RESPUBLIKA AEROGEODEZIYA MARKAZI | RASMIY KANAL
757 subscribers
4.13K photos
279 videos
4 files
1.41K links
Respublika aerogeodeziya markazi



Murojat uchun tel: 71-200-10-98
Download Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

⭐️Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja grafikka asosan joriy yilning 6 oyi davomida 90 000 kv.km maydonni aero kosmik suratga olish ishlari amalga oshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi-21 900 km.kv,
Andijon viloyati-3 200 km.kv.,
Buxoro viloyati-4 200 km.kv.,
Jizzax viloyati-5 300 km.kv.,
Qashqadaryo viloyati-12 300 km.kv.,
Navoiy viloyati-2 650 km.kv.,
Namangan viloyati-3 900 km.kv.,
Samarqand viloyati-8 900 km.kv.,
Surxondaryo viloyati-8 400 km.kv.,
Sirdaryo viloyati-3 600 km.kv.,
Toshkent viloyati-5 900 km.kv.,
Farg‘ona viloyati-4 900 km.kv.,
Xorazm viloyati-3 350 km.kv.,
Toshkent shahrida-400 km.kv. maydonda aerokosmik suratga olish ishlari bajarildi.

🛫Aerosuratlardan birinchi navbatda Davlat kadastrlarini yuritishda, Respublikamizning ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilashda, yer resurslarining aniq hisobini yuritishda, davlat kadastrlari ma’lumotlarini shakllantirishda va muhandislik qidiruv ishlarida keng foydalanilmoqda.

#Kadastr #Aerogeodeziya #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
📸Instagram 💬Facebook Telegram
🔍Websayt 📹You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏5
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

🗓Joriy yil 6 oy davomida 9 ta viloyatning 17 ta tumanlarida 6 mln 215 ming gektar yer maydonida Yer fondining 8 ta toifasiga tegishli barcha yer turlari bo‘yicha xatlovdan o‘tkazish va elektron qishloq xo‘jaligi xaritalarini yaratish ishlari amalga oshirildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-yanvardagi PF-15-sonli Farmoniga asosan Veterinariya va Chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga o‘tkazilgan 15 mln 824 ming gektar yaylov yerlari xatlovdan o‘tkazilib, elektron xaritalari yaratildi hamda “e-yaylov” onlayn platformasiga kiritish uchun tayyorlandi.

📱Elektron qishloq xo‘jaligi xaritalarini yaratish jarayoni doirasida har bir yer uchastkasiga tegishli kontur raqami, chegaralari va atributiv ma’lumotlari to‘liq aks etgan yagona geoaxborot bazasi shakllantirildi. Ushbu baza Kadastr agentligining Milliy geoaxborot portali (https://open.ngis.uz/) orqali foydalanuvchilar e’tiboriga taqdim etildi.

🗺Shuningdek, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlarning chegaralari, turlari va joylashuv manzili borasida keng qamrovli geoaxborot bazasi ishlab chiqilgan boʻlib, uni to‘liq onlayn tarzda Milliy geoaxborot portaliga joylashtirish uchun taqdim etildi. Bu baza, mamlakatimizda mavjud 26 mln 220 ming 700 gektar qishloq xo‘jaligi yerlari haqida to‘liq ma’lumot beradi.

Xatlov natijalariga ko‘ra, jami 7 ming 426 ta konturda 3 ming 893 gektar yer maydonida qonun buzilish holatlari aniqlanib, tegishli chora belgilanishi uchun Kadastr agentligi va uning hududiy boshqarmalariga ma’lumotlar taqdim etildi.

#Kadastr #Aerogeodeziya #Xatlov_ishlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
📸Instagram 💬Facebook Telegram
🔍Websayt 📹You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

🌏Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 10 dekabrdagi 832-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy birliklari davlat Reestri axborot tizimi 1 fevraldan to‘liq ishga tushirilishi hamda reestrga ma’muriy-hududiy birlik bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotlar bilan ta’minlash hamda reestrga kiritish vazifasi belgilangan.

↗️Bugungi kungacha, Respublika bo‘yicha 83 ta tuman, shaharlarning ma’lumotlari reestrda shakllantirilib shundan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 9 ta, Andijon viloyatidan 9 ta, Buxoro viloyatidan 6 ta, Qashqadaryo viloyatidan 7 ta, Sirdaryo viloyatidan 5 ta, Surxondaryo viloyatidan 8 ta, Samarqand viloyatidan 8 ta, Navoiy viloyatidan 5 ta, Namangan viloyatidan 5 ta, Farg‘ona viloyatidan 7 ta, Jizzax viloyatidan 7 ta va Xorazm viloyatidan 7 ta tumanlarning arxiv ma’lumotlari reestrda shakllantirildi. Bulardan 16 ta tumanning arxiv ma’lumotlari to‘liq tekshirilib reestrda saqlash uchun tasdiqlandi.


#Kadastr #Aerogeodeziya #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
📸Instagram 💬Facebook Telegram
🔍Websayt 📹You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

🇺🇿Davlat geodeziya punktlari ma’lumotlari bilan ta’minlashni raqamli texnologiyada amalga oshirish maqsadida, aholi punktlarida
50 ta doimiy ishlovchi GNSS CORS stansiyalari real vaqt rejimida geodeziya ma’lumotlarini uzatmoqda.

🛰Signallarni cho‘l va tog‘ hududlarida ham uzatishni yo‘lga qo‘yish maqsadida yana 80 ta GNSS CORS stansiyalarini o‘rnatishni 1 bosqich ishlari yakunlandi.

✔️Bu xizmat turi to‘liq ishga tushirilgach, Respublikamizda geodeziya ishlarini bajaruvchi tashkilotlar, punktlaridan foydalanib o‘lchashga ketgan vaqt va sarf-xarajatlari bir necha marotaba qisqaradi. Bugungi kunda GNSS CORS stansiyalari ma’lumotlaridan tadbirkorlarning 1000 ga yaqin GPS qurilmalari bog‘lanib ishlamoqda.

#Kadastr #Aerogeodeziya #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
📸Instagram 💬Facebook Telegram
🔍Websayt 📹You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏71👍1🔥1
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

⭐️ Kadastr agentligi 5️⃣Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan 2025-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani tafsilotlari.

#Kadastr #Aerogeodeziya #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
📸Instagram 💬Facebook Telegram
🔍Websayt 📹You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏3
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠 Fazoviy ma’lumotlar sohasida Kadastr agentligining vakolatlari 🇺🇿

🌟 Kadastr agentligi — fazoviy ma’lumotlar yo‘nalishida maxsus vakolatli davlat organi sifatida quyidagi muhim funksiyalarni amalga oshiradi:

⚫️Fazoviy ma'lumotlar sohasidagi yagona davlat siyosatini shakllantirish va uni amalga oshirishda ishtirok etadi;
⚫️Davlat va boshqa dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
⚫️Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek fazoviy ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiradigan shaxslarning fazoviy ma’lumotlar hamda Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
⚫️Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasini rivojlantirish ishlarini tashkil qiladi;
⚫️Bazaviy fazoviy ma’lumotlarga ishlov berishni, Fazoviy ma’lumotlar milliy infratuzilmasining geoportalini yaratishga va uning faoliyat ko‘rsatishiga doir ishlarni amalga oshiradi;
⚫️Xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
⚫️Turli idora va tashkilotlarning fazoviy ma’lumotlar sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
⚫️Fazoviy ma’lumotlarga ishlov berish jarayonlari ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
⚫️Normativ-huquqiy hujjatlarni va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
⚫️Ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlanmalarni olib boradi.

📎 Ushbu vakolatlar orqali agentlik mamlakatda raqamli infratuzilmani rivojlantirish va fazoviy ma’lumotlardan samarali foydalanishga zamin yaratmoqda.

➡️ Kadastr agentligi – zamonaviy ma’lumotlar asosida barqaror rivojlanishga xizmat qiladi!

#Kadastr_agentligi #foydali

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr agentligi va LX konsorsiumi o‘rtasida 29-iyul kuni “O‘zbekistonda Milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish” loyihasining joriy holati yuzasidan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬Uchrashuv kun tartibidan:

Grant loyihasining 3-bosqichida 🇰🇷Koreya Yer, infratuzilma va transport vazirligi tomonidan ⭐️Agentlikka beg'araz taqdim qilinadigan 500 ming AQSH dollari miqdordagi geodezik o’lchov asbob-uskunalari, qo’shimcha server qurilmalari, dronlarni qabul qilib olish va yetkazib berish muddatlari;

Sun'iy idrok yordamida o'zgarishlarni aniqlash va yer nazorati” o’quv kursining qamrovi, o’quv kursining amaliyot qismida qo’llaniladigan qayta ishlanuvchi aerosuratlarga bo’lgan talablar;

Malaka oshirish markazi va o'quv dasturi master planini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣

🌏Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Guliston tuman hokimining 2025-yil 12-iyundagi tegishli farmoyishiga asosan ⭐️Kadastr agentligi 5️⃣Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Guliston tumanidagi 1 ta (Dehqonobod) shaharcha va 10 ta (Beshbuloq, Dehqonobod, Humo, Nurobod, Oltin Oʻrda, Oltintepa, Sohilobod, Soyibobod, Zarbdor, Chortoq) qishloqlar chegaralarini belgilash boʻyicha dala kuzatuv ishlari olib borildi.

📍Mazkur shaharcha va qishloqlar chegaralarini belgilash jarayonida asosan oʻzgarmas topografik elementlar boʻlinmay toʻlaligicha shaharcha va qishloqlarning aniq bir tomonida qoldirilib belgilandi.

Bugungi kunda dala kuzatuv ishlari natijalariga koʻra, shaharcha va qishloqlarning belgilangan chegara chizigʻi boʻyicha yozuvli matn tavsifi va kartografik chizmalari tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

#Kadastr #Aerogeodeziya #Xatlov_ishlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
📸Instagram 💬Facebook Telegram
🔍Websayt 📹You Tub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3👍2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📊 INFOGRAFIKA | Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya bo‘limi tomonidan 2025-yil boshidan 1-avgust kuniga qadar amalga oshirilgan ishlar haqida ma'lumot.

#Kadastr_agentligi #yerni_masofadan_zondlash

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📊 2025-yilning o‘tgan davri mobaynida 83 ta texnik loyiha ekspertizadan o‘tkazildi

🚪 Yuridik shaxslar tomonidan taqdim etilgan materiallar asosida quyidagilar ekspertizadan o‘tkazildi:
➡️ 3 486 ta – 1:10 000 ortofotoplanlar
➡️ 13 ta – 1:5 000 ortofotoplanlar
➡️ 243 ta – 1:2 000 ortofotoplanlar
➡️ 2 520 ta – 1:1 000 ortofotoplanlar
➡️ 114 818 kv.km – ochiq grifli ortofotoplanlar
➡️ 691 ta – 1:25 000 topografik xaritalar
➡️ 1 219 ta – elektron topografik xaritalar
➡️ 452 km – nivelirlash ishlari (68 ta geodezik punkt va 763 ta belgilar)

🎤 Topografik rejalar:
🟢 1:5 000 masshtabda – 2 105 ga
🟢 1:2 000 masshtabda – 3 928 ga
🟢 1:500 masshtabda – 92 904.8 ga
➡️ 502 ta – JPG ko‘rinishidagi xaritalar va qaydnomalar
➡️ 40 143 kv.dm – qishloq xo‘jaligi xaritalari
➡️ 5 558 km – ma’muriy-hududiy chegara chiziqlari belgilandi
➡️ 56 893 ta – yangilangan qishloq xo‘jaligi xaritalarining kartografik elementlari

licenses.uz portali orqali:
✔️ 75 ta yuridik shaxsga faoliyatni boshlash yoki yakunlash bo‘yicha tasdiqnomalar berildi.

Davlat geodeziya va kartografiya fondidan:
👨‍💻 1 608+ geodeziya va kartografiya materiallari foydalanuvchilarga taqdim etish uchun ruxsatnomalar rasmiylashtirildi.

🌐 Xalqaro hamkorlik:
🇰🇷 Koreya Respublikasi bilan hamkorlikdagi grant loyihasi doirasida:
🎓 6 nafar xodim malakasini oshirdi:
⚫️ 2 nafar – GNSS o‘lchovi
⚫️ 2 nafar – Suratlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish
⚫️ 2 nafar – Q-GIS bo‘yicha seminarlar ishtirokchilari

📝Sertifikatga ega mutaxassislar tomonidan agentlik va boshqa idoralar xodimlari uchun qayta o‘qitish va treninglar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

📍 Geodeziya va kartografiya sohasida yangilanishlar davom etmoqda!

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1