Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.4K photos
1.35K videos
32 files
5.08K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya xodimlari aholi murojaatlarini oʻrganmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov va Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari Yunusobod tumanidagi “Boʻzsuv” mahallasida aholi uchun sayyor qabul oʻtkazdi.

Sayyor qabul davomida kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam olish, bola puli, davolanish uchun order, ishgajoylashish, kommunal sohalarga oid masalalarda 30 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Shundan, 4 ta murojaat joyida oʻz yechimini topdi, 9 ta murojaat boʻyicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, qoʻshimcha oʻrganish talab qiladigan 17 ta murojaat ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Huquqiy muammongiz bormi? Uni qanday hal etishni bilmayapsizmi? Bunda adliya organlari sizga yordam beradi.

Endilikda siz “Online mahalla” elektron platformasi orqali o‘zingizni qiziqtirgan huquqiy masalalarga yechim topish bilan birgalikda buzilgan huquqlaringizni tiklash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Batafsil 👉 videorolikda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_taqdimoti

1 kun qoldi.

💡Adliya vazirligining navbatdagi loyihasi tez kunda taqdimot qilinadi. Bizni kuzatib boring.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Adliya vaziriga Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2024-yil davomida hududda intellektual mulk obyektlarini himoya qilishga oid ishlar toʻgʻrisida axborot berildi.

Shuningdek, Adliya vazirligi xodimlari hamda Qashqadaryo adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 16–18-dekabr kunlari savdo nuqtalaridagi realizatsiya qilinayotgan kontrafakt mahsulotlar yuzasidan oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar haqida va intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishda berilayotgan amaliy yordam toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish hamda unga tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini belgilash toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3586, 19.12.2024-y.).

Yoʻriqnomaga koʻra, atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish ushbu ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi tashkilotlar (obyektlar) tomonidan amalga oshiriladi.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
xatlovdan oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va xatlovdan oʻtkazishda oʻlchashlar olib borish va hisob-kitob ishlarini bajarish;
xatlovdan oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish, kelishish va tasdiqlash.

Obyekt rahbari tomonidan atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan materiallar tasdiqlanib, ushbu materiallarni koʻrib chiqish uchun bir ish kun ichida hududiy ekologiya organiga taqdim etiladi.

Obyekt rahbari tomonidan taqdim etilgan materiallarda kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda ushbu materiallar hududiy ekologiya organi tomonidan 15 kun ichida kelishiladi.

Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalarni xatlovdan oʻtkazish natijalari asosida obyekt rahbari tomonidan ruxsat etilgan chegaraviy tashlama (RECHT) materiallari ishlab chiqilib, tasdiqlanadi.

Bunda, I toifaga mansub obyektlar uchun Davlat ekologik ekspertizasi markazi, II va III toifaga mansub obyektlari uchun Davlat ekologik ekspertizasi markazining hududiy filiallari tomonidan RECHT materiallari yigirma kun ichida koʻrib chiqiladi.

Obyekt rahbari tomonidan taqdim etilgan RECHT materiallarida kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda ushbu materiallar Davlat ekologik ekspertizasi markazi va uning hududiy filiallari tomonidan kelishiladi.

▫️I, II va III toifaga mansub obyektlar uchun RECHT besh yil muddatga amal qiladi.
▫️IV toifadagi obyektlar uchun RECHT ishlab chiqilmasdan xatlov natijalari asosida olingan haqiqiy maʼlumotlar boʻyicha oʻrnatiladi.

Maʼlumot uchun: Hukumatning 2020-yil 7-sentyabrdagi 541-son qarorida I toifaga aeroport, atom stansiyalari, suv omborlari va toʻgʻonlar, II toifaga aerodrom, temir yoʻl depolari, III toifaga avtomobilga yonilgʻi va gaz quyish stansiyalari, avtopark, IV toifaga paxta titish sexlari, gilam toʻqish sexlari va boshqalar kirishi nazarda tutilgan.

Ishlab chiqarish texnologiyasi, foydalanilayotgan xom-ashyo tarkibi, ifloslantiruvchi moddalarning miqdori va tarkibi oʻzgarmagan obyektlar uchun RECHT ning muddati tugagan hollarda ushbu muddat yana besh yil muddatga uzaytiriladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati hududiy boʻlimi tashkil etiladi

“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (849-son, 18.12.2024-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati hududiy boʻlimi tashkil etiladi.

2026-yil 1-iyungacha Sud ekspertiza markazining Toshkent viloyati boʻlimini xalqaro standartlar bilan uygʻunlashgan davlat standarti talablariga javob beradigan binoga joylashtirish hamda maxsus mebel, kompyuterlar, boshqa zarur texnika va inventarlar, shuningdek, yuqori malakali professional kadrlar bilan taʼminlash choralari koʻriladi.

Sud ekspertiza markazida isteʼmol mahsulotlari tarkibida genetik modifikatsiyalangan organizmlar (GMO) mavjudligi va ichimlik suvining tarkibini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlarni amalga oshiruvchi Isteʼmol mahsulotlari va ichimlik suvi tarkibini tahlil qilish laboratoriyasi tashkil qilinadi.

Sud ekspertiza markazining hududiy boʻlimlarida quyidagi ekspertiza va tadqiqot turlari bosqichma-bosqich joriy etiladi:
2025-yil 1-oktyabrgacha Sud ekspertiza markazining Navoiy viloyati boʻlimida Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi hamda Sud-xatshunoslik va hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizalari;
2026-yil 1-noyabrgacha Sud ekspertiza markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimida Sud-fonografiya, sud-yongʻin texnika va elektrotexnika ekspertizalari;
2026-yil 1-dekabrgacha Sud ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimida Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi hamda Sud-xatshunoslik va hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizalari.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Qashqadaryo viloyatida NNT vakillari bilan uchrashdi

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan tadbirda NNT vakillarining faoliyati, muammolari va ularning yechimlari haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga jamoat birlashmalarining oʻrni, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, aholining birlamchi huquq va erkinliklariga rioya etilishi, nikoh, oila va taraflarning majburiyatlari aytib oʻtildi.

Shu bilan birga aholiga sifatli yuridik va davlat xizmatlari koʻrsatilishi, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari muhokama etildi.

Ishtirokchilar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida vujudga kelayotgan huquqiy muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

💡Davlat xizmatlarini baholash uchun yangi imkoniyat

Fuqarolarning davlat xizmatlaridan qoniqish darajasi va ularning qoʻshimcha fikr va eʼtirozlarini olishning yana bir muqobil vositasi ishga tushirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM