Allaev Uz
14.5K subscribers
1.57K photos
401 videos
15 files
1.72K links
www.asaxiy.uz internet-do'koni ( @asaxiymarket ) va Asaxiy Books nashriyoti ( @asaxiybooks ) asoschisi, tadbirkor.

Bog'lanish: [email protected]

Anonim murojaat: https://t.iss.one/questianonbot?start=332983-1839_605745778b

Reklama: @asaxiymedia
Download Telegram
Bir kichik tajriba o'tkazdim. Twitterda konspirologik nimadir ko'rsam, "like" bosib, kommentda nimadir yozib ketib boshladim. Algoritmlar qanaqa ishlashi qiziq edi.

Arzimagan bir haftada ma'lumotlarni yaxshi argumentlaydigan konspirologik propaganda ichiga kirib qoldim.
Ulardan bir nechtasi:
1. "P. Diddy"ning sherigi va hamkori Barak Obama
2. MH17 reysi ruslar tomonidan emas, ichida "SPID" insoniyat tomonidan kashf etilganligi oshkor qiladigan Joep Lange ismli professor borligi uchun G'arb tomonidan urib tushirilganligi.
3. Covidning chiqib kelishiga Bill Geyts sababchiligi
4. Ben Laden o'limi e'lon qilingandan bir yil o'tib, vertolyutda portlatib yuborilganligi
5. Titanic ham ichida o'sha vaqtda hukumatga nisbatan tanqidiy fikrlaydigan elita bo'lganligi uchun qasddan cho'ktirilganligi
6. Turkiyadagi inflatsiya va muammolarga Erdogan va uning hukumati emas, unga qarshi bo'lgan dunyo hukumati sababchiligi

va doimgidek 11-sentyabr, masonlar, yahudiylar, dunyo yashirin hukumati, Kennedi haqidagi gaplar.

Bu fitna nazariyasi, konspirologiyaga mukkasidan ketganlar qanaqa fikrlashini yaqqol ko'rsatib berdi. Tarixda bir necha marotaba o'zini ko'rsatgan "mantiqiy zanjir" ijtimoiy tarmoq orqali bu masalada ham zo'r ishlamoqda. Bitta "fitna" ma'lumotga ishongan odam, mantiqiy zanjir va argumentlar orqali tezda ikkinchisiga ishonadi va zanjir bir-biriga ulanib ketadi. Izohlarni o'qisangiz, bu ma'lumotlarni qanchalik jiddiy qabul qilishlari va ularni muhokama qilishlarini ham ko'rib chiqasiz.

Keyingi safar konspirologik ahmoqlikni aytayotgan odamni ko'rsangiz, uni shunchaki bu ma'lumotga ko'zi tushib qolib ishonib ketgan deb o'ylamang. Katta ehtimol bilan u uzun yaxshi argumentlangan "mantiqiy zanjir"ning mahsulidir. U bilan tortishib uni ishontirish ham qiyin chunki mantiqiy zanjir uzoq muddat davomida miyada shakllangan va bitta bahs bilan hech qachon uni yechib tashlolmaysiz. Katta ehtimol bilan sizni narigi tomon, o'qimagan, xabari yo'q, aldanib yurgan, haqiqatni bilmaydigan "ahmoq" sifatida ko'radi.


#tajriba
@allaevuzb
Allaev Uz
BAAda uch nafar Oʻzbekistonlik yahudiy ravvinini oʻldirganlikda gumon qilinayotgan ekan. Bu juda achinarli va biz uchun juda zararli holat. Bir necha million oʻzbek migrantlari dunyo boʻylab ishlashadi. Oʻzbek migranti imidjiga hodisa qattiq taʼsir qiladi.…
Afsuski, Abu Dabida muammolar boshlandi. Bir guruh oʻzbek erkaklari BAAga kiritilmasdan ushlab turilgan ekan. Bu juda yomon signal.
Keyingi bosqichda u yerdagi migrant va talabalarga viza yangilashda muammolar yaratilishi mumkin.
BAA qaror sekin beriladigan, uni yoʻlga qoʻyishda minglab byurokratik toʻsiqdan oʻtiladigan, shaxsiy huquqlar ustun qoʻyiladigan Gʻarb emas. U yerda hammasi tez va buyruq bilan oʻzgaradi.
Vaziyat alamli va uni qabul qilib yaxshilashga harakat qilishdan boshqa chora yoʻq.

@allaevuzb
Insoniyat doim taraqqiyotining keyingi bosqichiga maʼlumot alishish tezlashganda qadam tashlagan. Maʼlumot alishish va unga erishish osonlashgan sari sivilizatsiya keyingi bosqichga chiqavergan. Katta imperiyalar bilan ham shunaqa boʻlgan. Buyuk Ipak Yoʻli ham shunchaki savdodan tashqari katta hudud oʻrtasida maʼlumot alishishni tezlashtirgani uchun sivilizatsiyaga hissasi juda katta. Yoki moʻgʻul imperiyasi juda katta hududda tizimli pochta yaratadi va yagona qonunchilik joriy qiladi. Moʻgʻul imperiyasining ham insoniyat rivoji tarixida oʻrni katta.
Demak, har qanaqa maʼlumot alishishi tezligi va unga erishish osonligi insoniyatni keyingi bosqichga undaydi. Biz internet orqali bu jarayon bir necha marotabaga tezlashgan davrda yashadik. Bu sivilizatsiya uchun misli koʻrilmagan yangi qadamlarni ochdi. Endi esa sunʼiy intellekt davrida yashamoqdamiz va bu maʼlumotni internetning oʻzidan yana kamida 10 marotabaga oson qilib bermoqda. Bu kelajak uchun, insoniyat uchun qanaqa imkoniyatlar ochishini yaqin kelajakda bilib olamiz.

Maʼlumot alishish osonligi insoniyat rivojini tezlashtirgan tarixiy analog sifatida boshqa misol beraman. XV asrning oʻrtalarida Iogann Gutenberg tomonidan ilk bosmaxona kashf etiladi. Bu oʻsha davrda asosiy maʼlumot manbai boʻlgan kitob tayyorlashni bir necha marotabaga tezlashtiradi. Ungacha bir kitobni tayyorlash oylab, bazan yillab vaqt olardi. Shu uchun ham ungacha kitoblar asosan elita uchun foydali diniy kitoblar bilan cheklanardi. Qolgan aksar bilimlar ogʻizdan ogʻizga oʻtib oʻzgarib borardi. Bu oʻsha davrda asosan zodagonlar bolalari uchungina bor boʻlgan taʼlim sifatiga ham zarba berardi.
Bosmaxona paydo boʻlishi yoppasiga maʼlumot ishlab chiqarish imkonini yaratdi va uning narxini ham tushirdi. 1454-yildan 1500-yilgacha Yevropada 12 milliondan ortiq kitob chop etiladi. Ungacha butun insoniyat tarixida tayyorlangan kitoblar umumiy soni 11 millionta atrofida boʻlgan. Kitoblar orqali tizimli maʼlumot oddiy italyan, nemis va fransuz bola qoʻliga yetib boradi. Maʼlumot osonlashib insonlar osonroq va asosli bilim olishidan eng koʻp kim norozi boʻladi? Albatta, katolik cherkovi.

Kitoblar sabab oldinda insoniyat taqdirini oʻzgartiradigan keyingi qadamga oʻsha davrda ikki asrcha kerak boʻladi. Oldinda Yevropani renessans, undan keyin sanoat inqilobi kutardi. Bunisi endi boshqa tarix...

#mulohaza
@allaevuzb
Allaev Uz
Tur kompaniyalar kanallari yozishiga qaraganda, dekabr oyidan boshlab O'zbekiston fuqarolari uchun Xitoyga viza rejimi bekor qilinar ekan. O'zbekiston fuqarolari bemalol vizasiz mamlakatga tashrif buyurishlari mumkin bo'ladi. Rasmiy tasdiqni kutib qolamiz.…
Bu rasman tasdiqlandi. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy bilan 30 kunlik vizasiz rejim kelishilganini e'lon qildi. Endi Oʻzbekiston fuqarolari Xitoyga 30 kunga vizasiz borishlari, Xitoyliklar ham 30 kungacha Oʻzbekiston hududiga vizasiz boʻlishlari mumkin.

#viza
@allaevuzb
Twitterda fanga qarshi, uning o‘zgarib turishi, xato qilishi haqida yozishganini ko‘rdim.

Faqat muammo shundaki, fanning xato qilishi, xatolar ustiga o‘rganishi va o‘z o‘zini to‘g‘rilash mexanizmi uning ustunligi hisoblanadi. Bu insoniyat taraqqiyotining asosiy drayveri ham hisoblanadi. Fan xato qiladi, xatoni to‘g‘rilaydi va to‘g‘rilangan yechim ham alohida kontekstda xato bo‘lishi mumkin. Uni keyin yana to‘g‘rilaydi va shunaqa qilib u boyib, rivojlanib boradi. Bu ilm-fanning eng muhim fundamenti. Masalan, XIX asrda Nyuton qonuni butun borliqni tushuntiradi deb ishonilsa, XX asrda nisbiylik nazariyasi va kvant fizikasi bu qarashni yana o‘zgartirdi.

Bu jihatdan bizning biologik xususiyatlarimiz fan bilan o‘xshash. Yurishni o‘rganayotgan bola qayta qayta qoqilib, vaqt o‘tgan sari dadilroq qadam tashlaydi. Uning harakatlari xato bilan o‘z o‘zini to‘g‘rilaydi. Fan ham xatolar bilan o‘zini o‘zi to‘g‘rilab boradi.

Fanda xato izlash shunchalik kuchliki, xatoni aniqlagan odam ko‘kka ko‘tariladi, hamma tomonidan e’tirof etiladi. Fan o‘z vakillarini xato izlashga, xato topishga undaydi. Eng zo‘r xatolarni topganlar hatto Nobel olishi mumkin.

Fan o‘zgarmas deb davo qilinadigan joy bo‘lganda, xato topgan vakil mukofotlanmas, aksincha o‘zgarmas deyilgan narsaga xavf solgani uchun la’natlanar, hatto jazolanardi ham.

Fanning o‘z xatolarini aniqlab o‘z o‘zini tuzatishi aslida uning fazilatidir. Fanni o‘zgaruvchan bo‘lganligi, xato qilganligi uchun uni xato deb qarash ahmoqlikdan boshqa narsa emas.

O‘z xatolarini tan olmaslik, o‘zgarmaslikni davo qilish aslida qo‘pol xato va bu taraqqiyotning oyog‘iga urilgan bolta bo‘lishi mumkin.

O‘qishdan, o‘rganishdan va o‘zgarishdan hech qachon charchamaylik.

#mulohaza
@allaevuzb
Forwarded from Alimoff
2024 йил сўзи — “brain rot”

Оксфорд луғати томонидан 2024 йил сўзи сифатида танланган “brain rot” ёки “миянинг чириши” замонавий жамиятдаги янги ҳодисани аниқ тасвирлайди деб айтоламан. Бу атама асосан чексиз скроллинг, кераксиз маълумот истеъмоли ва интернетда вақтнинг беқарор сарфланишини ифодалайди. Маълумотларга кўра, ўтган йил давомида “brain rot” сўзининг ишлатилиши 230% га ошган.

Бу атама 1850 йилларда пайдо бўлган бўлса-да, айнан ҳозирги кунда унга бўлган қизиқиш қайтадан кучайди. Сабабини технология ва ижтимоий тармоқлар ҳаётимизнинг асосий қисмига айланиб қолганида дейиш мумкин. Миллардлаб инсонлар кун давомида телефонини қайта-қайта текшириб, фойдали ва фойдасиз маълумотларни уйғун тарзда истеъмол қиляпти. Бу ҳолат нафақат вақтни зое кетказишга, балки ақлий чарчоқ, диққатни йўқотиш ва ижтимоий кўникмаларнинг пасайишига ҳам сабаб бўлади.

Айниқса, ёшлар орасида “brain rot” таъсири сезиларли бўлиб, улар ўқув, ижодий ёки профессионал фаолият ўрнига контент томоша қилишга ҳаддан ташқари кўп вақт ажратаётгани кузатиляпти. Бу ҳолат ақлий салоҳиятга ёмон таъсир қилиб, инсонни маълумот тўлқинига шунчаки мослашувчи ижрочига айлантириши мумкин.

Энг муҳими, “brain rot”ни енгиш учун инсонлар ўзларига турли чекловлар қўйиши ва рақамли детокс орқали онгини қайта фаоллаштириши кераклиги айтиляпти. Оила аъзолари, дўстлар билан жонли мулоқот қилиш, спорт ва китоб ўқиш каби фаолиятлар замонавий “мия чириши” ҳолатини енгишда самарали усуллардан ҳисобланади.

“Brain rot” — нафақат бир йиллик тренд, балки жамиятнинг жиддий муаммосини акс эттирувчи сигнал. У инсонни ўз ҳаётини қайта баҳолашга, рақамли оламга мос тарзда ёндашишга чақирувчи муҳим тушунча сифатида кўрилади.

🧠@nurbekalimov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Mutolaa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Шерлок Холмс - инглиз ёзувчиси Артур Конан Дойл томонидан яратилган машҳур детектив. У ўзининг ажойиб кузатувчанлик қобилияти, мантиқий фикрлаши ва энг чигал жиноятларни фош этишдаги ноёб истеъдоди билан танилган. Холмс Лондонда фаолият юритади ва кўпинча полицияни боши берк кўчага киритадиган жиноятларни очади. Унинг содиқ дўсти ва ҳамкори доктор Жон Уотсон бўлиб, у уларнинг барча саргузаштларини ёзиб боради. Ёлғизликка мойиллиги ва ғалати одатларига қарамай, Холмс ажойиб ақлий қобилиятга эга ва энг майда тафсилотларни таҳлил қила олади. Унинг сиймоси ақлий қудрат ва изланувчилик даҳосининг рамзига айланган. Шерлок Холмс кўплаб китоблар, фильмлар ва сериалларда намоён бўлиб, маданиятда кенг оммалашган. Баъзи тадқиқотчиларнинг фикрича, унинг тергов усуллари замонавий криминалистика ривожланишига таъсир кўрсатган. Ҳақиқат ва адолатни излашдаги абадий интилишлари туфайли у барча даврларнинг энг машҳур адабий қаҳрамонларидан бири бўлиб қолмоқда. Сусамбил лойиҳасининг навбатдаги видеоси айнан Шерлок Холмс сиймосига бағишланган.

👉 https://youtu.be/3lhX0u57_c0
Logistika, yetkazib berish xizmatlari hozirgi kunda ish o'rni yaratuvchi muhim sektorlardan biriga aylandi. Qayerda internet rivojlansa, o'sha yerda yetkazib berish xizmatlari rivojlanmoqda. O'zimizda aniq ma'lumotlarga duch kelmadimu, Rossiyada kuryerlar soni 1.5 milliontaga yetibdi. Bu amalda logistikani aholi eng ko'p ishlaydigan sektorlardan biriga aylantiradi. Yetkazib berish xizmati iqtisodiyotga qo'shayotgan qiymati bo'lsa yanada ahamiyatlidir.

#iqtisodiyot
@allaevuzb
Muammolar haqida gapirganda, ko‘pchilik o‘zidan kelib chiqib umumiylashtiradi. Bu juda qo‘pol xatodir.

Masalan, Toshkentda Darxonda yashab turib, O‘zbekistonda deyarli svit o‘chmaydi deb xulosa berib bo‘lmaydi. Xuddi shunaqa, siz va sizning atrofingiz Sevara Nazarxonni sevib tinglasa, bu butun O‘zbekiston uchun to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Vodiy Sheralini, Xorazm Og‘abekni ma’qul ko‘rishi ehtimoli katta. Yana sizga Ledi Gaga yoqsa, butun O‘zbekistonga yoqadi degani emas.

Sizning oilangizda ayol e’zozda bo‘lsa, butun O‘zbekistonda ayollar e’zozda degani emas. Sizning hududda odamlar tolerant bo‘lsa, butun O‘zbekistonda tolerant degani emas.

Sizning atrofingizdagilar alkogol ichmasa, O‘zbekistonda alkogolizm yo‘q degani emas.

Sizni krug Ukrainani qo‘llab quvvatlasa, butun O‘zbekiston qo‘llaydi degani emas, katta ehtimol bilan Ros TV miyasini yuvgan omma ko‘proq qism chiqadi.

Keyingi safar muammo ko‘tarilganda o‘z orolchangizdan kelib chiqib muammoni rad etishga shoshilmang. Muammo borki, kimlardir uni norozi bo‘lib olib chiqmoqda.


#mulohaza
@allaevuzb
Ilon Mask: Xitoy hech qachon bizni texnologiyalarni koʻchirolmaydi.

Xitoy:


#hazil
@allaevuzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Яхши йигит синдроми" одатда болалик даврида олинган тажрибалардан келиб чиқади. Кўпинча, бундай синдромни бошдан кечирган шахслар, ота-оналаридан ёки жамиятдан мукофот олиш ёки қабул қилиниш учун доимо мукаммал бўлишга мажбур бўлиб қолган. Бу шахслар ўзларини бошқалар учун яхшилик қилишга ва уларга ёрдам беришга қаратишади, лекин ўз эҳтиёжларини эътиборга олишни унутишади.

Тўлиқ видео учун ҳавола:
https://youtu.be/uqY6qmiyqL8?si=itT1srKquxluX3xP
Оксфорддаги Ўзбекистонга оид хазиналар

Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси маркази директори бошчилигидаги делегация Оксфорд Ислом тадқиқотлари марказига ташриф буюрибди.

Оксфорд ислом тадқиқотлари марказига Катта Лангар Қуръони факсимилеси, шунингдек, “Ўзбекистон маданий мероси дунё тўпламларида” туркумидаги китоб-альбомлар совға қилинган.

Шундан сўнг Ўзбекистон делегацияси вакиллари дунёнинг энг қадимий кутубхоналаридан бири бўлган Оксфорддаги Бодлеан кутубхонасига ташриф буюришди ва у ерда Ўзбекистонга оид нодир қўлёзмалар билан танишишган.

"Ўзбекистон буюк алломалар, шоир ва мутафаккирлар юрти, – дейди Бодлеан кутубхонаси Шарқ қўлёзмалари бўлими куратори Николас Контовас. — Жумладан, Алишер Навоийнинг ҳаётлиги даврида кўчирилган қўлёзмалари кутубхонамиз фондининг нодир жавоҳирларидан саналади. Бундай бебаҳо асарларни бемалол бутун инсониятнинг хазинаси дейиш мумкин".

Кутубхонада ўзбекистонлик олимлар Ўзбекистон маданий меросига оид ўндан ортиқ қўлёзмалар билан танишдилар. Айниқса, Алишер Навоийнинг «Хамса» қўлёзмаси катта тассурот қолдирди. Мирзо Улуғбекнинг "Зижи Кўрагоний" асари ҳам ўзига хос тарихга эга. Уни салкам уч аср илгари оксфордлик олим Жон Гейвс сотиб олган ва китоб ҳошиясида зарҳал қайдлар киритган. Китоб саҳифаларида усмонли турк тилидаги битиклар ҳам учрайди.

@allaevuzb
Bitcoin narxi tarixda birinchi marta 103 000 USDdan o'tdi.
Bu kriptovalyuta uchun absolyut rekord.

#crypto
@allaevuzb
So'nggi kunlarda Temu va Pindoudou kabi Xitoy marketpleyslarini soliqqa tortish haqida chaqiruvlar ko'paydi. Ular O'zbekiston hududida hech qanday soliq to'lamasdan O'zbekiston fuqarolariga sotishayotganligi sabab qilib ko'rsatilmoqda. Ular O'zbekistonda ofis ochishmas ekan, biz ularni soliq to'lashga majburlay olmaymiz.

Aslida, vaziyat sal murakkabroq, kompaniyalarni soliqqa tortish oson emas. Hozir kunga qadar O'zbekiston foqarolari xalqaro xaridlari Prezidentning 2018-yil 6-fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3512-son qaroriga muvofiq tartibga solinadi. Unga ko'ra bir fuqaro xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali bir kalendar chorak mobaynida 1000 dollar qiymatidagi tovarlarni bojsiz qabul qilib olishi mumkin. Bu uning huquqi.

Endi fuqaro Temudan xarid qiladimi, Amazondanmi, Wildberriesdanmi, buni cheklab bo'lmaydi. Masalan, Aliexpressdan O'zbekistonliklar 15 yildan beri xarid qilishadi va shu vaqtgacha Aliexpressni soliqqa tortish mavzusi ko'tarilmagan edi. Agar shunaqa qonun qabul qilingan taqdirda ham, hamma marketpleyslarga, shu jumladan rus marketpleyslariga ham birdek joriy qilinishi kerak bo'ladi. Lekin, fuqaroga uning qaror bilan kafolatlangan huquqi qanday rad etiladi? Xarid qilish ta'qiqlangan marketpleyslar ro'yxati shakllanadimi yoki qaysidir marketpleyslarni O'zbekiston hududida bloklab qo'yamizmi?

Xullas, hozirgi amaldagi Prezident qarori bo'yicha fuqarolar bemalol bir kvartalda 1000 dollargacha kuryerlik xizmatlari orqali mahsulot olishlari mumkin. Buni cheklash fuqaroga qo'shimcha soliq solish, uni yana bir iste'mol huquqiga daxl bo'lishi mumkin.


#marketpleys
@allaevuzb
Bir kitobda qiziqarli ma’lumotga duch keldim. SSSRda 1917-yildan oldin partiyaga qo‘shilgan bolsheviklarning uchdan biri Qatag‘on davrida qatl etildi. 1919-yildan 1938-yilgacha Politbyuroda oʻtirgan 33ta erkakdan 14tasi (42 foiz) otib tashlangan. 1934-yilda saylangan markaziy komitetning 139ta a’zosidan 98tasi (70 %) o‘limga hukm qilingan. 1934-yildagi XVII syezdda qatnashgan delegatlarning faqat 2 foizigina 1939-yilgi XVIII syezdda qatnashishadi. Qolgani otib tashlangan yoki surgun qilingan. Bular uchun NKVD aybdor. Lekin, kuchishlatar tizimlarda vaziyat bundan ham ogʻir boʻlgan. Qatagʻonni boshlagan va yuz minglab insonlarning o‘limiga bosh qosh boʻlgan NKVD raisi Genrix Yagoda 1936chi yil ishdan olinadi va 1938chi yil qatl etiladi. Oʻrniga Nikolay Yejov keladi. U millionlab insonlar qatli va qamalishiga bosh qosh boʻladi. Oʻzi ham ishdan olinib 1940-yil qatl etiladi. 1935-yilda NKVDda ishlagan 39ta generaldan 1941-yilda 35tasi qatl etilgan edi, birini o‘ldirib ketishgan va bir nafari Yaponiyaga qochib ketadi. U ham keyinchalik Yaponlar tomonidan oʻldiriladi. 39 generaldan faqat 2tasi ikkinchi jahon urushi yakuniga tirik qolishadi. Lekin, ular ham qutilib qolishmaydi. Biri 1953-yil qatl etiladi, boshqa biri jinnixonaga qamalib, u yerda 1960-yil olamdan oʻtadi. Stalin davrida NKVD generali boʻlish dunyoda eng xavfli kasb edi.

Koʻrib turganingizdek, insonlar oʻzlari yaratgan, qoʻllab quvvatlagan va rivojlantirgan tizimning oʻzlari ham qurbonlari edi.

#tarix
@allaevuzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
— Нега бизда «ужас» жанридаги кинолар олинмайди?
— Қўрқса керакда одамлар...

Плоссподкастда меҳмон бўлган Расул Каримов (Расул 24) нима учун Ўзбекистонда «ужас» жанридаги кинолар олинмаслиги сабабларига ўз услубида жавоб берибди. Албатта у ерда ҳазилдан ташқари яхши фикрлар ҳам берилган.

Хуллас ўтириб бир нафасда кўрворадиган подкаст бўлган

Подкастга линк: https://www.youtube.com/watch?v=ozeyaymM2oo
Oxirgi vaqtda "mentor" masalasi modaga kirdi. Qaysi biznes trenerni qarama, oʻzingga mentor top degan fikrni aytmoqda.
Doʻstlar, biz murakkab zamonda yashaymiz. Bir kishi hamma masalada aqlli boʻlolmaydi. Kimdir oila masalasida kuchli, kimdir biznesda, kimdir taʼlimda, kimdir sogʻliq masalasida, kimdir shaxsiy rivojlanish masalasida, yana kimdir qonunchilik, boshqa bir kishi turar joy masalasida. Xullas, bir kishi mentor boʻlib sizning hayotingizni toʻgʻrilab berolmaydi. Undan koʻra tadbirkor, yurist, psixolog, shifokor, sport murabbiyi, oʻqituvchi, domla va boshqa sohalarda professional tanishlar boʻlgani yaxshiroq. Siz vaziyatga qarab ulardan maslahat soʻrab, oʻzingiz uchun yoʻl ochib olasiz.

Lekin, kimdir mentor boʻlib sizga hayot strategiyasini tuzib berishini kutmang. Oʻqing, oʻrganing, koʻproq doʻst orttiring, oʻzingizga koʻproq savol bering va oʻzingiz uchun maqsadni, strategiyani oʻzingiz toping.

Oʻta shaxsiy fikrim, "mentor toping" degan gap navbatdagi trend va bu unchalik ham toʻgʻri emas.

#hayot
@allaevuzb
Yil bestsellerlarini e'lon qilib boshlaymiz. Ro'yxatdan O'zbekiston bo'ylab yil davomida eng ko'p sotilgan 20 kitob o'rin olgan.

Asaxiy Books bestsellerlari 2024!

🏆 20-o’rin: “Yalang‘och iqtisodiyot” - Charlz Uilan

https://asaxiy.uz/product/charlz-uilan-yalangoch-iktisodiet

#bestseller
@allaevuzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Чўлпон чет элдаги жадидлар учун идеал шахс эди

Жадидларнинг ҳаёти қандай мудхиш якунланганини биламиз лекин улар фаол вақтда қандай ишлар қилгани, уларнинг ўзаро муносабати, баҳслари етарлича ёритилмайди. Қурултойнинг навбатдаги сони айнан шу мавзуга бағишланибди.

Томоша қилинг:

https://youtu.be/fE_6ZFuGVSk?si=5mGYu5l0M78jIRor
O'zbekiston pasporti Visa Passport Index 2024 reytingida 125chi o'rinni oldi.
O'zbekiston fuqarolari 32ta mamlakatga vizasiz tashrif buyurishlari mumkin, 33ta mamlakatda bo'lsa viza aeroportga yoki chegaraga kelganda beriladi. 27 mamlakatga oldindan ariza qilib elektron viza olsa bo'ladi.
Pasportlar bo'yicha reytingda Markaziy Osiyoda Qozog'istondan keyin ikkinchi o'rinni olganmiz.

Reytingda birinchi o'rinni Singapur olgan bo'lsa, oxirgi 199-o'rinni Somali olgan. Singapur fuqarolari o'z pasportlari bilan 160ta davlatga vizasiz borishlari mumkin.

O'zbekiston fuqarolariga so'nggi yillarda BAA, Qatar, Oman, Mo'g'uliston, Eron, Tayland va Xitoy kabi mamlakatlar viza talabini bekor qilishdi.

#viza
@allaevuzb