Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Davlat_xizmatlari_markazlari_7yoshda

⚡️2017-yil 12-dekabr kuni “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilingan.

Ushbu tarixiy hujjat davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida “Xalq davlat idoralariga emas davlat idoralari xalqqa xizmat qilish kerak” gʻoyasini amalga oshirish uchun keng koʻlamli ishlarga start berdi. Mutlaqo yangi tizim barpo etildi.

Bugungi kunda fuqarolar uzoq navbatlarda turish yoki turli davlat idoralariga borib kelishga vaqt sarflash zarurati yoʻq. “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyilining joriy etilishi davlat xizmatlarini qulay, tez va shaffof qilish imkonini berdi.

Yuqorida keltirilgan rasmlarda davlat xizmatlarini koʻrsatishga oid ayrim faktlarini taqdim etdik.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan Inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari donorligiga qarshi koʻrsatma boʻladigan kasalliklar roʻyxati (roʻyxat raqami 3585, 17.12.2024-y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu hujjat bilan inson aʼzolari va (yoki) toʻqimalari donorligiga qarshi koʻrsatma boʻladigan kasalliklar roʻyxati tasdiqlangan.

Xususan, ushbu roʻyxatda tirik donor uchun transplantatsiya obyektlari buyrak, jigar va jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigining oʻzak hujayralari transplantatsiyasiga qarshi koʻrsatma boʻladigan kasalliklar nazarda tutilgan (masalan, OIV/OITS, narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm, morbid semizlik, arterial gipertenziya II-III darajasi, surunkali buyrak kasalligi II-III-IV-V bosqichi, qandli diabet, ikki tomonlama siydik tosh kasalligi, xavfli oʻsma kasalliklari).

Shuningdek, inson murdasi uchun transplantatsiya obyektlari buyrak, jigar va jigar boʻlagi, tomirlar (yirik tomirlar qismlari) va koʻz shox pardasi hamda uning qismlari transplantatsiyasiga qarshi koʻrsatma boʻladigan kasalliklar belgilangan (masalan, OIV/OITS, tuberkulyoz, sepsis, zambrugʻli kasalliklar, TORCH-infeksiyasi (IgM pozitiv), oʻta xavfli infeksion kasalliklar, xavfli oʻsma kasalliklari).

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_taqdimoti

Sun’iy intellekt (SI) hayotimizning turli sohalariga jadal sur’atda kirib bormoqda, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda.

Adliya vazirligi fuqarolarning huquqiy savodxonligini yuksaltirish, yuridik yordam olishni qulay va hammabop qilish maqsadida texnologiyalardan foydalanishni ko‘zlagan. SI murakkab masalalarni yechish va odamlarning huquqiy tizim bilan munosabatlarini soddalashtirish uchun kuchli vositaga aylanishi mumkin.

💡Adliya vazirligining navbatdagi loyihasi tez kunda taqdimot qilinadi. Bizni kuzatib boring.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan “Davlat xizmatlari markazlariga 7-yil: davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlari va sunʼiy intellekt


Davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan matbuot anjumanida adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev tizimga sunʼiy intellekt texnologiyalarni joriy etish, jarayonlarni optimallashtirishda uning imkoniyatlaridan foydalanish haqidagi savolga javob berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | «Yoshlar forumi - 2024» doirasidagi tadbirlar

Bugun adliya vaziri Akbar Toshqulov yoshlar bilan uchrashdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning muammosiga yechim topildi

Kosonsoy tuman adliya boʻlimiga fuqaro T.Norboyev ariza bilan murojaat qilib, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi Pensiya va nafaqalar tayinlash komissiyasining shu yilning
1-maydagi 33-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Soʻnggi 7 yilda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatishning mutlaqo yangi tizimi yoʻlga qoʻyildi. Ushbu tizim xalqimizning ogʻirini yengil, uzogʻini yaqin qilishga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumani 2017—2024-yillar davomida davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar, kelgusidagi rejalarga bagʻishlandi.

Tafsilotlar 👉 videolavhada

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya xodimi “Namunali xizmati uchun” III darajali koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi boshligʻi Furqat Tojiyev mudofaa vazirining buyrugʻi bilan otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlashda jonbozlik koʻrsatganligi uchun “Namunali xizmati uchun” III darajali koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Vazirlik jamoasi Furqat Shomurodovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi hamda kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM