Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.35K videos
32 files
5.07K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Joriy yilning 24 va 27-noyabr hamda 13 va 15-dekabr kunlari Adliya vazirligi tomonidan Ommaviy huquq markazi va AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan hamkorlikda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida vazirlik va idoralar yuridik xizmatlari xodimlariga seminarlar tashkil etildi.

Seminarda xodimlarga “Maʼmuriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirilib, ularning malakasi oshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“IDROK” intellektual oʻyinining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda

Adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikum o‘quvchilari o‘rtasida har yili an’anaviy tarzda “IDROK” intellektual oʻyini o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 15—16-dekabr kunlari intellektual o‘yinning respublika bosqishi bo‘lib o‘tmoqda. Respublika bosqichida yuridik texnikumlarning 84 nafar iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etmoqda.

Intellektual o‘yindan ko‘zlangan asosiy maqsad – ilmga chanqoq yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, intellektual sog‘lom raqobatni yuzaga keltirish, yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish va rivojlantirishdan iborat.

“IDROK” intellektual oʻyinining final bosqichi 2 ta yo‘nalish asosida o‘tkazilmoqda. Birinchi yo‘nalishda o‘quvchi-yoshlar tomonidan aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan qonunchilikka takliflar taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur yo‘nalishda o‘quvchi-yoshlar tomonidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash, sud hujjatlarini ijro qilish, atrof muhitni muhofaza qilish, soliq tekshiruvlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilaviy munosabatlar, fuqarolik va yer munosabatlarini takomillashtirish, sohadagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar berildi.

Qonunchilikka takliflar hakamlar hay’ati tomonidan taklifning dolzarbligi va asoslantirilganligi, xorij tajribasi o‘rganilganligi kabi bir qator mezonlar asosida baholandi.

Ikkinchi yo‘nalishida o‘quvchi-yoshlar jamoaviy tarzda “Zakovat” intellektual o‘yinida bellashadi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

79 yoshli Vitaliy Bergerga sayyor davlat xizmati ko’rsatildi


Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi 79 yoshli Vitaliy Bergerning qizi davlat xizmatlari markaziga qo’ng’iroq qilib, otasining ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish ehtiyoji borligini, ammo uning eshitish va ko’rishda nuqsoni borligi sabab markazga bora olmasligini ma’lum qilgan.

Shundan so’ng Uchtepa tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari keksa nuroniyning uyiga sayyor davlat xizmatini tashkil etishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida sovrindor boʻldi
 
Joriy yilning 15-dekabr kuni Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovlari gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tanlov Davlatimiz rahbarining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga munosib baho berish, bu borada eng namunali tuman-shaharlardagi idora hamda vazirliklarni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkaziladi.

Tanlovda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘ygan, bu borada yuqori samaradorlikka erishgan hamda o‘z hududida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlagan 40 ta vazirlik va idoralar ishtirok etdi.

Oʻz tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni namunali tashkil etganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ham faol ishtirok etib, ilg‘or vazirliklar safidan joy oldi.
Hamkasblarimizni qo‘lga kiritgan yana bir yutuqlari bilan chin ko‘ngildan muborakbod etamiz!
 
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“IDROK” intellektual oʻyinining g‘oliblari aniqlandi


Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikum o‘quvchilari o‘rtasida “IDROK” intellektual oʻyinining Respublika bosqichi o‘tkazilmoqda.

Respublika bosqichi ikkinchi yo‘nalishida o‘quvchi-yoshlar jamoaviy tarzda “Zakovat” intellektual o‘yinida bellashdi.

Qizg‘in bahs-munozalarlarga boy bo‘lgan intellektual o‘yin natijalariga ko‘ra:

🥇1-o'rin Navoiy viloyati yuridik texnikumi
🥈2-o'rin Namangan viloyati yuridik texnikumi
🥉3- o'rin Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi.

G‘olib jamoalar tegishlicha 10 mln so‘m, 8 mln so‘m va 6 mln so‘m pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Intellektual o‘yin davomida o‘quvchi-yoshlar nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, balki o‘zaro muloqot, do‘stlik aloqalarini ham mustahkamladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vaziri tizimdagi faol yoshlar bilan uchrashdi

Joriy yil 15-dekabr kuni Adliya vaziri A. Toshqulov hududiy adliya organlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan faol yosh mutaxassislar bilan uchrashdi.

Maqsad – iqtidorli yosh xodimlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularda tizimga bo‘lgan sadoqat va fidoiylik qadriyatlarini shakllantirish, ularning xizmatga moslashuvini, kasbiy rivojlanish jarayonlarini tezlashtirish, yuqori tajribaga ega malakali xodimlarning ish amaliyoti bilan yaqindan tanishishtirish hamda tajriba almashish amaliyotini yo‘lga qo‘yishdir.

Uchrashuvda Adliya vaziri tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunda yoshlarning alohida o'rni va ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.

Yosh mutaxassislar tomonidan faoliyatni yanada takomillashtirish va ularni qo'llab-quvvatlash yuzasidan taklif va tashabbuslari tinglanib, mehnat faoliyati unumdorligini oshirish, ulkan maqsadlarga erishish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, yosh xodimlar vazirlikda yaratilgan shart-sharoitlar, tarkibiy bo'linmalarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Bundan tashqari, ular "Adliya organlari tarixi muzeyi", "Media markazi"da ham bo‘lib, O'zbek Milliy akademik drama teatrida ma'naviy hordiq chiqarishdi.

@adliyangiliklari