Adu.uz | Rasmiy kanali
13.9K subscribers
35.7K photos
3.88K videos
748 files
17.5K links
✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/adu.uzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz

©️ Andijon davlat universiteti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adu_uz_bot
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#forum #ilmfan #innovatsiya

24-aprel kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Clarivate” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasida “Pivot-RP” resurslariga milliy obuna” mavzusida forum o‘tkazildi.

Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasi infratuzilmasini shakllantirish hamda uning samarali faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ochib berdi.

Tadbir davomida olimlar va tadqiqotchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar, olimlar tomonidan olib borilayotgan ilmiy loyihalar, stajirovka hamda ilmiy faoliyat koʻrsatkichlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, “Clarivate” kompaniyasi vakillari tomonidan “Pivot-RP” xalqaro  ma’lumotlar bazasi tanishtirilib, dunyo bo‘ylab yuzlab universitetlar va tadqiqot tashkilotlari olimlari ushbu manbadan o‘z tadqiqotlari uchun mos grantlar va mablag‘larni topish imkoniyatiga ega bo‘layotgani qayd etildi.

Batafsil
👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | X | YouTube
👍21
Forwarded from Edu.uz
#xizmat_safari #ilmfan

Vazir oʻrinbosari Andijondagi rektorlar, prorektorlar hamda doktorantlar bilan uchrashdi


27-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov amaliy xizmat safari yuzasidan Andijon viloyatida boʻldi.


Dastlab, O.Mahkamov Andijon davlat universitetida viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarining 200 nafarga yaqin tayanch doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Shuningdek, vazir oʻrinbosari universitetning qayta tiklanuvchi energiya manbalari laboratoriyasida boʻlib, bu yerda ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilarning yangi innovatsion ishlanmalari bilan tanishdi.

Bundan tashqari, Andijon mashinasozlik institutida O.Mahkamov ishtirokida viloyatdagi davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining rektorlari hamda prorektorlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28755

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍8❤‍🔥1🔥1
Forwarded from Edu.uz
Namangan davlat texnika universitetida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar uchun respublika o‘quv seminari boshlandi

Tadbir avvalida ishtirokchilar universitetda tashkil etilgan ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Seminarning ochilishida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Mamatkarimov va Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Otabek Bozorov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga muvaffaqiyat tiladilar.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/64395

#Ilmfan #Seminar #OliyTaʼlim

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
2❤‍🔥2🔥1