RESPUBLIKA AEROGEODEZIYA MARKAZI | RASMIY KANAL
744 subscribers
3.7K photos
254 videos
4 files
1.27K links
Respublika aerogeodeziya markazi



Murojat uchun tel: 71-200-10-98
Download Telegram
#Aerogeodeziya #Hashar_2022

♻️Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 26- apreldagi Farmoyishi hamda muborak "Ramazon hayiti" munosabati bilan 30- aprel kuni "Umumxalq xayriya hashari" o‘tkazilishi belgilangan. Ayni damda Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi xodimlari ham hasharda faol qatnashishmoqda.
#Aerogeodeziya #Hashar_2022 #Hududlar

🌿Shu bilan birgalikda Respublika aerogeodeziya markazining hududiy boʻlinmalarida ham umumxalq xayriya hashari davom etmoqda. Hasharda faol ishtirok etib, shahrimiz, mahallamiz, ish joyimiz obod va goʻzal boʻlishi uchun oʻz hissamizni qoʻshaylik!
Umumxalq xayriya hasharida ishtirok etgan barcha xodimlarga markaz rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildiramiz.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📢📢📢📢📢

◾️ 2024-yilning 16-18 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi ◾️

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishiga ko‘ra, Respublikada “Navro'z” umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish, mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, 🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini davom ettirish, sog‘lom turmush tarzi hamda sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib qilish, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-yil 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla - yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

#kadastr #hashar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

🌳Xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari o’rganadigan, havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari talaygina. Shulardan biri — bu hashar.

🌳Hashar — bu ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam shakllaridan biri. Necha yuz yillardan buyon davom etib kelayotgan ushbu an’anaga ko’ra tozalik, ozodalik, ko’cha-xiyobonlarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini ta’minlash kabi ishlar bajariladi.

🇺🇿Bahoriy yasharish, yangilanish va go‘zal ko‘klam ayyomi bo‘lgan Navro‘zi olam arafasida yurtimiz bo‘ylab o‘tkaziladigan an'anaviy xayriya hasharida5️⃣Respublika aerogeodeziya markazi xodimlari ham uzoq yillik an'analarni davom ettirmoqdalar.

➡️Zero, tozalik bólgan yerda qut-baraka bóladi.

#Kadastr #Aerogeodeziya #Hashar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Telegram
🌐Websayt 🌐You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAHALLA OBOD – YURT OBOD

Hasharda xalqimizga xos bag'rikenglik, o'zaro hamjihatlik, umumxalq bayrami oldidan mahallalar, ko'chalar va aholi turar-joylarini obodonlashtirish ishlari uyushqoqlik va hamjihatlik bilan amalga oshiriladi.

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligini keng nishonlash maqsadida “Mahalla obod - yurt obod” shiori ostida bugun 5️⃣Respublika aerogeodeziya markazi hamda hududlararo bo'linmalari xodimlari ishtirokida umumaxalq xayriya hashari oʻtkazildi.

🌿Mazkur hasharda markaz hududi va tutash maydonlar obodonlashtirildi, bino va inshootlarning tashqi qiyofasi yaxshilandi, shuningdek markaz atrofidagi piyodalar yoʻlaklarida tozalash ishlari olib borildi.

🇺🇿Hashar ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan ajralib turadi. Bu kabi xayriya tadbirlari barchani yagona maqsad yo‘lida birlashtirish bilan birgalikda, kelajagimiz egalari qalbida mehnatsevarlik tuyg‘usini shakillantirishda ham muhim oʻrin egallaydi.

#Kadastr #Aerogeodeziya #Hashar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
🌐Instagram 🌐Facebook 🌐Telegram
🌐Websayt 🌐You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM