulardan birini ixtiyoriy tanlab 50 ballik mezon asosida 2 (akademik) soat vaqt ichida esse yozdilar.
12-13-oktabr kunlari belgilangan dars jadvali asosida ishtirokchilardan 45 daqiqa dars mashgʻulotini oʻtish talab etiladi. Ishtirokchilarning dars mashgʻuloti oʻtish ketma-ketligi, dars mavzulari, mashgʻulot oʻtkaziladigan sinflarni (parallel) qurʼa tashlash yoʻli bilan aniqlanadi.

#Таъзия
Булоқбоши тумани халқ таълими бўлими мудири Ўрмонов Яхёбиддин Ортиқалиевич 2021 йил 13-октябрь куни 38 ёшида оламдан ўтди.
Бугун Андижон вилояти халқ таълими тизими шижоаткор ва масъулиятли раҳбар Яхёбиддин Ортиқалиевични йўқотганлиги таълим тизими учун оғир жудолик десак адашмаган бўламиз.
Марҳум халқ таълими тизимида самарали меҳнат қилиб, Булоқбоши туманидаги умумтаълим мактаблари фаолиятини янги босқичга олиб чиқишга қаратилган ҳар бир топшириққа ҳалол ва виждонан ёндошган ҳолда ўз меҳнат фаолиятини олиб борди.
Яхёбиддин Ортиқалиевич
2005-2018 йилларда тумандаги умумтаълим мактабларида турли вазифаларда меҳнат қилиб, 2018-йилнинг сентябрь ойидан ҳозирга қадар Булоқбоши туман халқ таълими бўлими мудири сифатида фаолият олиб бораётган эди.
Яхёбиддин Ортиқалиевичнинг ёрқин хотираси қалбларимизда ҳамиша сақланиб қолади.
Андижон вилояти халқ таълими бошқармаси марҳумнинг оила аъзолари ва меҳнат жамоасига чуқур ҳамдардлик изхор этамиз.
(Жаноза марҳумнинг ота уйида соат 12:00да бўлиб ўтади).

Forwarded from Vodiy1.uz | Расмий канал
Шавкат Мирзиёев:
"Таълимга эътибор бериб, заминни мустаҳкам қилган эл камбағал бўлмайди".
"Таълимга эътибор берган оила, маҳалла, жамият ва давлат ҳаёти ҳам ўзгаради".
"Илми бор, иши бор, яхши мутахассис бўлган одам ҳеч қачон хор бўлмайди".
👇👇👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEzHW0nBz-NvRmYv-g

Жорий йилнинг 13 октябрь куни вилоят халқ таълими бошқармасида “Истиқболли кадрлар 20 кунлиги” лойиҳаси доирасида вилоятдаги барча умумтаълим мактабларининг ёш директорлари иштирокида вебинар бўлиб ўтди.
Ушбу вебинарда вилоят халқ таълими бошқармаси бошлиғи томонидан мазкур лойиҳада ёш директорлар янада фаол бўлишлари, мактабларнинг ораста, обод ва сифатли таълим беришлари йўлида сидқидилдан меҳнат қилишлари зарур эканлиги таъкидланди.
Қолверса, вилоят Халқ таълими бошқармаси ва вилоят Ички ишлар бошқармалари ҳамкорлигида ўтказилаётган “Мен келажакда ички ишлар ходими бўламан” мавзусида иншолар танловини юқори савияда ташкил этиш ҳамда ёшларимизни ватанпарварлик руҳида тарбиялашга қаратилган туркум лойиҳаларни амалга ошириш юзасидан керакли кўрсатмалар бериб ўтилди.
Андижон вилоят халқ таълими бошқармаси матбуот хизмати

#Янгилик
Андижон вилояти халқ таълими тизимида таълим сифатини янада ошириш, умумтаълим мактабларидаги педагогларни методик қўлланмалар билан таъминлаш ва дарс жараёнларини интерфаол усулларда олиб бориш мақсадида вилоятдаги таълим муассаларида “Марузалар банклари” шакллантирилади.
Мазкур “Марузалар банклари”да барча синф дарсликларидаги мавзуларга бағишланган ва интерфаол усулларда тайёрланган тақдимотлар ва тезислар базаси шакллантирилиб, педагог устозларга қўлланма сифатида фойдаланиш учун тақдим этилади.
Андижон вилояти халқ таълими бошқармаси матбуот хизмати