Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.38K videos
32 files
5.15K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Huquqiy_mahalla

Adliya vazirligi tashabbusi bilan start olgan “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Jizzax viloyati Zarbdor tumani “Taraqqiyot” MFY tajribasi asosida amalga oshirilishi kerak boʻlgan muhim vazifalar boʻyicha Adliya vazirligi masʼul boshqarma boshliqlari tomonidan hududiy adliya boshqarmalari xodimlariga tegishli tushuntirish tashkil qilindi.

Unda har bir hududda “Huquqiy mahalla” loyihasini tashkil etish, loyiha doirasida mahallada manzilli huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami va nogironligi mavjud boʻlgan shaxslarga uyma-uy kirgan holda bepul huquqiy maslahatlar berib borish, sayyor qabullar va davlat xizmatlarini tashkil qilish, shuningdek, mahalla binosida “Adliya kutubxonasi” va “Adliya sayli” tadbirini oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilishi kerak boʻlgan ishlar kelishib olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Adliya organlarida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi


Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasini ifoda etgan xalqchil hujjat. Unda belgilangan har bir modda inson shaʼni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklari taʼminlanishi kafolatidir. Shuning uchun konstitutsion savodxonlik muhim ahamiyatga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan barcha davlat xizmatlari markazlarida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi.

Adliya organlariga tashrif buyurgan fuqarolar burchakdan oʻrin olgan qisqa axborot flayerlari, huquqiy adabiyotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan tanishishi, mutaxassislardan bu borada oʻzlarini qiziqtirgan savollariga, balki, huquqiy masalalarda javob olishi mumkin.

Suratda Qoʻshrabot tuman DXMdagi “Konstitutsiya burchagi”.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_tanlov

📣📣 Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln soʻmlik tanlov!

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida “Huquq bilimdonlari — Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” oʻtkaziladi.

Tanlov shartlari bilan batafsil 👉bu yerda tanishing.

📎Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot Telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

Gʻoliblar quyidagi miqdorda ragʻbatlantiriladi:
3️⃣-oʻrin 8 mln soʻm;
2️⃣-oʻrin 12 mln soʻm;
1️⃣-oʻrin 20 mln soʻm.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan oʻtkazing va gʻolib boʻling!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda respublikada faoliyat yuritayotgan sudyalar bilan hamkorlikda "Intellektual mulkka oid nizolarni sudlarda ko‘rish amaliyoti" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu seminarda sohada kelib chiqqan nizolarni sudlarda, xususan, iqtisodiy sudlarda ko‘rib chiqish tartiblar, intellektual mulk obyektlarining ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonidagi o‘ziga xosliklar, tovar belgilarini taqqoslashdagi muhim jihatlar kabi mavzular yuzasidan fikrlar almashildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Ayrim notariuslar faoliyati 6 oyga toʻxtatildi


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining majlis bayoniga asosan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining tegishli buyrugʻi bilan:

▫️Shoʻrchi tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Y.Bazarov va Oltinsoy tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius A.Oʻrozovga berilgan xususiy notarial amaliyot bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati joriy yilning 1-dekabr kunidan 6 oy muddatga;

▫️Denov tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius F.Boboxonovning litsenziyasini amal qilishi 2024-yil 1-dekabr kunidan 1 oy muddatga;

▫️Qumqoʻrgʻon tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius A.Saitmurodovning litsenziyasini amal qilishi 2024-yil 20-noyabr kunidan 3 oy muddatga;

▫️Shoʻrchi tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius J.Pardayevning litsenziyasi amal qilishi2024-yil 16-dekabr kunidan 15 kun muddatga;

▫️Denov tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius J.Sanayev, Angor tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius U.Karimov, Termiz shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius S.Sultonmurodovning litsenziyasini amal qilishi 2024-yil 20-noyabr kunidan 15 kun muddatga toʻxtatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega.

❗️Sahifalarning nomidagi maxsus belgi (✔️) orqali ularni oson ajratib olishingiz mumkin.

Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tamiz:

📱 Telegram
@adliyangiliklari
@huquqiyaxborot
@huquqiyaxborot_lotin (lotin)
@pravoinf (rus)
@leginf (ingliz)

📱 Facebook
https://www.facebook.com/minjustuz

📱 Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

📱 Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

📱 X (Twitter)
https://x.com/MinjustUzb

Axborotni ishonchli manbalardan oling!

🖥 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Xorazm viloyat adliya boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi.

Dastavval vazir oʻrinbosari Ijro va mehnat intizomini hamda elektron navbat tizimini monitoring qilish maqsadida tashkil etilgan “Situatsion markaz” faoliyatini oʻrgandi.

Shuningdek, adliya boshqarmasining xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etilib, Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli farmonida belgilangan vazifalar, sunʼiy intellektni joriy etish va undan foydalanish orqali koʻrsatilayotgan xizmatlarni sifat jihatidan yanada yaxshilash, fuqarolarga xushmuomalada boʻlish, oʻz ustida ishlash, bilim va malakalarini oshirish zarurligi taʼkidlandi. Bu masalada barcha zarur imkoniyatlarni ishga solish, mavjudlarini takomillashtirish yuzasidan vazifalar muhokama etildi.

Asosiy maqsad fuqarolarga tezkor, qulay va shaffof davlat va huquqiy xizmatlar koʻrsatishdan iborat boʻlib, muloqotda davlat xizmatlari, FHDY organi faoliyati va sohada yanada samaradorlikka erishish borasidagi taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qonunchilik hujjatlarining nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va manfaatlariga taʼsirini baholashga bagʻishlangan seminar tashkil etildi

Adliya vazirligi tomonidan Finlyandiyaning Xelsinki universiteti Huquq ustuvorligi markazi bilan hamkorlikda «Qonunchilik hujjatlarining nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va manfaatlariga taʼsirini baholash» mavzusida uch kunlik oʻquv seminari tashkil etildi.

Seminarda Adliya vazirligi xodimlari bilan bir qatorda Qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi kabi qator davlat organlari hamda bir qator nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlangandek, Adliya vazirligi tomonidan Finlyandiyaning Xelsinki universitetining Huquq ustuvorligi markazi bilan hamkorlikda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquq va manfaatlariga daxl qiluvchi qonunchilik hujjatlarining ijtimoiy sohaga taʼsirini baholash boʻyicha tajriba-sinov loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu seminar ham loyiha doirasida oʻtkazildi.

Ishtirokchilar xorijiy ekspertlar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlarining nogironligi boʻlgan shaxslarga taʼsiri yuzasidan inson huquqlariga asoslangan yondashuvlarni koʻrib chiqdilar. Asosiy eʼtibor jamiyatda inklyuzivlikni taʼminlash, jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslar taʼlimi, bandligi boʻyicha amaldagi tartib va imtiyozlar samaradorligini, qonunlar qay darajada ijro etilayotganligini tahlil qilish borasida Oʻzbekiston va Finlyandiya tajribasiga qaratildi.

Shuningdek, ishtirokchilar nogironlik sektoriga taʼsirni baholash metodologiyasi, koʻrsatkichlari va muammolari koʻrib chiqdilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

📎Huquq maktabi — yuridik bilimlarni egallash uchun zamonaviy va qulay mobil ilova

Ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o'quv materiallaridan foydalaning!

Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?

Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

💡Huquqiy savodxonlik — muvaffaqiyatingiz kalitidir!

Ilovani IOS va Android orqali yuklab olish mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM