Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.4K photos
1.35K videos
32 files
5.07K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

So‘z ota-onalarga: "Adliya ko‘magida o‘g‘lim o‘zini-o‘zi band qildi"

Ishtixon tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan Javlonbek Obloqulovga o‘zi istagan payvandlash uskunasi topshirildi.

Otaliqqa olingan yoshlarning huquqiy muammolarini hal etishga qaratilgan ishlar Ishtixonda ham davom etmoqda. Ishtixon adliyasi tomonidan otaliqqa olingan 2400 nafardan ortiq yoshlarning 357 nafarini huquqiy muammolari bartaraf etilib, jarayon bugungi kunda ham to‘xtagani yo‘q.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Toshkent davlat yuridik universitetida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi

Toshkent shahri va Toshkent viloyati adliya boshqarmalariga biriktirilgan 120 nafar otaliqqa olingan yoshlar hamda Toshkent shahridagi 24-ixtisoslashtirilgan maktabining 50 nafar talabalari jalb qilingan holda Toshkent davlat yuridik universitetida “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” shiori ostida "Rektor va yoshlar" uchrashuvi, "Ochiq eshiklar kuni" va “Men qanday talaba bo‘ldim” tadbirlari tashkil qilindi.

Tashrif buyurgan yoshlar avvalo universitetda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishdilar va ta’lim olayotgan talabalar bilan yaqindan fikr almashdilar.

Yoshlar bevosita universitetda tashkil qilinayotgan yirik loyiha — BMT modeli loyihasida ishtirok etib, o‘z bilimlarini yanada oshirdilar.

Bundan tashqari, ta’lim dargohi rektori bilan motivatsion uchrashuv hamda interaktiv o‘yinlar yoshlar uchun juda sermazmun bo‘ldi.
Yoshlar o‘zlarining fikrlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashdi.

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan sahnalashtirilgan spektakl namoyish qilindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Yurtimizda xotin-qizlar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga doir loyihalardan aholini boxabar qilayotgan adliya organlari xodimlari tizimga biriktirilgan yoshlar hayotiga masʼul.

Uchquduq tumani adliya boʻlimining otaligʻidagi Nilufar Umedova oʻzining savdo doʻkonida tadbirkorligi ortidan oilasiga nafi tegayotganidan mamnun.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Adliya yoshlarni qoʻllab-quvvatlaydi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan adliya organlariga biriktirilgan yoshlar hamda Toshkent shahar yuridik texnikumi oʻquvchilari uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga “Ochiq eshiklar kuni” tadbirlari muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Yoshlarning navbatdagi tanishuvi Toshkent shahar sudida boʻldi. “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida 50 nafar yoshlar sudlar faoliyati va sudlarda fuqarolarningning huquqlari qanday himoya qilinishi hamda qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishishdi.

Shuningdek, sudyalik kasbiga qiziqishlari uygʻongan yoshlar uchun ham bu kasbning sharafli va mashaqqatli jihatlari haqida batafsil tushintirishlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Adliya vaziri yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Bugun, 17-dekabr kuni “Yoshlar forumi-2024” doirasida adliya vaziri Akbar Toshqulov yoshlar bilan uchrashdi.

Tadbirda 250 nafardan ortiq adliya tizimidagi yoshlar, oliy taʼlim muassasalari talabalari, akademik litsey va texnikum oʻquvchilari ishtirok etdi.

Akbar Toshqulov Adliya vazirligi faoliyat yoʻnalishlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, istiqboldagi rejalar haqida taqdimot qildi hamda yoshlar bilan oʻzining kasbiy va hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

Ochiq muloqot formatida boʻlib oʻtgan uchrashuvda yoshlar bir qator takliflarni ilgari surdi hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollarini toʻgʻridan-toʻgʻri vazirga yoʻllashdi.

Faol ishtirokchilarga Adliya vazirligining esdalik sovgʻalari topshirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_yoshlar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov vazirlikka otaliqqa biriktirilgan yoshlar, shuningdek, huquqshunoslik sohasida taʼlim olayotgan va kelajakda adliya sohasida ishlashga ishtiyoqi bor boʻlgan 150 nafardan ortiq yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.

Tadbir davomida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” ham tashkillashtirilib, adliya faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan “Azart oqibati” nomli film namoyish qilindi.

Tadbir soʻngida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollar, takliflar va muammolarini toʻgʻridan-toʻgʻri vazirga yoʻlladilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM