Allaev Uz
14.4K subscribers
1.58K photos
402 videos
15 files
1.73K links
www.asaxiy.uz internet-do'koni ( @asaxiymarket ) va Asaxiy Books nashriyoti ( @asaxiybooks ) asoschisi, tadbirkor.

Bog'lanish: [email protected]

Anonim murojaat: https://t.iss.one/questianonbot?start=332983-1839_605745778b

Reklama: @asaxiymedia
Download Telegram
BAAda uch nafar Oʻzbekistonlik yahudiy ravvinini oʻldirganlikda gumon qilinayotgan ekan.
Bu juda achinarli va biz uchun juda zararli holat. Bir necha million oʻzbek migrantlari dunyo boʻylab ishlashadi. Oʻzbek migranti imidjiga hodisa qattiq taʼsir qiladi. Ish topish, ketish qiyinlashishi, Oʻzbekiston uchun viza yengilliklari berishda bu hodisa doim eʼtiborga olinishi mumkin.

Undan tashqari BAA Oʻzbekiston fuqarolariga vizasiz rejimni bekor qilishi haqida xabarlar tarqamoqda. Qanchalik asosli bilmadimu, lekin juda xavotirli xabar. Biz dunyoga koʻproq bogʻlanishimiz, koʻproq sayohat qilishimiz, koʻproq madaniy dunyoga qoʻshilishimiz kerak. Soʻnggi yillarda ancha fuqarolarimizda sayohat va chet elliklar bilan muomala madaniyati shakllangani ham bor narsa.

Shuningdek, bugungi kunda Dubay dunyoning eng muhim moliya va biznes markazlaridan biridir. Uning iqtisodiyotimiz uchun oʻrni katta.

Viza qaytib tiklanishi har bir Dubay boradigan Oʻzbekistonlikka 85 dollar soliq qoʻyilganligi, viza sabab borish sekinlashishini, qogʻozbozlik koʻpayishini anglatadi.

Dubay qatorida Qatar, Oman, Tayland kabi davlatlar ham Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizani bekor qilishgan edi. Zanjir effekti ishlab, viza qayta tiklanishi mumkin. Unaqa boʻlmagan ham, kamida keyingi vizani bekor qiladigan davlatlar xavflarni yetti marta oʻylab va oʻlchab koʻrishadi.

#viza
@allaevuzb
Tur kompaniyalar kanallari yozishiga qaraganda, dekabr oyidan boshlab O'zbekiston fuqarolari uchun Xitoyga viza rejimi bekor qilinar ekan. O'zbekiston fuqarolari bemalol vizasiz mamlakatga tashrif buyurishlari mumkin bo'ladi.
Rasmiy tasdiqni kutib qolamiz.

#viza
@allaevuzb
Allaev Uz
Tur kompaniyalar kanallari yozishiga qaraganda, dekabr oyidan boshlab O'zbekiston fuqarolari uchun Xitoyga viza rejimi bekor qilinar ekan. O'zbekiston fuqarolari bemalol vizasiz mamlakatga tashrif buyurishlari mumkin bo'ladi. Rasmiy tasdiqni kutib qolamiz.…
Bu rasman tasdiqlandi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy bilan 30 kunlik vizasiz rejim kelishilganini e'lon qildi. Endi Oʻzbekiston fuqarolari Xitoyga 30 kunga vizasiz borishlari, Xitoyliklar ham 30 kungacha Oʻzbekiston hududiga vizasiz boʻlishlari mumkin.

#viza
@allaevuzb
O'zbekiston pasporti Visa Passport Index 2024 reytingida 125chi o'rinni oldi.
O'zbekiston fuqarolari 32ta mamlakatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin, 33ta mamlakatda bo'lsa viza aeroportga yoki chegaraga kelganda beriladi. 27 mamlakatga oldindan ariza qilib elektron viza olsa bo'ladi.
Pasportlar bo'yicha reytingda Markaziy Osiyoda Qozog'istondan keyin ikkinchi o'rinni olganmiz.

Reytingda birinchi o'rinni Singapur olgan bo'lsa, oxirgi 199-o'rinni Somali olgan. Singapur fuqarolari o'z pasportlari bilan 160ta davlatga vizasiz borishlari mumkin.

O'zbekiston fuqarolariga so'nggi yillarda BAA, Qatar, Oman, Mo'g'uliston, Eron, Tayland va Xitoy kabi mamlakatlar viza talabini bekor qilishdi.

#viza
@allaevuzb
Rasmda Qohirada oʻgʻlim bilan.

Shu vaqtgacha Oʻzbekiston fuqarolari Misrdagi Sinay yarimoroliga vizasiz borishar edi. Borganda kim xohlasa Qohira yoki boshqa shaharga joyida viza olib uchib ketaverardi. 25 dollar xarajatdan boshqa tashvish yoʻq edi. Sinay yarimorolidan (Sharm el Sheyx) chiqmasa viza shart emas edi.

Endi bu imkonsiz. Oʻzbekiston fuqarolari uchun Sinay yarimorolidan boshqa hududlarga vizani oldindan Toshkentdagi elchixonadan olish majburiy boʻlibdi. Sinay yarimorolida ham vizasiz qolish muddati 14 kungacha qisqaribdi. Keyingi yili qizimga va kichik oʻgʻlimga ham Piramidalar borish vada berilgan edi.

Viza qoʻyilishiga sababchilar haqida bir nima degim keladiyu, noshir sifatida soʻkinish etikaga toʻgʻri kelmaydi.

#viza
@allaevuzb
Yana bir yengillik, Saudiya Arabistoni O'zbekiston fuqarolari uchun elektron viza joriy qilibdi.

Endi O'zbekiston, Albaniya, Azarbayjon, Qirg'iziston, Maldiv orollari va yana bir qator mamlakatlar fuqarolari 146 AQSH dollari to'lab, 90 kunga elektron viza olishsa bo'ladi.


#viza
@allaevuzb