Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.34K videos
32 files
5.06K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

79 yoshli Vitaliy Bergerga sayyor
davlat xizmati ko’rsatildi

Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi 79 yoshli Vitaliy Bergerning qizi davlat xizmatlari markaziga qo’ng’iroq qilib, otasining ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish ehtiyoji borligini, ammo uning eshitish va ko’rishda nuqsoni borligi sabab markazga bora olmasligini ma’lum qilgan.

Shundan so’ng Uchtepa tumani davlat xizmatlari markazi xodimlari keksa nuroniyning uyiga sayyor davlat xizmatini tashkil etishdi.

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Endilikda, litsenziatlar “Litsenziya” axborot tizimida o‘z litsenziya va ruxsatnomalarini to‘xtatib turish uchun onlayn ariza berishlari mumkin

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi o‘n ikkinchi qismiga ko‘ra: litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish haqida vakolatli organga “Litsenziya” axborot tizimi orqali onlayn ariza bilan murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

🖥Murojaatlar:
– "Litsenziya" axborot tizimidagi litsenziatning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.

Xizmatdan foydalanuvchilar: Litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

Ariza yuborilganidan so'ng, Litsenziya yoki ruxsatnomaning amal qilish muddatini olti oygacha bo‘lgan muddatga to'xtatib turish to'g'risida qaror avtomatik shakllantiriladi va arizachiga taqdim etiladi.

❗️Eslatma:
agar litsenziat olti oy ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida tizim orqali ariza bilan murojaat etmagan bo‘lsa hujjatning amal qilishi tugatiladi.

Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi axborot bir kun ichida maxsus elektron tizimga joylashtiriladi.

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari #Aholiga_yordam

Davlat xizmatlari markazlariga kelayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va nogironligi bo’lgan shaxslarga qulaylik yaratish maqsadida ijtimoiy xizmat darchalari orqali navbatsiz qabullar yo’lga qo’yilgan.

Eslatib o’tamiz, davlat xizmatlari markazlariga kirish joylarida nogironlik aravachalari hamda eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan erkin foydalanish uchun “Surdo-online” planshetlari ham qo’yilgan.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

❄️ Har qanday ob-havo sharoitida ham xush kayfiyat bilan sizga sifatli davlat xizmatlarini ko'rsatishga doimo shaymiz!

@adliyangiliklari
Forwarded from Poytaxt_adliya
#davlat_xizmatlari

❄️ Tabiatning go‘zal manzarasi oppoq qor bugun poytaxtimizga o‘zgacha chiroy baxsh etmoqda

☕️ Qalblarga bir olam zavq bag‘ishlovchi ushbu manzaradan bahramand bo‘lib Davlat xizmatlari markazi ostonasidan kirgan har bir mijozga  xush kayfiyat va mehr bilan issiq choy va shirinliklar ulashayotgan xodimlar esa kayfiyatingizni yanada ko‘taradi.

😊 Har qanday ob-havo sharoitida ham biz Sizga iliqlik va mehr ulashishdan to‘xtamaymiz…


Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

📹 Televideniya xizmatlaridan foydalanishga ulanish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil 👉 videoda.


@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari

☕️ Qashqadaryo viloyatida hukm surayotgan sovuq ob-havo sharoitida 16 ta tuman va shahar davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan fuqarolarga issiq choy va qahva ulashilmoqda.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil 👉videoda

@adliyangiliklari
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Litsenziatlar “Litsenziya” axborot tizimida o‘z litsenziya va ruxsatnomalarini to‘xtatib turish uchun onlayn ariza berishlari mumkin

🗓
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi o‘n ikkinchi qismiga ko‘ra: litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish haqida vakolatli organga “Litsenziya” axborot tizimi orqali onlayn ariza bilan murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.

🖥Murojaatlar:
– "Litsenziya" axborot tizimidagi (https://license.gov.uz/) litsenziatning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

📌Ariza yuborilganidan so'ng, Litsenziya yoki ruxsatnomaning amal qilish muddatini olti oygacha bo‘lgan muddatga to'xtatib turish to'g'risida qaror avtomatik shakllantiriladi va arizachiga taqdim etiladi.

❗️Eslatma:
agar litsenziat olti oy ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida tizim orqali ariza bilan murojaat etmagan bo‘lsa hujjatning amal qilishi tugatiladi.

🗓 Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi axborot bir kun ichida maxsus elektron tizimga joylashtiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #Davlat_xizmatlari

Namanganda aholi gavjum joylar hamda MFY binolarida davlat xizmatlari ko'rsatish yo'nalishida "O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish" burchaklari (infokiosklar) o'rnatildi.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ”Qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish” to’rtinchi ustuvor yo‘nalishining 74-maqsadida aholi farovonligini ta’minlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi “tayanch ko‘prik”ka aylantirish belgilangan.

Bunda, mahallalarda 100 dan ortiq davlat xizmatlarini “bir qadam”da ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish hamda mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni 100 foiz raqamlashtirib, har bir mahallada “elektron xizmat nuqtalari”ni ishga tushirish rejalashtirilgan edi.

Shunga ko'ra, Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan mazkur maqsadlarni amalda ijrosini ta’minlash maqsadida bugungi kunda aholi gavjum joylar hamda mahallalarda "O'z-o'ziga xizmat ko'rsatish" burchaklari (infokiosklar) o'rnatildi.

Barcha qulayliklar inson manfaati uchun!

@adliyangiliklari