Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.37K videos
32 files
5.11K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O‘zbekistonda tartibga solish siyosati: yutuqlar va rivojlanish istiqbollari

Bugun, 21-iyun kuni Adliya vazirligi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda tartibga solish siyosati: yutuqlar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri: fuqarolar hamda biznes vakillari qaror qabul qiluvchilardan ochiq, shaffof va dalillarga asoslangan qonunchilikni talab etmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Matbuot_anjumani

⚡️Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga oid davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi yangiliklar

Ayni daqiqalarda AOKAda Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Isomiddin Latipov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Adham Baratov ishtirokida shu mavzuda matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin:

📹 Jonli efir

@aiyangiliklari
#Adliya_hudud

Ommaviy qabulda huquqiy muammolar yechim topmoqda

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, hududlarda yechimini kutayotgan masalalarni “mahallabay” o‘rgangan holda joyida va tezkor hal etish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ham fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tinglamoqda.

Xususan, ayni paytda Ishtixon tumanida davom etayotgan ommaviy qabullarda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Jahongir Zohidov qatnashmoqda. Qabulda fuqarolardan huquqiy mazmundagi 20 ga yaqin murojaat qabul qilinib, 30 nafardan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Avval xabar berganimizdek, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni yaxshilash va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida xalqaro ekspertlar tashrifi davom etmoqda.

Ayni damda Davlat xizmatlarini ko’rsatish tizimida samarali boshqaruv va amaldagi qonunchilik hujjatlariga oid tavsiyalarni takomillashtirish, xususiy sektorda zamonaviy jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar mavzulariga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tmoqda.

Davra suhbatida davlat xizmatlari sohasidagi qonunchik bo‘yicha ekspert Georgiy Sxakaya, jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha ekspert Agavni Xarutyunyanlar va Adliya vazirligi mas’ul vakillari ishtirok etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov Surxondaryo viloyatida xizmat safari bilan bo‘lib turibdi.

Safar davomida yuridik xizmat ko‘rsatib kelinayotgan 12 ta tashkilot, 2022-yil 1-avgustdan xizmatlar ko‘rsatilishi belgilangan 6 ta tashkilotning rahbarlari va bevosita “E-huquqshunos” tizimi bilan ishlovchi xodimlar va tuman (shahar) yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni barataraf qilish hamda “E-huquqshunos” dasturini yanada takomillashtirish masalasi va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilib olindi.
Ishtirokchilari va yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilot mas’ullariga tizim haqida qator tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari