Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.7K photos
1.42K videos
32 files
5.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Prezidentning “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq 2022-yil 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxsni identifikasiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etilishi belgilanmoqda. Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan moliyaviy xizmatlar mustasno) masofadan turib foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Furqat tumanida ham zamonaviy ko‘rinishga ega davlat xizmatlari markazi ish boshladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

ADLIYA VAZIRI O‘RINBOSARI URGUTLIKLARNING MUAMMOLARINI O‘RGANDI

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan respublikamizning olis va chekka hududlarida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabullar oʻtkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. Ana shunday qabullarning navbatdagisi Urgut tumaning “Kenagas” mahallasida boʻlib oʻtdi.

Muloqotlar davomida adliya vaziri o‘rinbosari A. Muxammadiyev fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam, tadbirkorlik, kredit olish, aliment undirish, pensiya va nafaqa tayinlash, bandlik singari masalalardagi 70 dan ortiq murojaat egalarining muammo va shikoyatlarini tingladi.

Muhimi, mazkur murojaatlarning asosiy qismi shu joyning o‘zida o‘z yechimini topdi. Jumladan, 10 ta murojaat yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatildi, oʻrganish talab qiladigan 30 ta murojaat ish yurituviga qaratildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan ta’lim sohasi xodimlari uchun sayyor qabul o‘tkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari