Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.41K videos
32 files
5.23K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Айрим Telegram-каналлар томонидан Термиз шаҳри атрофида Ўзбекистон ҳарбийлари Афғонистон ҳудудидан ракеталар билан ўққа тутилгани тўғрисида тарқатилаётган хабарлар мутлақо ҳақиқатга тўғри келмайди.

Ўзбекистон Мудофаа вазирлиги ва Чегара қўшинлари берган маълумотга кўра, Ўзбекистон-Афғонистон чегарасида ҳеч қандай ҳарбий фаоллик кузатилмаяпти, вазият барқарор.

Провокацияларга берилмаслигингизни сўраймиз.

Распространяемая некоторыми Telegram-каналами информация о якобы ракетном обстреле с территории Афганистана частей Вооруженных Сил Узбекистана в районе г.Термеза абсолютно не соответствует действительности.

По данным Минобороны и Пограничных войск Узбекистана, на узбекско-афганской границе никакой военной активности не наблюдается, ситуация стабильная.

Просим не поддаваться провокациям.
#Diqqat_muhim

📢📢 2022-yil 19-aprel kuni soat 12:00 da AOKA binosida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu:
“Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish borasida amalga oshirlgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar''.

Tadbirda Adliya vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'ul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

👉 Savol, murojaat, ariza yoki shikoyatlaringizni @Rasmiy_aloqabot ga yuboring.

📝Anjuman "UzReport TV" va "O‘zbekiston 24" telekanallari hamda Youtube tarmog‘i orqali onlayn yoritiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Bir oy ichida adliya organlariga sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlaridan 5000 ga yaqin murojaat kelib tushdi

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar “Sogʻliqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi oʻtkazilishi e’lon qilingan edi.

O‘tgan bir oy davomida (15-martdan 15-aprelga qadar) adliya organlariga sogʻliqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlaridan jami 4 979 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 3 405 tasi (68 %) qanoatlantirildi, 354 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi hamda 25 ta murojaat tegishliligiga ko‘ra vakolatli organlarga yuborildi. Hozirda 1 195 ta murojaatlar ish yurituvida ko‘rib chiqilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Ijtimoiy tarmoq va Telegram messenjerida Adliya vazirligi nomidan turli manbalar ochilgan. Ularning orasida bir qator feyk kanallar ham mavjudligi aniqlanmoqda.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tmoqchimiz:

▫️Facebook
https://www.facebook.com/groups/adliya
https://www.facebook.com/minjustuz

▫️Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

▫️Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

▫️Telegram
@huquqiyaxborot
@pravoinf
@leginf
@adliyangiliklari

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega. Sahifalarning nomidagi maxsus belgi (✔️) orqali ulanrni oson ajratib olish mumkin.

Ehtiyot bo‘ling, axborotni ishonchli manbalardan oling!

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

📢📢 Barcha ta'lim tizimi xodimlari diqqatiga!

🔸Huquqiy muammolaringiz bormi?
🔸Bepul huquqiy maslahat kerakmi?

Adliya vazirligi tomonidan “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Sayyor qabul 2022-yil 21-aprel kuni Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi (O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat texnika universiteti binolari oralig‘i) hududida soat 15:00 da boshlanadi.

Sayyor qabul davomida Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan:

▫️murojaatlar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar beriladi;
▫️Davlat xizmatlari markazlari, “Madad” NNT, FHDYO bo‘limlari va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatiladi;
▫️sovrinli viktorinalar o‘tkaziladi.

Sayyor qabulga barcha ta'lim tizimi xodimlarini chorlaymiz!

📍Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi. Avtobus: 11, 28, 31, 34, 87, 90, 116. Metro: "Beruniy" bekati.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Bugun, 19-aprel kuni AOKAda Adliya vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'ul xodimlari, huquqshunos-ekspertlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish borasida amalga oshirlgan ishlar va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“E-qaror” elektron tizimi muhokamasi endi Senatda

Bugun Senatda “Mahalliy vakillik organlarining norma ijodkorligi faoliyatida qonuniylikni ta'minlash hamda 2022-yilda o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayoni natijalari” mavzusida vebinar o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Korrupsiyadan xoli qonunchilik: 2026 yilga qadar 21 mingdan ortiq qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi

👉Batafsil
____________

👉Читать на русском языке

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

❗️Yana bir yangi xizmat ishga tushdi

⚡️Endilikda, yoʻqolgan ashyolarni Davlat xizmatlari markazlariga topshirish va saqlash hamda yoʻqolgan ashyolarni qidirish xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

Avval xabar berganimzdek, “Yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (28-son, 18.01.2022-y.) qabul qilingan edi.

Qarorga koʻra, yoʻqolgan ashyoning topilmaganligi haqida maʼlumotnoma berish uchun Markazlarga murojaat etilganda BHMning 5 foizi, Yagona portal orqali murojaat etilganda 4 foizi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar hamda I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun BHMning 2 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.

Xizmatdan foydalanish tartibi bilan batafsil infografika orqali tanishishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov Finlyandiyaning Favqulodda va muxtor elchisi I. Ryaysyanen bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Endi Beshariq tumanida ham yangidan barpo etilgan zamonaviy ko‘rinishga ega Davlat xizmatlari markazi ish boshladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari