Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.37K videos
32 files
5.11K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Tayinlov

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Saloxiddin Ulug‘bekovich Sattarov Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S. Sattarov 1980 yilda Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini, 2006 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2002 yilda Adliya vazirligi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish boshqarmasida katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirgi vaqtga qadar Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Saloxiddin Sattarovni ushbu tayinlov bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Akbar Djurabayevich Tashkulov Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-dekabrdagi 746-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti rektori etib tayinlandi

Akbar Tashkulov 1971-yilda Jizzax viloyati, Jizzax tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1994-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (kunduzgi) tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 1994-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Xalqaro-huquqiy boshqarmasining katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan. A. Tashkulov 2005—2013-yillarda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i, 2013—2017-yillarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-avgustdagi Farmoniga asosan A. Tashkulov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yurist” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan.

2017-yildan hozirgi vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Adliya vazirligi jamoasi Akbar Djurabayevichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
#Tayinlov

Aktam Zayniddinovich Muxammadiyev Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

A. Muxammadiyev 1977 yilda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1999-yilda Toshkent davlat yuridik instituti bakalavriat, 2001-yilda magistratura bosqichini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

A. Muxammadiev o‘z mehnat faoliyatini 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yetakchi maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlikning turli mas'ul lavozimlarida ishlagan.

2017-yildan bugungi kunga qadar Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Adliya vazirligi jamoasi Aktam Zayniddinovich Muxammadiyevni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va uning kelgusi ishlarida, mas'uliyatli lavozimlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Adliya vazirligi xodimi Prezident Administratsiyasida mas'ul lavozimga tayinlandi

Tulkin Rajabboyevich Ochilov
Prezident farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘basi bosh inspektori lavozimiga tayinlandi.

T. Ochilov 1977-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1998-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini, 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

T. Ochilov o‘z mehnat faoliyatini 1993-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qayta tuzish” loyihasini amalga oshirish agentligi monitoring bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimidan boshlagan, adliya organlaridagi mehnat faoliyatini 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i lavozimidan boshlagan, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2017-yildan hozirgi vaqtga qadar Buxoro viloyati adliya boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Adliya vazirligi jamoasi Tulkin Rajabboyevich Ochilovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Adliya vazirligi xodimi Prezident Administratsiyasida mas'ul lavozimga tayinlandi

Baxrillo G‘aybulloyevich Xasanov Prezident farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi adliya va sud organlari faoliyati masalalari bo‘yicha sho‘basi bosh inspektori lavozimiga tayinlandi.

B. Xasanov 1979-yilda Samarqand viloyati, Urgut tumani tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 2000-yilda Tashkent davlat yuridik instituti (kunduzgi), 2006-yili Tashkent davlat yuridik instituti, (magistratura, kunduzgi), 2012-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos, davlat va jamiyat qurilishi mutaxassisi.

B. Xasanov o‘z mehnat faoliyatini 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ma'muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2019-yildan hozirgi vaqtga qadar Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi Baxrillo G‘aybulloevich Xasanovni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘iga asosan vazirlik markaziy apparati tarkibida lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Adliya vazirining buyrug‘i bilan

▫️Anvar Islomovich Raxmatov Buxoro viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

▫️Otabek Shavkatjonovich Bozarov Andijon viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

▫️ Nodir Xudayberdiyevich Jumanyozov Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

▫️ Adxam Muratovich Turdiyev Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

▫️ Abdumutalib Karimovich Dadajonov Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Tayinlov

⚡️Adliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Tulkin Sayfullayevich Abdusattarov Prezident qaroriga muvofiq adliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

T. Abdusattarov 1978-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1999-yilda Samarqand davlat universitetini, 2003-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, 2007-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi falsafa va huquq instituti kichik ilmiy xodimi lavozimidan boshlagan. 2019-yil sentabr oyidan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi Tulkin Sayfullayevichga ushbu mas'uliyatli lavozimida muvaffaqiyat tilaydi.

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abdumannop Abduraxmatovich Buriyev Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

A. Buriyev 1986-yilda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 2010-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 2016-yilda O‘zbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash Oliy maktabini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2011-yilda Adliya vazirligi Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi lavozimidan boshlab, turli mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan hamda hozirga qadar Adliya vazirligi Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Abdumannop Buriyevni ushbu mas'uliyatli lavozim bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Akbar Toshqulov adliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#TAYINLOV

⚡️ Gaffarov Bahriddin Kuchimovich
– O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan, Surxondaryo viloyati yuridik texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

B.G‘affarov 1970-yil, 19-avgustda Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan.

B.G‘affarov shu kunga qadar, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | • Instagram | • Facebook
#Tayinlov

Adliya vazirligi markaziy apparatida tayinlovlar

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Adliya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Sherzod Mirjalilovich Rabiyev adliya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sh. Rabiyev 1984-yilda Sirdaryo viloyati Xovos shahrida tug‘ilgan, maʼlumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Sherzod Rabiyev shu kunga qadar Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Sh. Rabiyevni yangi lavozimga tayinlangani bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Maʼlumot uchun: adliya vaziri o‘rinbosarlari Aktam Muxammadiyev va To‘lqin Abdusattorov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi direktori tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Ulug‘bek Shuxratovich Tashxodjayev Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Tayinlov

O‘zarxiv agentligiga direktor tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Ulug‘bek Mirtalibovich Yusupov Adliya vazirligi huzuridagi O‘zarxiv agentligi direktorligiga tayinlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Azamat Hamraqulovich Aliyev O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan Toshkent shahar yuridik texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

A.Aliyev 1990-yil, 31-iyulda Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, huquqshunos, 2012-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

A.Aliyev shu kunga qadar Toshkent shahar yuridik texnikumi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Shomurod Zakirovich Sattarov O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrug'i bilan Toshkent viloyati yuridik texnikumi direktori lavozimiga tayinlandi.

Sh.Sattarov 1987-yil, 9-avgustda Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, huquqshunos, 2009-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Sh. Sattarov shu kunga qadar Toshkent shahar Chilonzor tumani adliya bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuriib kelayotgan edi.

@adliyangiliklari
#Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Sherzod Gayratovich Sadikov Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

“O‘zarxiv” agentligi jamoasi Sh.Sadikovni tayinlov bilan muborakbod etadi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
#Tayinlov

Adliya vazirligi boshqarma boshlig'i O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati mas'ul lavozimiga ishga o'tdi

Davron Toxirovich Allanazarov O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta'minlash departamenti Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sohasidagi islohotlar natijadorligini tahlil qilish bo'limi bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlandi.

Davron Allanazarov 1987-yil Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 2010-yil Toshkent davlat yuridik institutini, 2021-yil Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichini tamomlagan, huquqshunos.

2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Jinoiy, ma'muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi Davron Allanazarovni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan samimiy muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi


@adliyangiliklari
#Tayinlov

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i Prezident Adminstratsiyasi mas'ul lavozimiga ishga o'tdi

G'aybullo Sadulloyevich Primov O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi adliya va sud organlari faoliyati masalalari bo'yicha sho'basi bosh inspektori lavozimiga tayinlandi.

G'aybullo Sadulloyevich 1990-yil Navoiy viloyatining Navbahor tumanida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 2011-yil Namangan davlat universitetini tamomlagan, huquqshunos.

2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi G'aybullo Primovni ushbu tayinlov bilan samimiy qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi

@adliyangiliklari