Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Abituriyentlar uchun test sinovlaridan oldin ovozli chat marafoni

Spiker:
Ruslanbek Davletov — adliya vaziri

Boshlanish vaqti: bugun, soat 15:00

👉Ulanish uchun:
https://t.iss.one/xushnudbek?livestream

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
Audio
🎧 Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bilan test jarayonlariga bag‘ishlangan ovozli chatning to‘liq audiofayli.

Manba: @xushnudbek

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

2-avgust
▪️ Davlat hisobidan fuqarolarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tartibi muhokama qilindi.

3-avgust
▪️ Adliya vazirligi axborot va kiberxavfsizlik boʼyicha birinchi oʼrinni egalladi.

4-avgust
▪️ Adliya vazirligi matbuot xizmati tomonidan joylardagi OAVlar bilan ochiq muloqotlarga start berildi. Dastlabki uchrashuv Sirdaryo viloyatida tashkil etildi.

5-avgust
▪️ Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining ishchi guruhi Jizzaxda.

▪️ Adliya vazirligi: Endi advokatlar ham sud-ekspertizasi tayinlash huquqiga ega bo‘ldi, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari ekspertlarining ham sudlarda ishtirok etish huquqi belgilandi.

▪️ Adliya vazirligi davlat idoralarini The World Justice Challenge tanlovida ishtirok etishga chaqiradi.

6-avgust
▪️ Adliya vazirligi tomonidan “Camp Law” yozgi maktab ishtirokchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

7-avgust
▪️ Abituriyentlar uchun test sinovlaridan oldin tashkil etilgan ovozli chat marafonida adliya vaziri Ruslanbek Davletov ishtirok etdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹Jomboylik
74 yoshli onaxon tug‘ilganlik guvohnomasi oldi.

🔹 Samarqandlik “Adliya ayoli” aniqlandi.

🔹 Shartnoma majburiyatlari bajarilmadi, holatni Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi o‘rgandi.

🔹 Mirzaobodlik Bibisora 9 yoshida, Zuxriddin 13 yoshida "qayta tug‘ildi".

🔹 Va'dasini bajarmagan Mirzaobod tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi penya to‘ladi.

🔹 “Adliya ayoli” respublika tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Boyovutda adliya bo'limining yangi binosi ish boshladi.

🔹 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida “Adliya ayoli” respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

🔹 Qarshi shahridagi DXMda bepul Wi-Fi zonasi tashkil etildi.

🔹 Mirishkor tumanida mahalla raisi o‘rinbosariga maxsus ustama puli to‘lanmagan.

🔹 “Adliya ayoli” respublika ko‘rik-tanlovining Qashqadaryo viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi.

🔹 Koson tuman "Pistali" mahallasida yashovchi fuqarolar 22 yildan so‘ng rasman nikohdan o‘tishdi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi.

🔹 Hazorasp, Bog‘ot, Tuproqqal’a, Yangibozor, Gurlan, Yangiariq, Urganch, Xonqa, Xiva tumanlarida hamda Xiva va Urganch shaharlaridagi bozorlar va savdo komplekslarida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

🔹 Xorazm viloyat adliya boshqarmasida “Adliya ayoli” tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

🔹 “Adliya ayoli” tanlovining Namangan viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

🔹 Yangiqo‘rg‘on tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazidan xulosa olinmagan 640 ta hujjat aniqlandi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ayolning mehnat huquqi himoya qilindi va unga 8 mln 200 ming soʻm pul mablagʻi undirib berildi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi koʻmagida bir oilaning 5 nafar aʼzosi “metrika”li boʻldi.

🔹 Farg‘onada “Adliya ayoli” aniqlandi.

🔹 Navoiy shahrida "Adliya sayli" o‘tkazildi.

🔹 Nurota tumanida "O‘zimiz keldik" aksiyasi tashkil etildi.

🔹 Navoiyda “Adliya ayoli” ko‘rik-tanlovining hududiy bosqichi o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
• Sudya sud ekspertini tanlash huquqiga ega

ℹ️ Batafsil...

——————————
• Судья имеет право выбрать судебного эксперта

ℹ️ Подробнее...

——————————
• The judge has the right to choose a forensic expert

ℹ️ Read more...

@tsulofficial
#Eslatma

Huquqiy axborotni o‘zingizga qulay formatlarda oling!

Huquqiy masalalarda foydali maʼlumotlar bilan @huquqiyaxborot_lotin telegram kanalining quyidagi tillarda yuritilayotgan versiyalari orqali ham tanishib borishingiz mumkin:

@pravoinf (rus tilida)
@leginf (ingliz tilida)
@huquqiyaxborot (kirill alifbosida)

Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy hayotdagi, qonunchilikdagi eng muhim yangiliklar, hayotiy zaruratga aylangan huquqiy bilimlar, eng sara tahliliy materiallarni hudud24.uz sayti hamda @hudud24official telegram kanalida kuzatib borishni tavsiya etamiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Unda adliya boshqarmasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Advokatlik faoliyatini elektron litsenziyalash tartibi belgilandi

Hukumat qarori (432-son, 05.08.2022-y.) bilan Advokatlik faoliyatini maxsus elektron tizim orqali litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga ko'ra, advokatlik faoliyatini litsenziyalash quyidagi ixtisosliklar bo'yicha amalga oshiriladi:
▫️fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritish;
▫️ma'muriy va jinoiy sud ishlarini yuritish.

Har bir advokat tegishli ixtisoslikni mustaqil tanlash va u bo'yicha malaka imtihoni topshirish huquqiga ega.

Talabgor litsenziya olish uchun quyidagi talablarga muvofiq bo'lishi kerak:
▫️O'zbekiston fuqarosi bo'lishi;
▫️oliy yuridik ma'lumotga ega bo'lishi;
▫️yuridik mutaxassislik bo'yicha kamida 2 yil ish stajiga ega bo'lishi;
▫️advokatlik tuzilmasida kamida 3 oy stajirovka o'tagan bo'lishi;
▫️malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan bo'lishi.

Talabgor litsenziya olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

Tanlangan har bir ixtisoslik bo'yicha malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun 3 oy ichida tegishli litsenziyalovchi organ (Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari)ga murojaat qilishi kerak.

Litsenziya talabgorning doimiy yashash joyi bo'yicha cheklanmagan muddatga beriladi va O'zbekistonning butun hududida amal qiladi.

Arizani ko'rib chiqish uchun BHMning 50 foizi (150 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.

Ariza 10 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Litsenziya berish to'g'risida qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorga xabarnoma yuboriladi.

Talabgor xabarnoma yuborilgan kundan boshlab 3 oydan ortiq bo'lmagan muddatga davlat boji (BHMning 1 baravari – 300 ming so'm) to'laydi. Davlat boji to'langach, talabgorga elektron shaklda QR-kod qo'yilgan litsenziya yuboriladi.

❗️Mazkur tartib 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya: fuqaroga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi berilmagani aniqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Yoshlar – taraqqiyotni harakatlantiruvchi asosiy kuch!

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44–Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston shaxmatchilari tomonidan erishilgan sharafli g‘alaba bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy tabriklaymiz.

O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo‘ldi.

Mazkur g‘alaba mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlar siyosati tubdan o‘zgarganining, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va ularni qo‘llab-quvvatlovning chinakam amaliy ifodasidir.

Ushbu tarixiy g‘alaba barchamizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Jamoa aʼzolari Navoiy viloyati aholisining huquqiy savodxonligi, huquqiy targ‘ibot tadbirlari samaradorlik darajasi, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari