Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.37K videos
32 files
5.11K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida markazlashgan shaklda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi rahbarligida vazirliklar, sektorlar, hududiy tashkilot va idora rahbarlari ishtirokida respublika ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.

Xalq bilan o'tkazilgan yuzma-yuz muloqotda 30 dan ortiq davlat organlari va tashkilotlari Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumani fuqarolarining murojaatlarini qabul qilishdi. Viloyat adliya boshqarmasi mas'ullari tomonidan ham aholining tizimli masalalari o'rganilib, huquqiy ko'mak ko'rsatilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Joriy yilning 1-iyun kuni Xorazm viloyat adliya boshqarmasi boshlig’i, o‘rinbosarlari hamda mutasaddi tashkilotlari rahbarlari ishtirokida Shovot, Bog’ot va Urganch tumanlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar bo’lib o’tdi.

Sayyor qabul huquqiy targ’ibot tadbirlari bilan boshlanib, 2022-yil hosili uchun g’alla hosilini nobud qilmasdan uyushqoqlik bilan o‘rib-yig‘ib olish, birja savdolari orqali sotish bo‘yicha va “Qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishga hamda boshqa qonun-hujjatlarini keng aholiga yetkazishga qaratildi.

Qabullarda, 300 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, 100 ga yaqin murojaatlar tinglandi, 80 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko’rsatildi, 65 ta murojaatlar joyida hal qilindi hamda oʻrganishni talab qiladigan masalalar nazoratga olindi.

Tadbir davomida 250 dan ortiq koʻrgazmali huquqiy targʻibot materiallari tarqatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekistondagi islohotlar “muvaffaqiyati uchburchagi”ni nima shakllantiradi? Adliya vaziri Butunjahon adliya forumida bu haqida fikr yuritdi.

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi delegasiyasi Gaaga shahrida (Niderlandiya) bo‘lib turib, Butunjahon odil sudlov forumi (The World Justice Forum 2022) ishida ishtirok etmoqda.

1-iyun kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov fuqarolik jamiyati institutlari, tadbirkorlik va adliya sohasi rahbarlari bilan birgalikda “Identifying What Works” (“Nima samarali ishlashini aniqlash”) yalpi majlisida so‘zga chiqdi.

Vazir 2016-yildan beri O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va aholi farovonligini ta'minlash uchun “Maqbul boshqaruv” tamoyili asosida tuzilmaviy islohotlar, demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi.

👉Batafsil
____________

👉Читать на русском

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Bolalarni 1-sinfga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilandi

👉Batafsil
__________

#Новости_законодательства

Определен порядок предоставления государственной услуги по приему детей в 1 класс

👉Подробнее

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari va mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani

Alisher Karimov, adliya vaziri o‘rinbosari:
Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqib, qabul qilishdan asosiy maqsad sohadagi asosiy qonunlarni birlashtirib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda fundamental huquqiy asoslarini yaratib berish hisoblanadi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vaziri o‘rinbosari va mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani

Kodeks qay darajada mukammal deya olasiz? Uni ishlab chiqarish jarayonida tadbirkorlar fikrlari o‘rganildimi?

Kodeksda tadbirkorlarning erkinligi masalasiga ham to‘xtalib o‘tilganmi?

Kodeksda tadbirkorlikni amalga oshirishda bo‘ladigan korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi muammolarini yechish masalalari kiritilganmi?

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari

Davlat xizmatlari markazlari orqali fuqarolarning xorijga chiqish biometrik pasportini olish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatib kelinmoqda.

Ushbu xizmatdan bugungi kunga qadar qancha fuqaro foydalandi? Batafsil 👉 infografikada.

@adliyangiliklari
Bolalarga bola tilidan yo‘l harakati qoidalari tushuntirildi

Bugun Mirzo Ulug‘bek tuman 270-son maktabgacha ta'lim muassasasida Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi xodimlari bolalarga yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, yo‘l belgilari mazmuni bo‘yicha tushuntirishlar berishdi.

Targ‘ibot tadbirida bolalarga mos ko‘rgazmali vositalardan foydalanildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Adliya kitobxonlar chempionati” tanlovining 1-davrasi o‘z nihoyasiga yetdi. G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari