Forwarded from Mikrofon ko‘targan ayol
Шошқалоқлик одатим ва балки, ниҳоятда қизиқувчанлигимга кўра, катта ҳажмдаги нотаниш китоблар қўлимга тушиши билан энг сўнгги саҳифасини ўқиб оламан. Бу мен кўрадиган кинофильмларга ҳам тааллуқли. Энг камида Викидепиядан ўқиб оламан. Билмайман, бу хато иш бўлса керак, лекин ўзимни бундан тўхтатолмайман. Аммо кам саҳифали китоблар ва детектив кино/асарлар бундан мустасно. Уларни "спойлер" қилишдан ўзимни тияман.
Хуллас, "Бепарволикнинг нозик санъати"дан сўнг (Марк Менсон) бугун қўлимга "Стив Жобс" (Уолтер Айзексон) ни олдим. Ҳозир китобнинг 601-саҳифасини очдим ва саратондан сўлиб бораётган Стивнинг ўлим ҳақидаги изҳорини ўқидим. Менимча, сизга ҳам таъсирли бўлади деб, ёзиб қолдиряпман.
"-Ўлганимиздан кейин биздан бирон нарса қолади, деб ўйлаш менга ёқади. Сен шунча тажриба ва ҳатто, оз бўлса-да, ақл-заковат тўплайсан, кейин эса у шунчаки йўқ бўлиб кетишини ўйлаш ақлга сиғмайди. Шунинг учун сенинг бир қисминг яшашда давом этишига, онг қандайдир тарзда мавжуд бўлишда давом этишига жуда-жуда ишонишни хоҳлайман.
У узоқ сукунатга чўмди ва яна шундай деди:
-Бироқ, бошқа тарафдан, бу шунчаки ўчириш мосламаси бўлиши ҳам мумкин. Шиқ! Ва сен йўқсан.
Яна жим турди-да, бироз кулимсирагандай қўшимча қилди:
- Айнан шунинг учун мен Apple қурилмаларида ўчириш тугмаси бўлишини ҳеч қачон ёқтирмаган бўлсам керак."
#mutolaa #steve_jobs #walter_isaacson

Forwarded from Panda Books
#mutolaa
Berluskoni
Fransuzlarda - Napoleon, nemislarda - Bismark, ruslarda - Stalin, yahudiylarda - Muso. Har qanday millat haqida gap ketganda, uning milliyligi ko‘zgusiga, qolaversa, unga xos bo‘lgan stereotiplarning timsoliga aylangan shaxslar esga olinadi. Agar zamondoshlarimiz orasida italiyaliklarning barcha stereotiplarini birlashtirgan shaxs kim deyishsa, shubhasiz bu - Silvio Berluskoni. U asrlar davomida shakllangan me’yor va sog‘lom fikrli siyosiy madaniyatni oyog'ini osmondan qilgan deyish mumkin. Bosh vazir o'z nutqlarida: "Agar men butun xalq manfaatlarini ko'zlagan holda, ayni lahzada o'z manfaatimni ham ko'zlayotgan bo'lsam, demak meni manfaatlar to'qnashuvida ayblay olmaysiz", - degan iborasi mashhur bo'дib ketadi.
Italiyada so'nggi 60 yil ichida 60 dan ortiq hukumatlar almashgan. U yerda Prezidentlik shunchaki rasmiy lavozim bo'lib, xuddi Buyuk Britaniyadagi qirollik kabi mamlakat birligi ramzi hisoblanadi. Hukumat boshlig'i sifatida Silvio Berluskoni jami uch muddat saylangan. 1994-yilda ilk muddatini boshlaydi va 8 oy hokimiyatda qoladi. Ikkinchi muddat 2001-yilda boshlangan va 4 yilu 11 oy davom etgan. Uchinchi marta esa u 2008-yilda davlat tepasiga chiqib, naq 3 yilu 6 oy ushbu lavozimda qoladi. Umuman olganda, bu natija rekord desa ham bo'ladi, holbuki boshqa yevropalik siyosatchilar bilan solishtirganda unchalik uzoq ko'rinmasligi mumkin, ammo urushdan keyingi Italiyada davom etgan doimiy beqarorlik fonida uning ushbu yutug'i yangi yulduzday porlab turibdi.
Berluskoni hokimiyatdalik paytida sariq matbuotning kundalik qahramoniga aylanadi, ayniqsa xotiniga xiyonat qilgani haqidagi gap so'zlarga: "go'zal ayollarni sevish, g** bo'lishdan yaxshiroq" deya javob beradi. Uni mehmonxonalarda yengiltak ayollar bilan ko'rib qolishadi, siyosatchi bo'la turib, "Milan" futbol klubini sotib oladi - xullas, normal siyosatchilar qochadigan barcha ko'ngilsiz ishlarga aralashadi. Shunga qaramasdan, xalq uni doimo yaxshi ko'rar va unga ovoz berardi. Ayniqsa, yoshi ulug' qatlam uni rosa ulug'lardi.
Bu shundan dalolatki, zamonaviy siyosiy olamida stereotiplar katta o'rin tutadi. Dunyoning ko'plab mamlakatlari aholisida siyosiy arboblarning intellektual iqtidoridan ko'ra, uning tashqi ko'rinishi va qarashlariga bo'lgan qiziqishi ortmoqda. Agar siz davlat oldida turgan chuqur moliyaviy inqirozlar, siyosiy tanazzul va xalqaro munosabatlarni qanday hal qilish to'g'risida biror tasavvurga ega bo‘lmasangiz-u, lekin ommaga manzur tashqi ko'rinishga ega bo'lsangiz, u holda bemalol siyosatga kirib kelsangiz bo'ladi.
— Yanko Svetkov, "Stereotiplar va noto'g'ri qarashlar Atlasi"
@panda_books

Xitoyda barcha erkin va norozilik bildiruvchi fikrlar, qanchalik yuqoriga parvoz qilmasin, bir kun kelib albatta yerga qulab tushadi, chunki voqelikning tortish kuchi haddan tashqari kuchli.
© Lyu Tsisinning "Uch jism muammosi" kitobidan
#mutolaa
@allaevuzb

Oddiy Xitoylikning kesilgan daraxtga qarab siqilayotgan ziyoli haqida aytgan gapi:
- Ziyolilar doim arzimagan narsa haqida ko'p shovqin qiladilar.
© Lyu Tsisinning "Uch jism muammosi" kitobidan
#mutolaa
@allaevuzb
- Ziyolilar doim arzimagan narsa haqida ko'p shovqin qiladilar.
© Lyu Tsisinning "Uch jism muammosi" kitobidan
#mutolaa
@allaevuzb
2022-yil aprel oyida matbuot anjumani chog'ida Jo Baydenning maslahatchilari Kongress tomonidan qabul qilinishi kutilayotgan inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan qonunni elon qilishadi. Unda elektr transport vositalari uchun alohida imtiyozlarni taqdim etilishi ham nazarda tutilgan edi. Mask bu choralar juda yaxshi o'ylanganligini bilib hayratga tushadi. Boshqa tomondan, u hukumatning elektr transport vositalarini zaryadlovchi stansiyalar tarmog‘ini yaratish uchun uch yil davomida 5 milliard dollar sarflash rejasiga qarshi chiqadi. Garchi bu g‘oya Teslaga yordam berishi mumkin bo‘lsa-da, u hukumat yoqilg‘i quyish shoxobchalarini qurishi shart bo‘lmaganidek, zaryadlash stansiyalari sohasiga ham aralashmasligi kerak, deb hisoblaydi. Bu katta kompaniyalar yoki kichik oilaviy kompaniyalar bo'ladimi, xususiy sektor yaxshiroq bajaradigan vazifadir. Bu kompaniyalar restoranlar, yo‘l bo‘yidagi turli diqqatga sazovor joylar, kichik maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va boshqa mahalliy korxonalar oldida zaryadlovchi stansiyalar qurish orqali mijozlarni jalb qilish yo‘llarini topadi. Aksincha, agar hukumat aralashsa, uning ishtiroki bu sohada tadbirkorlik tashabbuslarini yo'q qiladi.
©Uolter Ayzeksonning "Ilon Mask" kitobidan
#mutolaa
@allaevuzb
©Uolter Ayzeksonning "Ilon Mask" kitobidan
#mutolaa
@allaevuzb
Яна бошқа бир тоифа фуқароларимизда етарлича тажриба бор, бироқ бундан ўзига наф йўқ. Бу ўзини болшавойлар тоифасига киритилишидан жуда ажабланадиган ўзимизнинг қадимчилардир. Улар аввалги шарт-шароитларга қайтишни истайди, йўқ, ўша шароитлар яхши бўлгани учун эмас, ўша шароитларни яхши биламан деб ўйлагани учун қайтишни истайди.
Бир оломон яхшироқ дунё қурамиз деб, эски дунёни вайрон қилишни хоҳлайди. Бошқаси эса нима бўлсада, чириб кетса ҳам эскисини сақлаб қолмоқчи. Ҳар иккисининг ҳам илдизи бир – кўриш учун кўзни очмаслик. Мавжуд дунёни вайрон қилиш мумкин, аммо янги дунё қуриб бўлмайди. Дунёни олға силжишига қаршилик қилиш мумкин, аммо шундан кейин унинг ортга кетишини, батамом чириб битиши олдини олиб бўлмайди. Ҳаммасини ўзгартирсак, одамлар кунига уч маҳал овқат ейди, деб ўйлаш аҳмоқликдир. Ҳаммасини эскича қолдириб, маблағимдан йилига олти фоиз даромад олишда давом этаман деб кутиш ҳам аҳмоқлик. Энг асосий муаммо шуки, ислоҳотчилар ҳам, қадимчилар ҳам реал воқеликдан қочади – бирламчи вазифаларини унутади.
Эҳтиёткорликнинг талабларидан бири эскиликка қайтишни соғлом ақлга қайтиш билан чалкаштириб юбормаётганимизга амин бўлишдир. Биз ҳар жиҳатдан жозибали даврда яшадик ва идеалистик тараққиёт дастурларига кўмилиб кетдик. Аммо шундан нари кета олганимиз йўқ. Булар бари тантанали намойиш эди, асло олға силжиш эмас.
Бир дунё ажойиб нарсаларни эшитдик, бироқ, уйга қайтсак, учоқдаги олов ўчиб қолибди. Қадимчилар одатда ана шундай даврдаги хавотирлардан фойдаланади ва асосан разилликларга тўла «ўтган ажиб даврлар»ни қайтаришга ваъда беради. Узоқни кўра билиш қобилияти ва тасаввурдан мосуво бу одамларни «тажрибали амалиётчилар» сифатида кўрувчилар ҳам топилади. Уларнинг ҳокимиятга қайтиши кўпинча соғлом ақлнинг қайтиши деб талқин қилинади.
© Ҳенри Форднинг «Менинг ҳаётим» китобидан

“Янги AI технологияни автомобиль оламидаги ахборот номутаносиблигига мисол сифатида кўриб чиқсак. Ўзини ўзи бошқарувчи автомобилларда камералар, лидар (ёруғлик ва узоқликни аниқлаш), навигатор, эхолот, радар, лазер ва бошқа қурилмалар қўлланади. Тунда машина чироқлари ёруғида инсон кўзи тахминан 250 фут (76 метр) олдиндаги масофани кўришга қодир, ҳайдовчисиз юрадиган автомобилдаги радар эса ҳар томондан 820 фут (250 метр)ни кўра олади. Қуруқ йўлда машина эҳтимолий тўсиққа 0.5 сония ичида реакция билдира олади, оддий инсонга эса бунинг учун 1.6 сония керак. Ҳозирги кунда автоном транспорт воситалари инсон миясининг кўрув пўстлоғига қараганда 1000 карра кўпроқ маълумотни қабул қила олади. Шу боис айтиш мумкинки, технология янада ривожланадиган 10-20 йилдан сўнг сунъий интеллект бошқарадиган автомобилда юриш одам ҳайдовчи бошқарадиган автомобилда юришдан анча хавфсизроқ бўлади.”
© Бретт Кингнинг "Банк 4.0" китобидан
#mutolaa
@allaevuzb
© Бретт Кингнинг "Банк 4.0" китобидан
#mutolaa
@allaevuzb
Tez-tez har xil tanishlarimiz xayriya qilib kitob tarqatish uchun pul tashlab turishadi. Oldin yig'ilgan pullardan o'zimiz manzil tanlab kitoblar hadya qilgandik.
Bu safar formatni sal o'zgartiramiz. Xayriyadan tushgan pullar yig'ilib qolibdi, uning evaziga 30 dona Talaba kitobini maktablarga yetkazib beramiz.
Nima uchun aynan "Talaba"?
"Talaba" chiqarganimizdan eng ko'p farxlanadigan kitoblarimizdan biridir. U ta'limning, ayniqsa qiz farzandning ta'limi ahamiyatini ochib bergan. Shuningdek, ota va qiz munosabatlari kabi nozik mavzu ham kitobda yaxshigina ochib berilgan. Bu kitobni har bir o'zbek o'qishi foydali deb o'ylayman.
Kitobni qaysi maktablarga berilishini bo'lsa siz hal qilasiz.
Kitobni jo'natish uchun shunchaki @asaxiy_talaba telegram akkauntiga maktab manzili va u yerda qabul qilib oladigan biror shaxsning raqamini jo'natish yetarli.
Birinchi 30ta yozgan maktabga kitobdan yetkazib beramiz.
Kichik summadan bo'lsada, har oy xayriya qilib borayotgan do'stlarimizga alohida tashakkur.
#talaba #mutolaa