Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.7K photos
1.42K videos
32 files
5.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_teleloyiha

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi yo‘lga qo‘yildi.

Ko‘rsatuvning navbatdagi soni 29-iyun kuni soat 12:00 da "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Mavzu: Oliy ta'limga qabul va imtiyozlar

Ko‘rsatuvda Adliya, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Davlat test markazi mas'ul xodimlari Sizlardan kelib tushgan savollarga javob beradi.

Mavzu yuzasidan o‘z savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti orqali yuborishingiz mumkin.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

@adliyangiliklari
#Ekspert_fikri

“Xususiy mulk daxlsizligi Konstitutsiya darajasida mustahkamlab qo‘yilmoqda” — ekspert

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga asosan, tadbirkorlarning huquq va erkinliklariga oid normalar Konstitutsiya darajasida belgilab qo‘yilishi kutilyapti. Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori Eldor Mahkamov bilan taklif etilayotgan o‘zgarishning ahamiyati xususida suhbatlashdik.

👉Batafsil: https://kun.uz/45796206

📹 INTERVYUNI KO‘RISh

@adliyangiliklari
Adliya vaziri: endi hech kim osonlikcha birovning uyini “snos” qila olmaydi!

Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “snos” muammosiga e'tibor qaratar ekan, bunday holatga butunlay barham berish uchun uy-joy bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolatni belgilab qo‘yish lozim degan edilar.

Bugun ushbu konstitutsiyaviy kafolatning haqiqiy huquqiy asosini miridan sirigacha belgilab beradigan qonun Davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi.

Uzoq davom etgan bahs-munozaralardan so‘ng demokratik jarayonlar chig‘irig‘idan muvaffaqiyatli o‘tgan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun xalqimizni bir necha yildan buyon qiynab kelgan muammolarga barham berishiga ishonamiz.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Konstitutsiyaviy_islohotlar

Konstitutsiyada nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini mustahkamlash taklif qilinmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

Aziz yoshlar!

Sizlarni sevimli bayramingiz, azmu shijoat, go‘zallik va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etamiz.

Sizlarning chuqur mushohadali, vaziyatni atroflicha tahlil qila oladigan, muammolarga qonun doirasida yechim topishga intiladigan keng fikrli insonlar bo‘lib kamol topishingizda tilakdoshmiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilaymiz. Ezgu intilishlaringizni ro‘yobga chiqarish yo‘lida boshlagan har bir ishingizda ulkan zafarlar hamisha hamroh bo‘lsin!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📹 Ma'muriy tartib-taomillarda ishonchning himoya qilinishi prinsipi nima?

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari

Toshkent shaharidgi davlat xizmatlari markazlarida bepul Wi-Fi zonalari tashkil etildi.

Poytaxtimizda joylashgan davlat xizmatlari markazlarga tashrif buyuruvchilar uchun salomatlik burchaklari, investorlar xonasi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchaklari tashkil etilgan.

Endilikda ushbu afzalliklar qatoriga bepul Wi-Fi zonalari ham qo‘shildi. Ya’ni, Toshkent shaharidagi 7 ta tuman, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor, Yashnobod, Uchtepa, Yakkasaroy hamda Yangihayot davlat xizmatlari markazlariga murojaat bilan kelgan har bir fuqaro bepul Wi-Fi tarmog‘idan ham foydalanishlari mumkin.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Bugungi kunda, Adliya vazirligi tizimida jami 8 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, shundan 2 365 nafari, ya'ni 29 foizini yoshlar tashkil qiladi.

Bu yoshlarning 212 nafari, ya'ni 11 foizi rahbarlik lavozimlarida ishlab kelmoqda. Adliya vazirligi markaziy apparatining o‘zida 20 nafar yosh rahbar xodim faoliyat yuritib kelayotganliginini esa alohida ta'kidlash lozim.

Vazirlikda yoshlarni ishga jalb qilish borasida ham o‘ziga hos tajriba yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, 2021-yilda adliya organlari va muassasalariga jami 95 nafar yosh bitiruvchilar ochiq tanlov asosida ishga qabul qilindi.

Bu yoshlarning o‘z tengdoshlaridan farqi nimada? Ular nima uchun aynan Adliya vazirligini tanlashgan? Ularning orzulari va rejalari qanday?

📹 Tayyorlangan 👉videomaterialda bu haqda batafsil ma'lumotga ega bo‘lasiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Jahon Banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov MDH ishtirokchi davlatlari adliya vazirlari Kengashining o‘n oltinchi majlisida qatnashdi

👉Batafsil
_______

#Сообщение_юстиции

Министр юстиции Русланбек Давлетов принял участие в шестнадцатом заседании Совета министров юстиции государств – участников Содружества Независимых Государств

👉Подробнее

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya organlari va muassasalarida korrupsiyaga duch kelsangiz, bizga xabar bering

Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz urush e'lon qilingan.

Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan, adliya boshqarmalari va bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari, FHDYo organlari va yuridik ta'lim muassasalaridagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1322) telefoniga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.
__________________

#Сообщение_юстиции

Если вы столкнулись с коррупцией в органах и учреждениях юстиции, сообщите нам

В системе органов юстиции объявлена бескомпромиссная борьба с коррупцией.

Теперь информацию о случаях коррупции в системе Министерства юстиции, управлениях и отделах юстиции, центрах по оказанию юридических услуг, нотариальных конторах, центрах государственных услуг, органах ЗАГСа, а также учреждениях юридического образования можно направить через специальный телеграм-бот @antikorbot, телефоны (71) 207-04-64 (1321 или 1322) или специальную платформу на официальном сайте министерства www.adliya.uz.

❗️Сообщения, отправленные по указанным контактам, будут рассмотрены в установленном порядке с обеспечением конфиденциальности заявителя.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov boshchiligidagi delegatsiya X Sankt- Peterburg xalqaro yuridik anjumanida ishtirok etmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan OAV vakillari uchun “Raqamlashtirish davrida media va feyk xabarlar: huquqiy va ahloqiy omillar” nomli qo‘llanma tayyorlandi.

👉
Batafsil

@adliyangiliklari