Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.7K subscribers
16.4K photos
1.79K videos
34 files
6.48K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.02-24 «Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish» shaharsozlik normalari va qoidalari (hisob raqami 331, 27.01.2025-y.) hisobga olindi.

Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashga oid talablarni belgilaydi.

Xususan, qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirishda quyidagilar inobatga olinishi kerak:

nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda ularga xizmat koʻrsatuvchi markazlarni binolarning yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlariga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmasligi;

koʻchalardagi piyodalar yoʻlkalarida, yer osti va yer usti piyodalar oʻtish joylarining harakatlanish yoʻlaklarida, jamoat binolarida, koʻzi ojizlar uchun ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazlarida hamda taʼlim tashkilotlarining ichki va tashqi harakatlanish yoʻlaklarida, shuningdek zinalar va panduslar oldida ogohlantiruvchi va yoʻnaltiruvchi kontrast rangli maxsus taktil yoʻl qoplamalari yotqizilishi;

nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarning harakatlanish yoʻllarida toʻsiq boʻluvchi darchalar, aylanuvchi turniketlar va aylanma eshiklar kabi qurilmalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;

chorrahalar ovozli-aqlli svetoforlar, taktil qoplamalar, piyodalar oʻtish yoʻlagida boʻrttirilgan tasmalar (zebra), rezina panduslar, koʻcha modul toʻsiqlari, chorraha oʻrtasida xavfsizlik orolchasi hamda maxsus yoʻl belgilar boʻlishi;

piyodalar yoʻlkasi, trotuarlar va panduslarni qoplashda qoʻltiqtayoqli va oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning harakatlanishini qiyinlashtiradigan sochma va yirik tarkibli materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi, beton plitali qoplamalar tekis boʻlishi, plitalar orasidagi choklarning qalinligi 1,0 sm dan oshmasligi kabilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish uslubiyoti (roʻyxat raqami 3605, 2025 yil 7-fevral) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu nizom bilan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solish tartibi belgilandi.

Unga koʻra, tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi qonun hujjatlarining ijrosi ular kuchga kirgandan soʻng besh yil davomida, qonunosti hujjatlarining ijrosi esa ular kuchga kirgandan soʻng uch yil davomida majburiy ravishda har yili monitoringdan oʻtkaziladi.

Monitoring normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi oʻtkazilishiga bevosita masʼul etib belgilangan davlat organi tomonidan, masʼul organ belgilanmagan hollarda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda monitoring rejasi tayyorlanadi hamda u normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsadlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi va tegishli indikatorlar orqali oʻlchanadi.

Monitoring tegishli maʼlumotlarni yigʻish hamda monitoring natijalari boʻyicha hisobotni toʻldirish orqali amalga oshiriladi.

Monitoring natijalari quyidagicha baholanadi:
▫️86 – 100 foiz — yaxshi natija (tartibga solish maqsadlariga yuqori darajada erishilgan);
▫️71 – 85 foiz — qoniqarli natija (tartibga solish maqsadlariga sezilarli darajada erishilgan);
▫️1 – 70 foiz — qoniqarsiz natija (tartibga solish maqsadlariga lozim darajada erishilmagan).

Vazirlik va idoralar har yili 1-fevralga qadar oʻtkazilgan monitoring natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy ravishda oʻzlarining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi hamda tegishliligiga qarab “Ijro.gov.uz” va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimlari orqali Adliya vazirligiga taqdim etadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan “Fuqaro havo kemalariga roʻyxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari (AR-AIR-002) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3608, 19.02.2025 y.).

Ushbu qoidalarda fuqaro havo kemalariga roʻyxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish tartibi belgilangan.

Davlat tanish belgisi lotin alifbosining “UK” ikkita harfidan, roʻyxat belgisi besh arab raqamlaridan (masalan, UK 32001) tashkil topadi.


Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) veb-saytidagi “Davlat tanish belgilar, milliy gerblar va umumiy havo kemalar belgilari” roʻyxatida davlat tanish belgisi nazarda tutiladi.

Roʻyxat belgisining va davlat tanish belgisining oʻlchamlari


Har bir roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisi guruhidagi harflar va raqamlar bir xil balandlikka ega boʻlishi kerak.

Havodan yengil havo kemalaridagi qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 50 sm dan kam boʻlmasligi lozim.

Havodan ogʻir havo kemalarining qanotlaridagi qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 50 sm dan kam boʻlmasligi lozim.

Havodan ogʻir havo kemalarining fyuzelyajidagi hamda vertikal dum qanoti yuzasidagi (shu jumladan, vertolyot dum balkasidagi) qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 30 sm dan kam boʻlmasligi lozim.

Roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisini qayd etish uchun qoʻllaniladigan harflar lotin alifbosining bosh harflaridan, raqamlar esa, arab raqamlaridan tashkil topadi. Harf va raqamlar bir xil oʻlchamda, naqshlarsiz boʻlishi lozim.

Fuqaro havo kemasining tashqi konstruksiyasi elementlariga boshqa belgilar (ramzlar, yozuvlar, nishonlar) qayd etiladi.

Bunda, ushbu belgilar fuqaro havo kemasining tashqi yuzasiga roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisi koʻrinishini yomonlashtirmaydigan tarzda qayd etiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Avtoturargohlar” shaharsozlik normalari va qoidalari hisobga olindi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.05.07-24 “Avtoturargohlar” shaharsozlik normalari va qoidalari (hisob raqami 335, 24.02.2025-y.) hisobga olindi.

Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari aholi punktida joylashgan avtomobillar, mikroavtobuslar, mototransport va velotransportlar avtoturargohlarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.

Xususan, avtoturargohlarni loyihalashtirishda quyidagilar inobatga olinishi kerak:

nogironligi boʻlgan shaxslar uchun avtomobillarni saqlash joylarini yer usti avtoturargohlarining birinchi qavatiga, yer osti avtoturargohlarining yuqoridan birinchi qavatiga “Nogironlar” yoʻl belgilari oʻrnatish orqali joylashtirish;

avtoturargohlarda ularga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun xizmat xonalari (nazorat va kassa punktlari, sanitariya uzellari nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan xonalar), muhandislik-texnik taʼminoti tarmoqlari, yoʻlovchi liftlari, yuvish joylari, avtomobillar shinalarini saqlash xonalarini loyihalash;

koʻp qavatli avtoturargohlarda avtomobillar harakatlanishi uchun panduslar, qavatlararo qiya yopmalar, maxsus avtomobil liftlari yoki mexanizatsiyalashgan qurilmalar boʻlishi;

avtoturargohlar ikki va undan ortiq qavatda joylashtirilganda, yongʻin vaqtida havo bosimi beriladigan shaxtalarga kamida ikkita yuk liftini oʻrnatish zarurligi;

yopiq turdagi avtoturargohlardagi elektromobillar va gibrid avtomobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari bilan jihozlangan avtomobil-oʻrinlarni oʻz ichiga olgan xonaning bir qismi 1200 m2 dan oshmaydigan alohida yongʻinga qarshi seksiyaga ajratilishi;

elektromobillar va gibrid avtomobillarni quvvatlantirish stansiyalari oʻrnatilgan avtomobil-oʻrinlariga ega yopiq avtoturargohlar, maydonidan qatʼi nazar avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlanishi;

koʻp kvartirali uylarda uyning birinchi qavatida kvartiralar joylashgan holda uyning birinchi qavati bilan yer osti avtoturargohini noturar qavat yoki texnik qavat bilan ajratilishi;

avtoturargohlar turidan, sigʻimi va foydalanish sharoitidan kelib chiqib (elektr taʼminoti, elektr yoritish, avariya (evakuatsiya) rejimidagi yoritish, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqazib yuborish, isitish, ventilyatsiya, avtomatik yongʻin oʻchirish signalizatsiyasi, video kuzatuv) muhandislik tizimlari va jihozlari bilan taʼminlanishi kabilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Anderrayting faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3610, 2025 yil 28-fevral) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu Nizom bilan qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyatini amalga oshirish tartibi, shuningdek qimmatli qogʻozlarni chiqarish va (yoki) joylashtirishda emitent va anderrayter oʻrtasidagi munosabatlarning asoslari belgilandi.

Unga koʻra, anderrayting faoliyati investitsiya vositachilari va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda, anderrayting faoliyatini amalga oshirish uchun:
investitsiya vositachilari qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan berilgan investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga;
tijorat banklari esa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlishi lozim.

Emitent va anderrayter oʻrtasidagi qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonidagi oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasida tuzilgan anderrayting xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma bilan belgilanadi.

Qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda ehtimoliy zarar koʻrish tavakkalchiligini taqsimlash maqsadida anderrayterlarning vaqtinchalik birlashmasi tashkil etilishi mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📣 Ayrim davlat xizmatlari xususiy sektorga oʻtkaziladi

Davlat xizmatlarini soddalashtirish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida 2025-yil 1-iyuldan 11 ta davlat xizmatlari xususiy sektorga oʻtkazilmoqda. Bu esa xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.

✔️Jamoat birlashmalari yoki uyushmalar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar:
Rieltorlarning malaka imtihonlarini oʻtkazish va ularga malaka sertifikati berish;
Baholovchilarning malaka imtihonlarini oʻtkazish va ularga malaka sertifikati berish;
Sud boshqaruvchisi malaka attestatsiyasini berish;
Baholovchilarga toifalar berish;
Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga malaka sertifikatini berish;
Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish.

✔️Akkreditatsiyadan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar:
Hisoblagichlarni qiyoslashdan oʻtkazish;
Karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya);
Kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish jarayonini nazorat qilish;
Yakka tartibdagi uy-joylarning qurilishi hamda rekonstruksiya qilish ishlarini nazoratdan oʻtkazish;
“M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini sertifikatlash.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi
PQ-78-son qarori.

❗️Davlat xizmatlari borgan sari qulay va yaqin boʻlishi uchun islohotlar davom etadi!


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Seriyali obligatsiyalarni chiqarish hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000-11, 2025-yil 11-mart) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu hujjat bilan Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, korporativ obligatsiyalar emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi oʻz kapitali miqdori doirasida chiqarilishi mumkinligi haqidagi talab ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyalariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi.

Shuningdek, korporativ obligatsiyalar oʻz kapitali miqdori doirasidan yuqori boʻlgan taqdirda, emitent ortiqcha boʻlgan summaga garov xati hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining banklarga nisbatan talab qilish huquqini taʼminot sifatida taqdim etishi mumkinligi belgilandi.

Bundan tashqari, emitent tomonidan seriyali obligatsiya dasturi asosida seriyali obligatsiyalarni chiqarish hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilandi.

Bunda, obligatsiya dasturida:
emitentning vakolatli boshqaruv organi tomonidan obligatsiya dasturi boʻyicha qabul qilingan qaror;
obligatsiya dasturi doirasidagi obligatsiyalarning turi va soni, ularni chiqarish shakli, nominal qiymati va umumiy hajmi;
obligatsiya dasturining amal qilish muddati (ikki yildan oshmasligi lozim);
obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalar egalarining huquqlari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati (roʻyxat raqami 3611, 2025-yil 12-mart) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Xususan, mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatda roʻyxatidan oʻtkazilmasdan majburiy sertifikatlashtirish sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan 34 ta dori vositalari hamda 117 ta tibbiy buyumlar roʻyxati koʻrsatib oʻtilgan.

Maʼlumot uchun: Davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan, majburiy sertifikatlash sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat beriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan analoglari mavjud boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar roʻyxati (roʻyxat raqami 3440, 2023-yil 5-iyun) 2025-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining yigʻilishlarida masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish tartibi belgilandi

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha namunaviy uslubiyot (ro‘yxat raqami 3620, 2025-yil 25-aprel) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Ushbu Uslubiyot bilan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish, unda foydalaniladigan tadqiqot usullari hamda ilmiy ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosani tuzish va rasmiylashtirish tartibi belgilandi.

Unga ko‘ra, ilmiy ekspertiza Adliya vazirligi tomonidan loyihalarni ilmiy ekspertizani o‘tkazuvchi tashkilotlarning elektron reyestriga kiritilgan davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.

Ilmiy ekspertiza qiyosiy-huquqiy tahlil, lingvistik tahlil, tarixiy tahlil, modellashtirish va vaziyatli tahlil, intervyu olish, “aqliy hujum”, davra suhbati va so‘rovnoma o‘tkazish kabi tadqiqot usullaridan foydalangan holda o‘tkaziladi.

Ilmiy ekspertiza natijalariga ko‘ra normativ-huquqiy hujjat loyihasi ilmiy asoslanganligi, yetarli darajada ilmiy asoslanmaganligi yoki ilmiy asoslanmaganligi to‘g‘risidagi xulosalardan biri beriladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish choralari kuchaytiriladi.


📌O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3625, 2025-yil 27-may) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.


☄️Ushbu hujjat bilan Qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrangni oldini olish qoidalari tasdiqlandi.

