#Adliyaga_savol
❓Assalomu alaykum, davlat xizmatlari markaziga kimlar ishga olinadi: oliy ma'lumotli har qanday shaxsmi yoki o'rta maxsus ma'lumotli mutaxassislar ham ishga kirishi mumkinmi?
— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq, xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida belgilangan har bir lavozim va kasb bo‘yicha ta'lim va malaka darajasiga qo‘yiladigan talablar malaka darajalariga erishish sxemasiga muvofiq tegishli lavozim (kasb)ning malaka darajasidan kelib chiqqan holda ish beruvchilar tomonidan mustaqil belgilanadi.
Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarida mavjud lavozimlarga quyiladigan malaka talablari quyidagicha belgilangan. Jumladan,
▪️ bo‘lim boshlig‘i, servis-menejer va mutaxassislari lavozimiga qoida tariqasida huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘icha oliy ma'lumotga ega bo‘lishi;
▪️ hisoblash texnikasi operatori lavozimiga axborot texnologiyalari bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma'lumotga ega bo‘lishi;
▪️aloqa operatori lavozimiga oliy yoki o‘rta-maxsus ma'lumotga ega bo‘lishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, adliya tizimiga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar vazirlikning vacancy.adliya.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, bo‘sh vakant lavozimlar bo‘yicha berilgan e'longa asosan tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
@adliyangiliklari