Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.05K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliyadan_javob

Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi nima?

— Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi – mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ixtiyorida bo‘lgan, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, xususiy, munitsipal va idoraviy uy-joy fondidan olib mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam ta’minlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanishga berish uchun mo‘ljallangan uy-joy fondi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan murojaatlarni ko‘rib chiqish qanday amalga oshiriladi?

— Bola huquqlari bo‘yicha vakil arizalar, takliflar va shikoyatlar tarzida kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil shikoyatlarni “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda, arizalar hamda takliflarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining, O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning, yuridik shaxslarning bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan tashkilotlarning yoki mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan bergan shikoyatlarini ko‘rib chiqadi hamda o‘z tekshiruvini o‘tkazish huquqiga ega.

Shikoyatlar og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda berilishi mumkin.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil qabul jadvallariga muvofiq jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining shaxsiy qabulini, shuningdek jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullarini tashkil etadi.

Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jadvallari, qabulni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish to‘g‘risidagi axborot, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tartibi Bola huquqlari bo‘yicha vakilning rasmiy veb-saytida e’lon qilish, shuningdek uning ma’muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkaziladi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil sudning vakolatlari jumlasiga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqmaydi.

Anonim murojaatlar Bola huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 29-fevraldagi O‘RQ-917-son Qonuni.


@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslar kimlar?

O‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan yolg‘iz shaxslar — farzandlari (shu jumladan, farzandlikka olinganlar), eri (xotini), ota-onasi, homiylari va sud tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxsni parvarish qilish majburiyati yuklangan shaxslar (voyaga yetmagan yoki 1-guruh nogironligi bo‘lgan farzandlar, o’zgalar parvarishiga muhtoj I va II-guruh nogironligi bo‘lgan yoki yoshga doir pensiya yoshidagi eri (xotini) va ota-onasi bundan mustasno) bo‘lmagan o‘zgalar parvarishiga muhtoj I va II- guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi qanday tizim?

— Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimi-yo‘llar bo‘yida joylashgan maktablar oldida, kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida, yo‘l-transport hodisalari o‘choqlarida belgilangan tezlikni oshirish, temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish qoidalarini buzish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlash tizimi.
______________

“Ma’muriy amaliyot” moduli nima?

— Ma’muriy amaliyot” moduli-yo‘l harakati sohasidagi ma’muriy huhuqbuzarliklarga doir ishlarni hisobga olish, ko‘rib chiqish hamda qoidabuzarga nisbatan ma’muriy tartibda jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni shakllantiruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-martdagi 148-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Qanday joylar turar joy va xizmat turar joylari hisoblanadi?

Turar joy — fuqarolarning doimiy yashashiga mo‘ljallangan, belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironligi bo‘lgan shaxslar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo‘ljallangan joylar.

Xizmat turar joylari — xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondida joylashgan, o‘z mehnat munosabatlari xususiyatiga ko‘ra ish joyiga bevosita yaqin erda yashashi kerak bo‘lgan fuqarolar ko‘chib kirishiga mo‘ljallangan turar joylar.
______________

Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha davlat xizmatlari kim orqali ko‘rsatiladi va ushbu davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

— Davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha davlat xizmatlari Davlat xizmatlari markazi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ko‘rsatiladi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 124-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Davlat mulki nima?

Davlat mulki — respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki (munitsipal mulk)dan iborat bo‘lgan ommaviy mulk shuningdek, davlat tashkilotlari, korxonalari va muassasalari hamda xo‘jalik jamiyatlariga tasarruf etish huquqisiz berilgan davlat mulki.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya ajratish qanday amalga oshiriladi?

— Ish beruvchilar jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsni ishga qabul qilgandan so‘ng uch oydan ortiq muddatda mehnat faoliyatini davom ettirgandan keyin subsidiya olish uchun tegishli mahalliy mehnat organiga yozma ravishda yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.

Murojaatda ishga qabul qilingan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, ish beruvchining subsidiya to‘lab berilishi lozim bo‘lgan hisobvarag‘i ko‘rsatilishi, shuningdek, murojaatga jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxsning ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq nusxasi ilova qilinishi shart.

Mahalliy mehnat organi uch ish kunida murojaatni o‘rganib chiqadi va o‘rganish natijalariga ko‘ra jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga qabul qilganligi uchun subsidiya ajratish (ajratishni rad etish) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Mahalliy mehnat organi besh ish kunida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, subsidiyani ish beruvchining hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 450-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Vaxta usulidagi ish va vaxta obyekti nima?

Vaxta usulidagi ish — xodimlarning doimiy yashash joyiga kunlik qaytishini ta’minlash imkoni bo‘lmagan taqdirda va (yoki) ish joyi ish beruvchining joylashgan joyidan sezilarli darajada uzoq masofada joylashganda, ishlab chiqarish obyektlarini, ijtimoiy va boshqa obyektlarni qurish, ta’mirlash yoki rekonstruksiya qilish muddatlarini qisqartirish, aholi yashamaydigan, olis hududlarda yoxud alohida tabiiy sharoitlarga ega bo‘lgan hududlarda ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishni ta’minlash maqsadida, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun bajariladigan ishlar.

Vaxta obyekti — xodimlarning doimiy yashash joyi va ish beruvchining tashkilotlari joylashgan hududdan sezilarli uzoq masofada (cho‘lda, tog‘li va aholi qatnovi bo‘lmagan chekka hamda uzoq hududlarda) joylashgan obyektlar.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-iyuldagi 287-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Moliya bozori va tovar bozori nima?

Moliya bozori — banklar, kredit, sug‘urta va boshqa moliya tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek, qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, Oʼzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Tovar bozori — tovarning, shu jumladan bir-birining o‘rnini bosadigan tovarning (o‘zining belgilangan maqsadi, qo‘llanilishi, sifati va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha taqqoslanishi mumkin bo‘lgan, isteʼmolchi almashtirishga tayyor bo‘lgan tovarning) O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomalasi doirasi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga mos kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
____________________

Tovar va moliya bozorini o‘rganishda monopoliyaga qarshi organ yuridik va jismoniy shaxslardan, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlaridan, statistika organlaridan tegishli ravishda qanday maʼlumotlarni so‘rab olishi mumkin?

— Quyidagi maʼlumotlarni so‘rab olishi mumkin:
▫️rasmiy statistika maʼlumotlari;
▫️tovarlarning ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, xarid qilish, import va eksport hajmlari;
▫️tovarning realizatsiya narxi va hajmlari;
▫️tovar ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi korxonalar ro‘yxati;
▫️xo‘jalik yurituvchi subyektning hamkorlikdagi faoliyati bilan bog‘liq shartnomalar nusxalari;
▫️tovarlarni realizatsiya qilish uchun tuzilgan shartnomalar nusxalari;
▫️tovarning texnik hujjatlari.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qarori.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashda sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa olish uchun qanday ma’lumotlar va hujjatlar talab etiladi?

— Xulosa olish uchun talab etiladigan ma’lumotlar va hujjatlar:
a) ariza. Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
- yuridik shaxsning nomi, STIR raqami, pochta manzili, elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) hamda telefon raqami;
- obyekt joylashgan manzil;
- ishlarni bexatar amalga oshirish bo‘yicha javobgar shaxslar to‘g‘risida ma’lumot (FIO, JShShIR, buyruq raqami va sanasi);
b) asbob-uskunalarning ro‘yxati va texnik sozligi;
v) avariya yuz bergan holatda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish choralarini ko‘rish, avariya bartaraf etish rejasi;
g) ishlarni xavfsiz olib borish bo‘yicha yo‘riqnomalar.
_______________

Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashda sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa berish uchun arizani ko‘rib chiqish va xulosa berganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori qancha?

— Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi.
Xulosa berganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan “Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona” ma’muriy reglamenti.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM