Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.12K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Xalqaro_OAV_biz_haqimizda

🇹🇷🗞 Turkiya matbuoti: O‘zbekistonda mulk huquqlari kafolatini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda

Anqarada joylashgan «RUSEN» tahliliy instituti rasmiy veb-saytida e'lon qilingan tahliliy maqolada mamlakatimizda mulk huquqlarini himoya qilish va sohada amalga oshirilayotan eng muhim islohotlar qalamga olingan.

Xususan, oxirgi besh yil mobaynida mulk huquqlari muhofazasini kuchaytirishga qaratilgan qator yangi huquqiy hujjatlar qabul qilinganiga ham alohida e'tibor qaratilgan.

«Bosh prokuratura va Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakiliga mulkdorning mulkiy huquqlari buzilgan taqdirda, jumladan, qonunga xilof ravishda cheklash yoki mahrum qilish holatlari aniqlanganda tezkor choralar ko‘rish topshirilgani — sohada mansabdor shaxslar tomonidan huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olishga qaratilgan muhim qadamdir», — deydi muallif.

👉Maqolani o‘qish

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan “Skeyt O‘zbekiston” assotsiatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonda skeytbording va roller sportini rivojlantirish va ommalashtirish, skeytbording va roller sporti bilan shug‘ullanuvchilar, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, skeytbording va roller sport turlari boʻyicha madaniy-maʼrifiy, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport tadbirlarini oʻtkazish, xalqaro sport aloqalarini kengaytirish hamda oʻz aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilishdan iborat.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi


@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston tentpegging federatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi tentpegging sport turini rivojlantirish
va ommalashtirish, sport orqali aholi, ayniqsa yoshlarni sportga, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, tentpegging hamda boshqa turdosh sport turlari bo‘yicha madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tadbirlarini o‘tkazish, xalqaro sport aloqalarini kengaytirish hamda o‘z a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash va himoya qilishdan iborat.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universitetini strategik rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

TDYU Kuzatuv kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Kengash raisi, adliya vaziri Ruslanbek Davletov olib bordi. Unda Kengash aʼzolari, unversitet rahbariyati va talabalar ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Muhokma uchrashuvlari — samarali munozara va muloqot maydon

Bugun Adliya vazirligining mutassadi xodimlari hamda Toshkent shahridagi adliya bo‘limlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari raxbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda “E-qaror”, “E-huquqshunos” va “Yurist.adliya.uz” elektron tizimlarini hamda markazlarni tashkil etishdan maqsad, ularning vazifa va funksiyalari hamda kutilayotgan natijalar haqida so‘z bordi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

ONALAR SALOMATLIGI - MILLAT BOYLIGI

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oylik” doirasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Ko‘rik avvalida mutaxassislar yoshi ulug‘lar hamda jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar xonadoniga uyma-uy yurib, dastlab qonunchilikdagi yangiliklar, tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi va mavjud imtiyozlar haqida huquqiy tushuncha berdi.Shundan so‘ng, sayyor tartibda tibbiy xizmat ko‘rsatildi.

Tadbir yuridik texnikumida tor doiradagi mutaxassislar ishtirokida tashkil etilgan tibbiy ko‘rik bilan davom etdi. 100dan ortiq xotin-qizlar mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

14-fevral
▪️ Адлия органлари мактаблардаги кадр хизмати ходимларига 16 миллиард сўм кам ойлик тўланганлигини аниқлади.

▪️ Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi “Inson va qonun” gazetasi bosh muharriri, taniqli o‘zbek adibi va dramaturg Norqobil Qo‘chqor Rossiya Davlat Dumasi Jamoatchilik palatasi hamda Rossiya Xalqaro yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Muqaddas Anna” (“Svyataya Anna”) ordeni bilan taqdirlandi.

▪️ Adliya vazirligi xodimlari uchun “Buyuk Britaniyaning davlat xaridlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tajribasi” mavzusida onlayn seminar-trening tashkil etildi.

15-fevral
▪️ Адлия вазирлиги: Гулнора Каримова томонидан хорижга ноқонуний олиб кетилган мол-мулклар Ўзбекистонга қайтарилмоқда.

▪️ “Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas!

16-fevral
Milliy matbuot markazida “Qabul qilinayotgan muhim qonun hujjatlarini keng aholi qatlamiga va tadbirkorlik subyektlariga yetkazish” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

17-fevral
▪️ Adliya vazirligi tomonidan ilk bor “Eng yaxshi yuridik xizmat” respublika tanlovi e’lon qilinadi.

▪️ “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” loyihasi doirasida “Sanoat qurilish bank” ATB ayol xodimlari uchun xotin-qizlar huquqlari kafolati hamda ularga berilayotgan imtiyozlar mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi.

18-fevral
▪️ Adliya vazirligi tomonidan “Skeyt O‘zbekiston” assotsiatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston tentpegging federatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

▪️ Adliya vazirligining mutassadi xodimlari hamda Toshkent shahridagi adliya bo‘limlari va yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari raxbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat yuridik universiteti Kuzatuv kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet faoliyatiga oid muhim masalalar, xususan ТDYUni strategik rivojlantirish dasturi va uni amalga oshirish bo‘yicha 2022/2026-yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasi tasdiqlandi.
________

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

▫️ Davlat tashkilotlarining huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha tadbirlari elektron monitoring qilinadi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹 Karmanalik 10 nafar pensionerning masalasi bir kunda hal etildi.

🔹 Xatirchida “Chorvanasl” markazida ishlab ketganlar uchun 80 millionga yaqin pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy”doirasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🔹 Farg’ona viloyatida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi 2 nafar notariusning litsenziyalari toʻxtatildi.

🔹 Mirzachoʻl tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan xodim ishga tiklandi.

🔹 2021-yil davomida Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aniqlangan 70 075 ta qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarga 1 761 ta taqdimnoma, 6 711 ta ogohnoma hamda aybdor shaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 416 ta takliflar kiritildi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan 205 million soʻm tovon puli undirildi.

🔹 Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tomonidan xotin-qizlar uchun keng qamrovli sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Pop tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 20 nafar C1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan rus tili fani o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama haqlari to‘lab beriladigan bo‘ldi.

🔹 Pop tuman adliya bo‘limi tomonidan 5 nafar madaniyat bo‘limi xodimlariga jami 68 milliondan ortiq ustama haqlari to‘lanmaganligi aniqlandi.

🔹 Namangan viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan maktab sinf rahbarining qonuniy manfaatlari ta’minlandi.

🔹 Paxtaobodda 186 nafar xotin-qizlarning 500 milliondan ortiq ish haqlari to‘lanmagan. Adliya holatni o‘rgandi.

🔹 Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan “Mirzo Ulug’bek” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston yong‘in o‘chiruvchilari va qutqaruvchilar sporti federatsiyasi Sirdaryo viloyat bo‘limi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🔹 “Mirzaobodlik ishbilarmon ayollar” nodavlat notijorat tashkiloti Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🔹 Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan “Ko‘rkam diyor” mahallasida istiqomat qilayotgan xotin-qizlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🔹 Sardoba tuman adliya boʻlimining sa’y-harakatlari bilan fuqaroga uning qonuniy mulki qaytarildi.

🔹 “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbirlari doirasida Sirdaryo tumanida seminar va sayyor qabul o‘tkazildi.

@adliyangiliklari
#Diqqat_muhim

2022-yil 25-fevral kuni “Strategik islohotlarni huquqiy ta’minlash: yakuniy tahlil va yangi chaqiriqlar” mavzusida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.

Tadbir Adliya vazirligi tomonidan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tashkiloti ko‘magida tashkil etilmoqda.

Ko‘zlangan maqsad strategik islohotlarni huquqiy jihatdan yakuniy tahlili, shuningdek 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish nuqtai nazardan yuridik hamjamiyat oldida turgan yangi vazifa va chaqiriqlarni muhokama qilishdan iborat.

Anjumanda Buyuk Britaniya, Xorvatiya, AQSh kabi davlatlarning ekspertlari, shuningdek BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili (UNDP), Yevropa Ittifoqi (EU) va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) vakillari o‘z ma’ruzari bilan ishtirok etadi.

Tadbir tavsilotlari Adliya vazirligining Youtube ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida jonli ravishda yoritib boriladi 👉 https://www.youtube.com/c/Adliya

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari