Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Adliya vazirligi tomonidan 15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan onlayn muloqot o‘tkaziladi

Muloqot Adliya vazirligining Facebookdagi «Adliya bilan muloqot/ Диалог с юстицией» guruhida 2022-yil 14-may kuni soat 11:00 da “Oilalardagi muammolar va ularning qonuniy yechimi” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Muloqot davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi B. Saidmuradov hamda Shayxontohur tuman adliya bo‘limi FHDY mudirasi N. Yusufbekovalar tomonidan oilaviy munosabatlarda, jumladan, nikoh qurish, otalikni belgilash, aliment va boshqa masalalarga oid savollarga javob beriladi.

Mavzu bo‘yicha savollaringizni Adliya vazirligining @adliyaga_savolbot elektron manzili orqali yo‘llashingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Intellektual mulk sohasida mas'ul davlat organlari va tashkilotlar xodimlarini o‘qitish yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro konferensiya haqida xorijiy hamkorlar e'tirofi

Nigina ALIZODA,
Tojikiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro konferensiya haqida xorijiy hamkorlar e'tirofi

Erkinbek KERIMBAYEV
Qirg‘iz Respublikasi Raqamli rivojlanish vazirligi, Raqamli yechimlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navoiy viloyatidagi yuridik xizmat ko‘rsatish sifati va mavjud muammolar tahlil etildi

Adliya vaziri o‘rinbosari M.Ikramov xizmat safari bilan Navoiyda bo‘lib, viloyatda tashkil etilgan markazlar faoliyati, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmat sifati, ishni samarali tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Soha xodimlari bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, vaziri o‘rinbosari ishtirokida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish sifati va mavjud muammolar tahlili yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkentda davlat xizmatini modernizasiya qilish va qonun ustuvorligini ta'minlashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya birinchi kun tafsilotlari

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘iga asosan Adliya vazirligi markaziy apparatida qator lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro anjumaning birinchi kun tafsilotlari

Xabar berilganidek, 12-may kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari davlat xizmatchilari uchun “Davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va qonun ustuvorligi tamoyillarini hurmat qilish” mavzusida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi.

Tadbir bugun, 13-may kuni ham davom etib, inson resurslarini boshqarishni takomillashtirish orqali ma'muriy islohotlar barqarorligini ta'minlash, davlat xizmatchilarini qayta tayyorlash va professional rivojlantirish mavzularida horijiy ekspertlar ma'ruzalari bo‘lishi kutilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yangi tahrirdagi “Ma'muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliyaga_savol

Assalomu alaykum, davlat xizmatlari markaziga kimlar ishga olinadi: oliy ma'lumotli har qanday shaxsmi yoki o'rta maxsus ma'lumotli mutaxassislar ham ishga kirishi mumkinmi?

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 3-bandiga muvofiq, xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida belgilangan har bir lavozim va kasb bo‘yicha ta'lim va malaka darajasiga qo‘yiladigan talablar malaka darajalariga erishish sxemasiga muvofiq tegishli lavozim (kasb)ning malaka darajasidan kelib chiqqan holda ish beruvchilar tomonidan mustaqil belgilanadi.

Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlarida mavjud lavozimlarga quyiladigan malaka talablari quyidagicha belgilangan. Jumladan,

▪️ bo‘lim boshlig‘i, servis-menejer va mutaxassislari lavozimiga qoida tariqasida huquqshunoslik, iqtisodiy, moliyaviy, soliq, bank ishi yoxud axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘icha oliy ma'lumotga ega bo‘lishi;

▪️ hisoblash texnikasi operatori lavozimiga axborot texnologiyalari bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma'lumotga ega bo‘lishi;

▪️aloqa operatori lavozimiga oliy yoki o‘rta-maxsus ma'lumotga ega bo‘lishi lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, adliya tizimiga ishga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar vazirlikning vacancy.adliya.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, bo‘sh vakant lavozimlar bo‘yicha berilgan e'longa asosan tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

@adliyangiliklari