Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.12K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vazir_axborot_berdi

4-fevral kuni, Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida adliya vaziri Ruslanbek Davletov “Norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyotining holati” bo‘yicha axborot berdi.

Unda ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda 1991-yildan 2016-yilga qadar 21 mingta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan bo‘lsa, oxirgi 5 yilda 8 mingta hujjat qabul qilingan.

Ushbu holatga Adliya vaziri "albatta, har bir islohotning huquqiy asosi bo‘lishi lozimligi nuqtayi nazaridan qabul qilinayotgan hujjatlar soni ortib bormoqda. Bu global jarayon va butun dunyoda normativ hujjatlar qabul qilinishi keskin ortgan.

Masalan,
“Thompson Reuters” xalqaro tadqiqot markazi ma’lumotiga ko‘ra dunyoda 2008-yildan 2015-yilga qadar normativ o‘zgarishlar sonining ortishi +492 % ga teng bo‘lgan" deya izoh bildirdi.

Batafsil 👆videoda

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#vazir_axborot_berdi

Adliya vaziri: Huquqshunos sifatidagi asosiy vazifalarimizdan biri bu normativ hujjatlarni tizimlashtirish

"Bu borada ma’lum ishlarni qilayapmiz. Oxirgi 3 yil ichida o‘z ahamiyatini yo‘qotgan 4000 ta hujjatni bekor qildik. Buning ichida 900 ta Prezident farmonlari va qarorlari, 1800 ta Hukumat qarorlari va 500 dan ortiq idoraviy hujjatlar bor.

2020-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha idoraviy hujjatlarni qabul qilishga morotoriy e’lon qilindi. Natijada 2019-yildan 2022-yilning 1-yanvariga qadar amaldagi yaxlit idoraviy hujjatlar soni 1500 tadan 1164 taga yoki 22,4 % ga qisqartirildi.

Adliya vaziri R. Davletovning Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisidagi nutqidan

Batafsil 👆videoda

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#vazir_axborot_berdi

Yana bir muhim jarayon — kodifikatsiyalash

▫️Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeks;
▫️Tadbirkorlik kodeksi;
▫️Fuqarolik kodeksining yangi tahriri loyihalari ishlab chiqildi.

Ma'lumot uchun: Tadbirkorlik kodeksi loyihasi ishlab chiqishida ushbu sohani tartibga soluvchi yaxlit 10 ta qonun va 10 dan ortiq qonunosti hujjatlari birlashtirildi.

Batafsil 👆videoda

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#vazir_axborot_berdi

Adliya vaziri: vazirlikka huquqiy ekspertiza uchun yuborilgan loyihalarning 28% maqsadga muvofiq bo'lmaganligi uchun qaytarilgan

"Vazirlik tomonidan 2021-yilda jami 171 ta loyiha ishlab chiqilgan va Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Shundan, 52 tasi qonun, 38 tasi Prezident hujjatlari va 80 tasi Hukumat qarorlari loyihalaridir.

2021-yilda vazirlikka ekspertizadan oʻtkazish uchun jami ikki yarim mingdan ortiq (2 554 ta) normativ-huquqiy hujjat loyihalari kelib tushgan (2020-yilda. 2 478ta), ulardan 2 246 tasi (88 foiz) huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan, 308 tasi esa (12 foiz) Reglamentga muvofiq qaytarilgan;
Huquqiy ekspretizadan oʻtkazilgan loyihalarning 1 606 tasiga (72 foizi) ijobiy, 640 tasiga (28 foizi) maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa berilgan
".

Adliya vaziri R. Davletovning Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisidagi axborotidan

Batafsil 👆videoda

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#vazir_axborot_berdi

Yuristlar malakasini oshirish
▫️2021-yil davomida 245 ta malaka oshirish guruhlari uchun o‘qishlar tashkil etilib, ularda 5 845 nafar tinglovchilar malakasini oshirish kurslarida o‘qitildi.
▫️83 ta qisqa muddatli manzilli o‘quv kursi tashkil etilib, ularda 2 469 nafar tinglovchi o‘qitildi.
▫️Yuridik xizmat xodimlarining malakasini oshirish kurslarining 99 ta elektron-o‘quv kontentlari qayta ishlab chiqilib, masofaviy ta'lim platformasiga joylashtirildi.

Adliya vaziri R. Davletovning Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisidagi axborotidan

Batafsil 👆videoda

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#vazir_axborot_berdi

Mahalliy davlat organlarining norma ijodkorligi
▫️2021-yilda mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun 1 810 ta hujjat loyihalari adliya organlariga kiritilgan.
▫️4 343 umummajburiy tusdagi hokim qarorlari “Tartibga solish gilotinasi” usilini qo‘llagan holda bekor qilindi.
▫️“E-qaror” elektron tizimi joriy etildi. Tuman (shahar) darajasida 39 tadan va viloyat darajasida 59 tadan jami 11 000 dan ortiq davlat tashkilotlari “E-qaror” elektron tizimiga ulanishi ta'minlandi.

Adliya vaziri R. Davletovning Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisidagi axborotidan

Batafsil 👆videoda

@adliyangiliklari
#vazir_axborot_berdi

Adliya vaziri: 2021-yilning dastlabki 6 oyligi bo'yicha baholash natijalariga koʻra, 14 ta hududdan birortasi “namunali” deb topilmadi

" vazirlik tomonidan har yarim yillikda “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi orqali hududlarning tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi baholab kelinmoqda.

Baholash ishlari 21 ta yoʻnalish boʻyicha vakolatli organlarning taqdim etgan maʼlumotlari va tadbirkorlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov asosida amalga oshirildi.

2021-yilning dastlabki 6 oyligini baholash natijalariga koʻra, 14 ta hududdan birortasi “namunali” deb topilmadi.

Andijon, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari esa, eng past natijani koʻrsatdi".

R. Davletovning Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisidagi axborotidan

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#vazir_axborot_berdi

Adliya vaziri: hokimliklarda jami 37,8 mingta majlislarning qariyb 89 % da OAV vakillari ishtiroki taʼminlanmagan

Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash boʻyicha “Huquq ustuvorligi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirildi.

Mazkur tizim orqali hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash 7 ta asosiy yoʻnalish va 32 ta indikatorlar asosida 60 ga yaqin davlat organlari va idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, ayrim fuqarolik jamiyatining institutlari tomonidan shakllantirilgan 85 mingdan ortiq statistik maʼlumotlar, 23,5 ming nafar aholi, tadbirkorlar hamda ekspertlar oʻrtasida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlarning natijalari tahlil qilindi.

2020-yilda hokimliklarda jami 37,8 mingta majlislarning qariyb 89%da OAV vakillari ishtiroki taʼminlanmagan, jurnalistlarning 66%i
hokimliklarning majlislari yetarlicha ochiq emasligini taʼkidlashgan".

Batafsil 👆videoda

@adliyangiliklari