🔹Unga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzishda qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va ularning xodimlariga qo‘yiladigan talablar, qimmatli qog‘ozlar bozorida taqiqlangan harakatlar, qimmatli qog‘ozlar bozorida hiyla-nayrang ishlatilishining oldini olishga doir majburiyatlar hamda qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qilishga doir talablar belgilandi.


🔶Jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilariga yolg‘on (chalg‘ituvchi) vaziyatlar yaratish, shu jumladan quyidagilar:
▪️mulkdorning o‘zgarishiga olib kelmaydigan bitimni amalga oshirish;
▪️yolg‘on yoki boshqa bozor ishtirokchilarini chalg‘itadigan har qanday ma’lumotlarni berish va tarqatish;
▪️qimmatli qog‘ozlar narxlarini sun’iy ravishda oshirishga yoki pasaytirishga, soxta yoki chalg‘ituvchi faol savdo taassurotini uyg‘otishga qaratilgan harakatlarni sodir etish taqiqlanadi.

⚠️Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari hiyla-nayrang alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, bu haqda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organini bitim ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch kun ichida xabardor qilishi shart.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Transport vositalari qiymatini baholashga oid yangi standart tasdiqlandi

🗓 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining “O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug'i (ro‘yxat raqami 3487-2, 2025-yil 5-iyun) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📄 Hujjat bilan 15-son “Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti va unga oid metodika tasdiqlandi.

🔹 Ushbu standart asosida transport vositalarining qiymatini baholash va ularga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlashga doir talablar belgilandi.

🔹Shuning, quyidagilar baholanadi:
• yengil avtomobillar,
• yuk avtomobillari,
• avtobuslar,
• tirkamalar va yarim tirkamalar,
• maxsus texnikalar,
• qishloq xo‘jaligi va yo‘l-qurilish texnikalari,
• mototexnika (moped, skuter va boshqalar),
• velosipedlar.

📊 Baholash uslublari:
▪️ Qiyosiy yondashuv – o‘xshash transport vositalari qiymati bilan solishtirish orqali;
▪️ Daromad yondashuvi – tijorat maqsadlarida foydalanilayotgan vositalar bo‘yicha kelajakdagi daromadlar asosida;
▪️ Xarajat yondashuvi – tiklash yoki almashtirish xarajatlari asosida, eskirish darajasini inobatga olgan holda.

🚗 Shuningdek, ushbu standartda shikastlangan transport vositalari qiymatini aniqlash va zarar miqdorini hisoblash tartibi ham belgilab berilgan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📌 Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3603, 2025-yil 17-iyun) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

🔹Yoʻriqnomada hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha komissiyani shakllantirish va qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish tartibiga oid qoidalar belgilanmoqda.

🔹Hujjatli qimmatli qogʻozlar yoʻq qilish koʻzda tutilgan sanadan bir oy oldin emitent qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini xabardor qiladi.

🔹Hujjatli qimmatli qogʻozlar yoqib yuborish yoki ularni jismoniy maydalash yoʻli bilan yoʻq qilinadi.

🔹Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish emitent tomonidan tashkil etiladigan kamida besh kishidan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

🔹Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi, Markaziy depozitariy hamda emitentda saqlash uchun uch nusxada tuziladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📣 Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish tartibi tasdiqlandi


Adliya vazirligi tomonidan “Dеpozitar opеratsiyalar hisobini yuritish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3628, 2025-yil 16-iyun).

📌 Hujjat bilan qiymatli qog‘ozlarni hisobga olish, ularni saqlash va huquqlarni qayd etish bo‘yicha yagona tartib o‘rnatildi.

🔹 Endilikda hujjatsiz shakldagi qiymatli qog‘ozlar Markaziy depozitariyda saqlanadi;

🔹 Depozitar shartnoma asosida qiymatli qog‘ozlar egalarining huquqlari hisobga olinadi;

🔹 Depo hisobvaraqlari turlari va operatsiyalar yuritish tartibi belgilab berildi.

📥 Bu tartib “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ va hisob tashkilotlari (banklar, investitsiya vositachilari) tomonidan amalga oshiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining “Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3635, 2025-yil 1-iyul) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

🔹Ushbu hujjatda kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini har besh yilda bir marta navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari ixtiyoriy attestatsiyadan o‘tkazish orqali ularga birinchi va ikkinchi malaka toifalarini berish tartibi belgilangan.

🔹Bunda, ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish ikki bosqichda amalga oshiriladi hamda ikkita bosqich bo‘yicha umumiy 100 ballik tizimda baholanadi. Xususan:

▪️birinchi bosqichda – ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining pedagogik mahorati
va psixologik tayyorgarligi baholanadi (20 ballik);
▪️ikkinchi bosqichda – ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining nazariy va amaliy koʻnikmalari baholanadi (80 ballik).

🔹Shu bilan birga, quyidagi ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan bir pog‘onaga oshiriladi:
O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari;
“Ustoz” milliy mukofoti g‘oliblari;
Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan kasbiy ta’lim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalari;
Respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalari.

🔹Bundan tashqari, ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining ro‘yxati belgilangan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan iqtisodiyot va moliya vazirining “Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3634, 2025 yil 1-iyul) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

🔹Unga koʻra, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona imtiyozlarini aniqlash maqsadida dastlabki qarorni olish uchun oʻz xohishiga koʻra bojxona organiga murojaat qilishi mumkin.

🔹Ariza bojxona organiga kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida koʻrib chiqiladi, shuningdek, uni koʻrib chiqish muddati bir oygacha uzaytirilishi mumkin.

🔹Arizada koʻrsatilgan tovarlarning turlari va hajmidan qatʼi nazar, bitta ariza boʻyicha bitta dastlabki qaror qabul qilinadi.

🔹Dastlabki qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil davomida yoxud qonunchilik hujjatlarida berilgan bojxona imtiyozlarining amal qilish muddati doirasida amal qiladi.

🔹Dastlabki qaror asosida Oʻzbekiston Respublikasining istalgan bojxona postida bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 427-son qarori bilan intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha quyidagi ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi:

▪️Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
▪️Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
▪️Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.

🔹Ushbu ma’muriy reglamentlar bilan intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalar bo‘yicha arizalar hamda integral mikrosxemalar topologiyalari va tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha talabnomalar topshirish qoidalari, ularni ko‘rib chiqish tartibi hamda muddatlari belgilanmoqda.

🔸Shuningdek, tegishli hujjatlarni Adliya vazirligining im.adliya.uz maxsus axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali elektron shaklda yuborish imkoniyati yaratilmoqda. Bunda, ariza berilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar ham elektron shaklda amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

🔹Shu bilan birga, intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarning asl nusxalarini taqdim etish talabi ham bekor qilinmoqda.

🔸Buning natijasida, aholi uchun respublikaning barcha hududlaridan, jumladan olis bo‘lgan hududlardan ham onlayn tarzda talabnoma topshirish imkoniyati yaratiladi hamda ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilishiga erishiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmon imzolandi. Ushbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Natijada Administratsiya va uning tarkibidagi tashkilotlarda 284 ta shtat qisqartirildi, takrorlanuvchi lavozimlar optimallashtirildi.

Farmonga asosan, endilikda Prezident Administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi. Bular — ta’lim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir. Ushbu yo‘nalishlarda islohotlarni samarali amalga oshirish maqsadida Prezident Administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi.

Bundan tashqari, Prezidentning strategik rivojlanish, tashqi siyosat bo‘yicha yangi maslahatchi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlashtirish va sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantirish, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni tashkillashtirish, yig‘ilish va hududlarga tashriflar uchun tahliliy kontent tayyorlash bo‘yicha, shuningdek, kommunikatsiya departamentlari tashkil etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Prezident Administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarning tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.

Muhim yo‘nalishlar loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi. Administratsiya faoliyatida "komplayens" tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash va korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.

Ayrim yo‘nalishlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi. Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda.

Davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshirilmoqda. Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Farmon bilan vazirlik va idoralarning qaror qabul qilishdagi mustaqilligi oshiriladi. Bu bilan bog‘liq byurokratik jarayonlar qisqaradi, ular proaktiv faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar kengaytiriladi.

Hukumat qarorlari, idoraviy hujjatlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari hujjatlari bilan tartibga solinadigan masalalar ro‘yxati belgilanadi.

Endilikda idoralar o‘zlariga tegishli sohani mustaqil tartibga solish vakolati doirasida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qila oladi.

Idoraviy hujjatlarni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda qayta ishlash (tahrirlash) imkoniyati yaratiladi. Idoraviy hujjatlarni xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida ularga huquqiy normalarni kiritishga ruxsat etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot