Adu.uz | Rasmiy kanali
13.9K subscribers
35.7K photos
3.87K videos
748 files
17.5K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©️ Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
#seminar

Xabaringiz bor, Andijon davlat universitetining 5 nafar talabasi Toshkent viloyati Chimyon hududidagi "Yoshlar oromgohida" bo'lib o'tayotgan ERASMUS-EDU-2022-CBHE dasturi doirasidagi ikki haftalik CAMP-1 o'quv seminarida faol ishtirok etmoqda.

Oromgohda o'quv seminarlar Daniya va Ispaniyalik mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda. Loyihada talabalarimiz faol ishtirok etib, bo'sh vaqtlarida sport musobaqalariga qatnashish bilan birga professorlardan ilmiy tajribalarni o'rganish imkoniyatiga ham ega bo'lmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
👍5🔥1
#seminar_trening

"Mening startap loyiham" mavzusida
seminar-trening o'tkazildi

Andijon davlat universitetida talaba-yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash maqsadida Andijon Yoshlar texnoparki mutaxassislari hamkorligida "Startap marafon" doirasida seminar trening tashkil etildi.

✍🏻Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2577

Andijon davlat universitetining rasmiy
sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
👍5😢1
Forwarded from Edu.uz
#seminar
#xotin_qizlar

TerDUda 150 ta OTMdan Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha Kengash raislari jam bo‘ldi

Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Termiz davlat universitetida tashkil etilgan seminar “Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzusiga bag‘ishlandi.

Seminarda talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy liboslarning ahamiyati, xotin-qizlar uchun psixologik va huquqiy maslahatlar berishga doir ishlarni jadallashatirish, “Qizlarjon” klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilinib, fikr-mulohazalar yuritildi.
————

В ТерГУ состоялась встреча председателей Советов по делам женщин из 150 вузов

Семинар, организованный в Термезском государственном университете по инициативе Министерства высшего образования, науки и инноваций Узбекистана, был посвящен теме «Образование студенток в духе национальных ценностей».

На семинаре обсуждены и заслушаны мнения по таким вопросам, как воспитание студенток в духе национальных ценностей, значение национальной одежды, работы по оказанию психологической и юридической помощи женщинам, налаживание деятельности клуба «Кизларжон».

————

A meeting of Head of the Councils for Women's Affairs from 150 universities took place at Termez State University

The seminar, organized at Termez State University on the initiative of the Ministry of Higher Education, Science and Innovation of Uzbekistan, was dedicated to the topic “Education of female students in the spirit of national values.”

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍5👌1
Forwarded from Edu.uz
#seminar

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan OTM matbuot kotiblari uchun
seminar tashkil etildi

“Oliy ta’lim muassasalari matbuot kotiblari faoliyatiga oid nazariy va amaliy aspektlar” mavzusida o‘tkazilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh mutaxassisi Ramziddin Egamberdiyev, vazirlik axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova hamda Farg‘ona vodiysidagi oliy ta’lim muassasalarining matbuot kotiblari ishtirok etdilar.

Seminar davomida ishtirokchilar uchun Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan “Jamiyat taraqqiyotida PRning o‘rni” hamda “Ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashda blogerlar bilan hamkorlikda ishlash” mavzularida maʼruzalar qilindi.

Shuningdek, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlaridagi OTM rasmiy veb-saytlarini yuritish holati ham tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Tadbir yakunida hududlarda namunali yo‘lga qo‘yilgan OTM axborot xizmatlari tajribasini o‘rganish va ularni o‘z faoliyatlarida samarali qo‘llash tavsiya etilib, AOKA bilan hamkorlikda ushbu seminarlar boshqa hududlar kesimida ham o‘tkazilishi belgilab olindi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍61
Forwarded from Edu.uz
#seminar

Davlat tilida ish yuritishga bag‘ishlangan
seminar o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari va hududiy boshqarmalar xodimlari uchun davlat tilida ish yuritish asoslariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Isajon Sultonov hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi rahbari Inomjon Azizov mamlakatimizda davlat tiliga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor, Prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan qonun, qaror, farmon va farmoyishlarning ahamiyatiga to‘xtalib, bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/8452/

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
1👍1
#seminar

Talabalar o'rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o'tkazish va tashkil etishga qaratilgan o'quv seminari o'tkazildi


Bugun, 22-aprel kuni Andijon davlat universitetida Andijon viloyati talabalar sport Assotsiatsiya boshqarmasi hamkorligida oliygohimiz tyutorlari uchun Talabalar o'rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o'tkazish va to'g'ri tashkil etishga qaratilgan o'quv seminari bo'lib o'tdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2881

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
👍21
#seminar

Universitetda tadqiqotchi va magistrantlar uchun navbatdagi master-klass mashg'ulotlari o'tkazildi

Bugun, 11-may kuni Andijon davlat universitetida Ilmiy - tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi xodimlari tomonidan "Scopus&Web_of_Science" mavzusida navbatdagi premium offline-kurs mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.

Mazkur seminarda mutaxassislar tomonidan scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqolalar chop qilish, ilmiy maqolalar tayyorlash, scopus ma'lumotlar bazasi bilan ishlash texnologiyalaridan mustaqil ravishda foydalanish bo'yicha amaliy tushunchalar berildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
👍43💯1
#seminar_trening

Bugun, 20-may kuni Andijon davlat universitetida Osh texnologiya universiteti Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi professori Rahmon Mirzaibragimovich tomonidan "Statistik tahlil" mavzusida seminar trening tashkil qilindi.

Seminarda professor tomonidan universitetimizning Iqtisodiyot kafedrasida faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchi va tadqiqotchilari ishtirokida iqtisodiyot sohasiga doir statistik ma'lumotlarni to'plash, tahlil qilish, tarqatishning ishonchli tizimini joriy etish masalalarida master-klass mashg'ulotlari olib borildi.

Shuningdek, doktorlik dissertatsiyalarni rasmiylashtirishda iqtisodiy koʻrsatkichlardan foydalanish, iqtisodiy-matematik, logorifmik funksiyalar va boshqa metodlardan foydalangan holda tahlil hamda prognoz koʻrsatkichlarini zamonaviy usullarda hisoblash texnologiyasi boʻyicha ma'lumotlar berdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
👍21
#seminar

Bugun, 5-iyun kuni Andijon davlat universitetida Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Andijon viloyati tashkiloti hamkorligida talabalar o'rtasida ezgulik, mehr-muruvvat, xayriya va saxovat kabi g'oyalarni mustahkamlash maqsadida "Xalqaro inson huquqlarini himoya qilish" mavzusida seminar mashg'uloti o'tkazildi.

Seminarda soha mutaxassislari tomonidan aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va birinchi yordam ko'rsatish asoslariga tayyorlash, aholining tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, xayriya, muruvvat va saxovat yordamlarini ko'rsatish, xalqaro insonparvarlik huquqlarini targ'ib qilish va oilalarni birlashtirish bo'yicha amaliy va nazariy tushunchalar berildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2👍2🤔1
Forwarded from Edu.uz
#strategiya #seminar #davlat_dasturi_ijrosi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi ahamiyati, ularda sohaga oid belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi


12-iyul kuni Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi va 2024-yilga mo‘ljallangan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi mazmun-mohiyati, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan muloqot, muhokama-munosabat shaklida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Senati a’zolari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, tizim tashkilotlari, oliy ta’lim muassasalari mutasaddilari va rahbar xodimlari, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati mas’ullari ishtirok etdi.

Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/16263

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube
👍5❤‍🔥1
Forwarded from Edu.uz
#seminar_trening

Seminar-trening: Orol dengizi masalalari va BMT barqaror taraqqiyot mexanizmlari

Joriy yilning 1-2-noyabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda “Green University” bilan hamkorlikda “Hozirgi kunda Orol dengizining qurigan tubida amalga oshirilayotgan ishlar” hamda “BMT barqaror taraqqiyot maqsadlari va ularni amalga oshirish mexanizmlari” mavzularida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda 35 ta oliy taʼlim muassasalari rektorlari va tegishli kafedra mudirlari ishtirok etdi. Unda zamonaviy ekologik muammolar, innovatsion yondashuvlar va ta’lim jarayonlarida ekologik jihatlarni inobatga olish masalalari muhokama qilindi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍81❤‍🔥1
Forwarded from Edu.uz
#seminar #giyohvandlik #profilaktika

O‘quv
seminar bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlaydi 

21-noyabr kuni Poytaxtimizda Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan profilaktika (katta) inspektorlari hamda “Qalqon” jamoasi a’zolari uchun uch kunlik o‘quv-amaliy seminar o‘z ishini boshladi. 

Tadbir orqali ishtirokchilarning kelgusida talaba-yoshlar uchun giyohvandlik bilan bog‘liq yangi tahdidlarning oldini olish, barcha hamkor tashkilotlar bilan birga tizimli profilaktik tadbirlarni o‘tkazish choralarini ko‘rish bo‘yicha malakalarini oshirish, ular bilan tajriba almashish hamda zarur tavsiya va ma’lumotlarni ulashish maqsad qilingan. 

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28258

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Oʻzbekiston Respublikasi Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, Ichki ishlar hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirliklari hamkorligida oʻquv seminari o'tkazildi.

👉@adu_uz
👍2❤‍🔥1
#seminar

Bugun poytaxtimizda, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi hamda Jahon Bojxona Tashkilotining Konteynerda tashuvlar ustidan nazorat Global dasturi doirasi navbatidagi mintaqaviy seminar boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbir tashqi savdo yuklari boʻyicha oldindan maʼlumotlar almashinuvi va qonuniy savdoni soddalashtirish masalalariga bagʻishlangan boʻlib, unda Prezident Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, Ozarbayjon, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Oʻzbekiston bojxona xodimlari, shuningdek, BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi, Jaxon Bojxona Tashkiloti va donor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

👉🏻@adu_uz
👍2❤‍🔥1
Forwarded from Edu.uz
#ish_yuritish #seminar_trening

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari xodimlari uchun iqtisodiy oʻqish tashkil etildi


“Vazirlikda ish yuritish va ichki hujjatlar bilan ishlash yoʻriqnomasi hamda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish” mavzusida tashkil erilgan anjuman Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev raisligida o'tdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/44161

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍5❤‍🔥2
🟦🟦🟦

👨‍🏫 Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi seminar-trening o‘tkazildi

Bugun, 18-iyun kuni Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi hamda universitet psixologi boshchiligida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari uchun o'quvchi va talaba-qizlarga nisbatan tazyiq o'tkazish va zo'ravonlik sodir etish holatlarini oldini olishga qaratilgan seminar-trening mashg‘uloti o'tkazildi.

Seminar davomida mas'ullar ishtirokchilarga psixologik tazyiq va zo‘ravonlikning turlari, ularning oqibatlari hamda zo‘ravonlikka uchragan shaxslarga qanday yordam ko‘rsatish kerakligi haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, bunday holatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik choralarga ham alohida e’tibor qaratildi.

Seminarda mavzuga oid real hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berilib, qizlarga o‘z huquqlarini bilish va himoya qilish mexanizmlari haqida to‘liq tushuncha berildi. Shuningdek, trening davomida interaktiv savol-javoblar, muhokamalar va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi #seminar

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4😁2❤‍🔥1
🟦🟦🟦

👨‍🏫 Xotin‑qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari uchun tazyiq, zo‘ravonlik va stressga qarshi profilaktika seminar‑treningi o'tkazildi

Bugun, 19-iyun kuni Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi hamda universitet psixologlari boshchiligida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari uchun o'quvchi va talaba-qizlarga nisbatan tazyiq o'tkazish va zo'ravonlik sodir etish holatlarini oldini olish, ruhiy salomatlikni mustahkamlash, stressga chidamlilik va yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan seminar-trening mashg‘uloti bo'lib o'tdi.

Seminarda mutaxassislar tomonidan o‘quvchi va talaba-qizlarga qarshi tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini erta aniqlash, qayd etish va oldini olish bo‘yicha xalqaro va milliy me’yoriy hujjatlar bo'yicha batafsil ma'lumotlar berilib, psixologik yordam ko‘rsatish metodikalari, stressni boshqarish va krizis vaziyatlarda "faol tinglash" usullari yuzasidan interaktiv mashg‘ulotlar olib borildi.

Mazkur mashg‘ulot xotin-qizlarning huquqiy xabardorligi va ijtimoiy faolligini oshirish, zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni shaxsiy va jamiyat darajasida mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilarning bu boradagi mas’uliyatini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Seminar yakunida ushbu yo‘nalishda faol ishtirok etgan bir guruh professor-o‘qituvchilarning mehnati e’tirof etilib, ularga gul taqdim etildi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi #seminar

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍62❤‍🔥1😁1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi: maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlar uchun ijtimoiy faollikni oshirishga bag‘ishlangan tashabbuslar davom etmoqda

Andijon davlat universitetining Iqtisodiyot, Axborot texnologiyalari, Fizika, O'zbek adabiyotshunosligi, Zoologiya va kimyo, jahon tarixi Miliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi hamda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan reja-grafik asosida Xonobod shahri, Qo'rg'ontepa va Jalaquduq tumanlaridagi umumta’lim maktablarida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazdilar.

Tashabbus davomida professor-o'qituvchilar tomonidan har bir maktabda interfaol darslar va kreativ loyihalar orqali ekologiya, sog‘lom turmush tarzi, huquqiy madaniyat kabi ijtimoiy muhim mavzularda suhbatlar, savol-javob sessiyalari tashkil etilib, yoshlar ijodini rag‘batlantirish uchun musobaqalar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilib, ishtirokchilarning darsdan tashqari qiziqishlari va salohiyati aniqlanishi ta’minlandi.

Mazkur tashabbus “Dolzarb  90 kunlik” loyihasi doirasida yoshlarning rivojlanishi va ijtimoiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qildi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi #seminar

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6❤‍🔥1👏1🏆1
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

“Dolzarb 90 kun”: Talabalar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik musobaqasi o‘tkazildi


Bugun, 20-iyun kuni Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Harbiy garnizon va Milliy gvardiya boshqarmasi bilan hamkorlikda "Yosh qutqaruvchilar" shiori ostida talabalar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik musobaqasining universitet bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilar “Arqon tortish”, “Yugurish estafetasi” va “Maxsus kiyim kiyish” va "Daryo ustidan arqonda yurish" kabi to'rtta yo‘nalish bo‘yicha o‘zaro bellashib, jismoniy tayyorgarlik, jamoaviy harakat, chaqqonlik va liderlik kabi ko‘nikmalarini namoyon etdilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra quyidagi jamoalar faxrli o‘rinlarni egalladi:

🥇-o‘rinni - Sport va san'at fakulteti jamoasi;
🥈-o‘rinni - Tarix fakulteti jamoasi;
🥉-o‘rinni - Matematika va mexanika fakulteti jamoasi egalladi.

Mazkur musobaqa yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularda Vatanga sadoqat, fidoyilik va fuqarolik mas’uliyati kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qildi.

#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi #seminar

✴️ Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇
Veb-sayt 🌐 Telegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram 🌐YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4❤‍🔥1👍1👏1
Forwarded from Edu.uz
Namangan davlat texnika universitetida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun respublika o‘quv seminari boshlandi

Tadbir avvalida ishtirokchilar universitetda tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Seminarning ochilishida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov va Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64395

#Ilmfan #Seminar #OliyTaʼlim

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
2❤‍🔥2🔥1