Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.34K videos
32 files
5.06K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Kattaqo‘rg‘onliklarning huquqiy muammolari adliya tomonidan o‘rganildi

Tumanning “Qirg‘iz” mahallasida yashovchi fuqaro A.Muhammadiyev arxiv hujjatlarida ism va familiyasida xatoliklar chiqayotgani hamda uni bartaraf etishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati adliya aralashuvi bilan qisqa fursatda hal etiladigan bo‘ldi.

Kattaqo‘rg‘onda tashkil etilgan sayyor qabulda kattaqo‘rg‘onliklarning shu kabi huquqiy muammolari tinglandi. Xabaringiz bor, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatining fuqarolarning huquqiy muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlari asosida viloyat miqyosida sayyor qabullar tashkil etilib kelinmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi doirasida ayrim qonunchilik hujjatlari Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirildi

Prezident farmoni (PF–140, 15.08.2023-y) bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi

🔰 Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatga ko‘ra:

🔹 2024-yil 1-yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;

🔹 2024-yil 1-yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga o‘zgartirish kiritiladi;

🔹 2025-yil 1-yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘im bekor qilinadi.

Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:

🔸 2023-yil 1-oktabrgacha tovarlarni import qilish uchun litsenziya berish jarayonini avtomatlashtirish (raqamlashtirish) bo‘yicha;

🔸 2024-yil 1-yanvargacha transport xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun subsidiya berish tizimini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish bo‘yicha;

🔸 2023-yil 1-noyabrgacha tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yig‘imlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish bo‘yicha.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziya_axborot_tizimi

🖥“Litsenziya” axborot tizimi haqida bilasizmi?

📄Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📱Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

👉Batafsil videorolikda 👆👆👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Bir xarakatda Noturar obyektlarini kadastr pasportini shakllantirish va ularga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin!

Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 1 barobaridan 80,5 barobarigacha yig‘im undiriladi.

Ariza 5-25 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

Keyingi qadamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha bo'lgan miqdorda yig'im undirilgandan, so'ng real vaqt rejimida Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi ko‘chirmani yuklab olish mumkin bo'ladi.

Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

Faoliyatning qanday turlari bo‘yicha litsenziyaning amal qilishi uchun yillik davlat bojlari belgilanadi?

— Faoliyatning quyidagi turlari bo‘yicha litsenziyaning amal qilishi uchun yillik davlat bojlari belgilanadi:
▪️kontsert-tomosha faoliyati;
▪️iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish;
▪️alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi sohasidagi faoliyat;
▪️telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini ko‘rsatish.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_xizmatlar

"Jom"ga DXMning o‘zi bordi

Nurobodning olis Jom qishlog‘ida 7 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Albatta ularning davlat idoralari bilan bog‘liq murojaatlari talaygina. Qishloq aholisiga qulaylik yaratish maqsadida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “O‘zimiz keldik” aksiyasi doirasida sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi. Fuqarolar shu kuni zamon talablari darajasida jihozlangan, quyosh paneli asosida o‘zini o‘zi elektr energiyasi bilan ta'minlovchi maxsus mobil avtobusda davlat xizmatlaridan sayyor tarzda foydalanishdi.

@adliyangiliklari
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz

"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxs)ni qayta ro'yxatdan o'tkazish tartibini bilasizmi?

Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_axborot

Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Xalqaro press klubning “Huquqiy axborot” loyihasi

Buyuk Britaniyada
ko‘lmakdan o‘tib, o‘tkinchining ustiga suv sachratish jinoyat hisoblanadi va 6500 dollargacha jarima bilan jazolanadi.

⁉️Xo'sh, O'zbekistonda-chi?

O'z huquqingizni biling! Shunda qonunlar o'z o'rnida ishlaydi. Keling, Huquqlarimizni birgalikda o'rganamiz.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Комментарий_эксперта

Заведующий кафедрой права интеллектуальной собственности Ташкентского государственного юридического университета Шохжахон Хужаев в интервью радио «Oriat FM» отметил важность инициатив главы государства, выдвинутых во время открытого диалога с предпринимателями.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эксперт_шарҳи

Тошкент давлат юридик университети фуқаролик ҳуқуқи кафедраси доценти Қамбариддин Меҳмонов «Oriat DONO» радиосига берган интервьюсида Президент Шавкат Мирзиёев томонидан тадбиркорлар билан очиқ мулоқот давомида илгари сурилган ташаббуслари ҳақида гапириб берди.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Tojikiston adliya vaziri Muzaffar Ashuriyon bilan uchrashdi

2023-yil 23-avgust kuni Adliya vazirligi binosida vazir A.Toshqulov bilan Tojikiston Respublikasi Adliya vaziri M.Ashuriyon boshchiligidagi delegatsiya vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida, O‘zbekiston adliya vaziri mehmonlarni vazirlikning faoliyati, uning maqsadi va vazifalari bilan tanishtirdi. Shuningdek, fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z o‘rnida, Tojikiston delegatsiyasi mamlakatimizda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi so‘nggi o‘zgarishlarni e’tirof etgan holda, mazkur yo‘nalishda hamkorlikni kuchaytirish va tajriba almashish borasida fikr almashishdi.

Shuningdek, uchrashuv so‘nggida mehmonlarga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatidagi axborot texnologiyalarni rivojlantirish va qo‘llash bo‘yicha jonli ekskursiya tashkil etildi.

Mehmonlar o‘z navbatida, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni, shu jumladan davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi axborot texnologiyalarga oid yangiliklarni yuqori baholadi va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish zarurligiga mamnuniyat bilan ishonch bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Samarqanddagi adliya organlarida bo‘ldi

Bugun adliya vaziri Akbar Toshqulov Samarqand viloyatida xizmat safarida. Dastlab vazir viloyatdagi adliya organlarida bo‘ldi va tizim xodimlarining ish sharoitlari, ish jarayonidagi muammolar hamda davlat xizmatchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish borasdagi imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.

Jumladan, Samarqand shahar adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami bilan tanishdi. Ularni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarni berdi. Shuningdek, markazda xizmatlardan foydalanishda yo‘lga qo‘yilgan yangi tajriba — “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalar, boshqa qulayliklarni ko‘zdan kechirdi.

— Ma'lumki, Samarqand shahri “millionli shahar”ga aylantirilmoqda, — deydi Akbar Toshqulov. — Natijada shaharning o‘zi 5 ta tumanga bo‘linadi. Bu o‘z navbatida shahar aholisining davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun yanada keng sharoitlarni yaratishni taqazo etadi. Shu munosabat bilan Samarqand shahrida kelgusida bir nechta yangi markaz binolari qurilib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Qorasuv, Siyob, So‘g‘diyona, Bog‘ishamol va Maroqand tumanlarida zamonaviy davlat xizmatlari markazlari ishga tushiriladi. Ularning dastlabkisi “Qorasuv” massivida qad rostlaydi. Tashkiliy ishlarni hozirdan boshlab yuborganmiz.

Adliya vaziri tizim mas'ullari bilan o‘zaro muloqotda bu borada ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarni o‘rtaga tashladi, takliflar bilan qiziqdi, keraklif tafsiyalarni berdi.

Xizmat safari davomida adliya vaziri Samarqand viloyat yuridik texnikumi binosini ham ko‘zdan kechirdi. Muassasa faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

@adliyangiliklari