Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
42.6K subscribers
29.2K photos
7.06K videos
109 files
11.1K links
Andijon viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

Admin: @andmmtb_pr

Hurmatli kanal obunachilari, mazkur kanalda yoritib borilayotgan xabar va yangiliklar sizga manzur bo'lmoqdami? Kanalga oid takliflaringiz bo'lsa adminga murojaat qiling.
Download Telegram
🖐 Andijonda “Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

📍 Andijon shahrida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sportning quvnoq startlar turi bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi”ning viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa Andijon viloyati sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashgan sport maktabida o’tkazildi.

Mazkur bosqichda 1–2-sinf o‘quvchilari ishtirok etib, quvnoq startlar yo‘nalishida o‘zlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi, chaqqonlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

🖐 Tadbir yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va bolalarni sportga keng jalb etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Musobaqa yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘olib va sovrindor bo‘lishdi:

1-o‘rin: - Qo’rg’ontepa tumani jamoasi
2
-o‘rin: - Asaka tumani jamoasi
3
-o‘rin: - Baliqchi tumani jamoasi


🏆 G‘olib jamoalar Andijon viloyati MMTB tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xabaringiz bor, ta’lim muassasalarida sifatli ta’lim berish bilan bir qatorda ularni o‘zbekona qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilning 10-dekabr kuni Andijon shahridagi 48-umumta'lim maktabida muassasa jamoasi uchun "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o'tkazildi hamda ""Media makondagi hushyorlik — real hayotdagi xavfsizlikning kafolatidir!"" videoroligi namoyish etildi.

Davra suhbati davomida viloyat hokimi o'rinbosari R.Arziyev, Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari G.Omonova hamda targ‘ibot guruhi a’zosi Falsafa fanlari doktori Y.Jahongirovlar tomonidan joriy o’quv yilida yoshlar ma’naviyati bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, yosh-avlodni yot mafkuralardan himoya etish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashda ta'lim vakillari jonbozlik ko‘rsatishligi zarur ekanligi alohida ta’kidlandi.

Andijon shahar MMTB matbuot xizmati
Telegram I Facebok I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TV_ANONS

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI VAZIRLIGI HAMDA MADANIYAT VA MA'RIFAT TELEKANALI HAMKORLIGIDAGI "MUALLIMNING BIR KUNI" LOYIHASIDA MARHAMAT TUMANIDAGI 3-DIMI OLIY TOIFALI MATEMATIKA O'QITUVCHISI NABIJON AKRAMOVNING HAYOT YO'LI

(Madaniyat va ma'rifat telekanali orqali 13-dekabr soat 19:00 da tomosha qiling)

Telegram | Facebook | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш бўйича мультипликацион ролик

#ролик
#уз
🎉 “Raqamli avlod: IT haftaligi – 2025”

Jalaquduq tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilari “Robo Sumo” yo‘nalishida o‘tkazilgan Respublika robototexnika musobaqasida munosib ishtirok etib, sertifikatlar bilan taqdirlandilar. 🤖🏅

Yoshlarimiz zamonaviy texnologiyalar, dasturlash va robototexnika bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Bu natijalar ularning mehnati, ustozlarining izchil sa’y-harakatlari hamda ota-onalar ko‘magining samarasi hisoblanadi.

Yutuq va sertifikatlar esa ularni yanada katta marralar sari chorlaydi.
Yoshlarimizga kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaymiz!