Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Nima uchun aynan bugun konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazish zarurati tug‘ilmoqda?
Ayrim yurtdoshlarimiz, hatto ba'zi olimlarimiz ham Konstitusiyamiz zamonaviy demokratik talablarga javob beradi-ku, unga o‘zgartirish kiritishga ehtiyoj bormi, degan savolni o‘rtaga qo‘ymoqda.
To‘g‘ri, Konstitutsiyamiz xorijiy ilg‘or tajriba hamda xalqaro standart va talablarga har tomonlama mos keladi. Bunga hech qanday shubha yo‘q.
Men amaldagi Asosiy qonunimizni qabul qilishda ishtirok etgan komissiya a'zosi sifatida oldin ham aytganman: O‘zbekiston Konstitutsiyasi mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuqlarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib kelmoqda.
Buni hammamiz yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. Shu bilan birga, bugun shiddatli taraqqiyotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan muhim bir talabni chuqur tushunib olishimiz zarur.
Hozirgi tahlikali zamon, yon-atrofimizdagi murakkab vaziyat ona Vatanimiz taqdiriga yanada ulkan mas'uliyat bilan yondashib, kechiktirib bo‘lmaydigan strategik qarorlar qabul qilishni taqozo etmoqda".
@adliyangiliklari

Prezident komissiya a'zolari e'tiborini quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga qaratdi.
“Birinchi yo‘nalish – inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari masalasi.
Amalga oshirilayotgan barcha islohotlarimiz markazida inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu g‘oya mujassam.
Darhaqiqat, inson munosib sharoitda ta'lim-tarbiya olib, farovon hayot kechirgan taqdirdagina, jamiyat va davlat uyg‘unlikda barqaror rivojlanadi.
Shuning uchun ham, bugungi kunda jahon miqyosida inson huquq va erkinliklariga, ushbu tushunchalar bilan bog‘liq reyting va standartlarga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda.
Inson – davlat va jamiyat uchun maqsadga erishish vositasi emas, aksincha, ana shu maqsadning bosh mazmuni va manbai hamda eng oliy qadriyat bo‘lishi lozim.
Biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekiston uchun inson qadri va xalq manfaati, hamma narsadan ustundir!
Shu bois, inson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy burchi va ustuvor vazifasi bo‘lmog‘i shart".

Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a'zolari bilan uchrashuvi davom etmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
“Ko‘pchiligimiz yaxshi bilamiz, qadimgi Rim huquqida oltin qoidalar bor. Masalan, “hech kimga bajarib bo‘lmaydigan majburiyatni yuklama” yoki “qonun – imkonsiz narsani talab qilmaydi”, kabi qoidalar shular jumlasidandir.
Afsuski, milliy qonunchiligimizda bajarib bo‘lmaydigan yoki bajarish qiyin bo‘lgan normalar ham uchrab turadi. Aslida, qonunlar insonga hech qachon ortiqcha talab qo‘ymasligi kerak.
Ortiqcha talab, avvalo, ortiqcha xarajat degani. Qolaversa, bu korrupsiyaga yo‘l ochadi.
Mana, bir misol, fuqaroning ipoteka kreditidan 3 million so‘mlik uch oylik qarzi bor.
Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, bank qarzdorni sudga beradi. Lekin, bu masalada da'vo arizasi 3 million so‘m, ya'ni real qarz bo‘yicha emas, balki kreditning to‘lanmagan qismiga, deylik, 250 million so‘mga nisbatan beriladi.
Sud arizani ko‘rib chiqib, qarzdordan 10 million so‘mdan ortiq davlat bojini undirish va shartnomani bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qiladi. O‘zingiz o‘ylang, 3 million so‘mni to‘lay olmagan fuqaro 10 million davlat bojini qanday to‘laydi?"

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
YURIDIK HUJJATLARNI HUQUQIY EKSPERTIZADAN O‘TKAZISh NEGA MUHIM?
Samarqand shahar YXKM tomonidan tashkil etilgan seminarda shu va mavzuga doir boshqa masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Batafsil videolavhada 👆

#videodaydjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

#Adliya_xabari
Adliya vaziri R. Davletov BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va MDH mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy byurosi direktori o‘rinbosari M. Uolter bilan uchrashdi
👉Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Intellektual mulk agentligi o‘rtasida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida hamkorlik o‘rnatildi

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish yo‘nalishida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha tajriba almashildi

Ayni damda Adliya vazirligi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda tartibga solish siyosati: yutuqlar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida konferensiya o‘tkazilmoqda.
Ushbu konferensiya tartibga solish siyosatiga bag‘ishlangan II konferensiya bo‘lib, unda O‘zbekiston parlamenti va hukumati a'zolari, vazirlik va idoralarning rahbarlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va jamoat tashkilotlari, “Jacobs, Cordova and Associates” xalqaro konsalting tashkiloti, shuningdek Qirg‘iziston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston hukumati vakillari onlayn formatda ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonda tartibga solish siyosati, shu jumladan qonunchilik hujjatlarini tartibga solish ta'sirini baholashdagi dastlabki natijalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilinmoqda.
Xalqaro ekspertlar xorijiy davlatlar vakillari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur konferensiyani tashkil etishdan maqsad vazirlik va idoralar rahbarlarining normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini tartibga solish ta'sirini baholashga oid bilim, malaka va amaliy ko‘nikmalarini oshirish.
Ushbu sohada O‘zbekistonda amalga oshirilgan islohotlar va ularning huquqiy asoslari, dastlabki natijalar va rivojlangan davlatlar tajribasi bilan tanishtirishdan iborat.

#Mualliflik_huquqi
Mualliflik huquqini buzgan xonandalar javobgarlikka tortildi
Ma’lumki, so‘nggi vaqtlarda kuy, qo‘shiq, asarlar va boshqa mualliflik huquqi obyektlarini muallif ruxsatisiz o‘zlashtirish holatlari ko‘plab uchramoqda.
Shuni ta’kidlash lozimki, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra asarni nashr qilish, omma oldida ijro etish yoki undan boshqacha tarzda foydalanishda asarning o‘ziga, nomiga va muallifning ismi-sharifi ko‘rsatilishiga biron-bir o‘zgartish kiritishga faqat muallifning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalari xalq artisti Bobomurod Xamdamov ijrosidagi qo‘shiqlar muallif ruxsatisiz foydalanilganligi yuzasidan qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risidagi murojaat ko‘rib chiqildi.
Murojaatni ko‘rib chiqish davomida Bobomurod Xamdamovga tegishli bo‘lgan qo‘shiqlar fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodovlar tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan ijro etilganligi aniqlandi.
Vaholanki, Qonunning 19-moddasiga ko‘ra, yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkinligi belgilangan.
Holat yuzasidan fuqarolar O. Quvatov, U. Quvatov va Sh. Bekmurodovlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishlik uchun tegishli tartibda sudga yuborildi.
Sudning qaroriga ko‘ra, huquqbuzarlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun tegishli tartibda jarima jazosi tayinlandi.
Darhaqiqat, har qanday huquqbuzarlik uchun qonunda belgilangan tartibda jazo muqarrar. Shunday ekan, muallif huquqini hurmat qilish hamda o‘zganing ijod namunasidan foydalanishda albatta ruxsat olishni hamda shartnoma tuzishni unutmang.
Hurmatli ijod vakillari, mualliflik huquqlaringizni himoya qilish uchun Adliya vazirligi Mualliflik va turdosh huquqlar boshqarmasiga murojaat qiling yoki mualliflarning mulkiy huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarga a’zo bo‘ling. Murojaat uchun telefon: (71) 232 50 65.

Nikohdan o‘tishning 1 oylik muddati bekor qilinadi
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokama qilindi.
Muhokamada adliya vaziri R. Davletov so‘zga chiqib, qonun loyihasi bo‘yicha kiritilayotgan muhim o‘zgartirishlar haqida ma'lumot berdi.