Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.12K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muxammadiyev xizmat safari bilan Xorazm viloyatida bo’ldi.

Xizmat safari davomida adliya vaziri o’rinbosari viloyatning Qo’shko’pir tumani markazidan 27 km uzoqlikda joylashgan G‘azovot qishlog‘ida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o’tkazdi. Unda 150 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Ularga sayyor davlat xizmatlari, bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi va huquqiy maslahatlar ham tashkil qilindi.

Safar davomida davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mas’ul xodimlarining Ijro.gov.uz elektron tizimidan foydalanish holatlarini o’rganish, vujudga kelayotgan muammolar va kamchiliklari bartaraf etish, ularga amaliy yordamlar ko’rsatish maqsadida viloyat hokimligida seminar tashkil etildi.

Shuningdek, A.Muxammadiyev Urganch shaharida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan uchrashdi hamda yuridik texnikumdagi ta’lim jarayonlari va mavjud moddiy-texnika bazasi bilan yaqindan tanishdi.

@adliyangiliklari
#Iqtibos

Ruslanbek Davletov: Samosud balki o‘sha zahoti kimningdir qonga to‘lgan ko‘zlarini yoki kuzatib turganlarning instinktini va ehtiyojini qondirar, lekin uzoq istiqbolda erkin jamiyat qurishga katta to‘siq bo‘ladi

Jamiyatdagi huquqiy ongni o‘lchovlaridan biri bu insonlarning bir biriga bo‘lgan cheklovlari va zo‘ravonligining cheklanishidir.

Ayniqsa, bizni jamiyatda samosud holatlari huquqing ongga teskari ishlaydigan holatdir. Oxirgi paytlarda bu holatlar ham oshib bormoqda.

Samosud balki o‘sha zahoti kimningdir qonga to‘lgan ko‘zlarini yoki kuzatib turganlarning instinktini va ehtiyojini qondirar, lekin uzoq istiqbolda erkin jamiyat qurishga katta to‘siq bo‘ladi va odamlarning adolatli va xavfsiz sharoitda yashashga ishonchini so‘ndiradi.

Shuning uchun, bu boradagi targ‘ibot va tashviqotni kuchaytirib, samosud holatlariga qarshi kurashishimiz lozim.

Oliy Majlis Senatining yalpi majlisidagi adliya vazirining axborotidan

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Adliya vazirligi xodimi Prezident Administratsiyasida mas'ul lavozimga tayinlandi

Tulkin Rajabboyevich Ochilov
Prezident farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mahalliy ijroiya hokimiyati organlari bilan ishlash sho‘basi bosh inspektori lavozimiga tayinlandi.

T. Ochilov 1977-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1998-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini, 2003-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

T. Ochilov o‘z mehnat faoliyatini 1993-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qayta tuzish” loyihasini amalga oshirish agentligi monitoring bo‘limi yetakchi mutaxassisi lavozimidan boshlagan, adliya organlaridagi mehnat faoliyatini 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi bo‘lim boshlig‘i lavozimidan boshlagan, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2017-yildan hozirgi vaqtga qadar Buxoro viloyati adliya boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Adliya vazirligi jamoasi Tulkin Rajabboyevich Ochilovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Tayinlov

Adliya vazirligi xodimi Prezident Administratsiyasida mas'ul lavozimga tayinlandi

Baxrillo G‘aybulloyevich Xasanov Prezident farmoyishiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi adliya va sud organlari faoliyati masalalari bo‘yicha sho‘basi bosh inspektori lavozimiga tayinlandi.

B. Xasanov 1979-yilda Samarqand viloyati, Urgut tumani tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 2000-yilda Tashkent davlat yuridik instituti (kunduzgi), 2006-yili Tashkent davlat yuridik instituti, (magistratura, kunduzgi), 2012-yilda esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos, davlat va jamiyat qurilishi mutaxassisi.

B. Xasanov o‘z mehnat faoliyatini 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ma'muriy va ijtimoiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi, yetakchi maslahatchisi, bosh maslahatchisi lavozimidan boshlab, vazirlik tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

2019-yildan hozirgi vaqtga qadar Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasining boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Adliya vazirligi jamoasi Baxrillo G‘aybulloevich Xasanovni ushbu mas'uliyatli tayinlov bilan muborakbod etadi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Chorak sarhisobi: erishilgan yutuqlar va kamchiliklar

Bugun, 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda 2022-yilning birinchi choragi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_podkast

⚡️"Yer munosabatlarini huquqiy tartibga solish masalalari" mavzusida ovozli chat boshlandi.

🎙Suhbat spikerlari:

Nodir Oltinjonovich Tillyayev — O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig'i;

Matluba Rustamovna Mirzaabdullayeva — Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti.

📹 Onlayn traslyatsiya

Ovozli chatga ulanish va savol yo'llash 👉@huquqiy_gap

@adliyangiliklari
#Tanlov

“El-yurt umidi” jamg‘armasi ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta'lim olish uchun 2022-yilgi 2-stipendiya tanlovini e'lon qiladi!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi uchun eng ustuvor sohalar, jumladan:
🔹 kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar, IT va raqamlashtirish, sun'iy intellekt sohalari;
🔹atom va quyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa innovatsion yo‘nalishlari;
🔹 sog‘liqni saqlash, farmasevtika, telemedisina, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya sohalari;
🔹 elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, metallurgiya sohasining ustuvor tarmoqlari;
🔹 mashinasozlik, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish yo‘nalishlari;
🔹tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, bog‘dorchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlari va boshqa mutaxassisliklar uchun 306 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini e'lon qiladi!

👉Batafsil

@adliyangiliklari