#Maslahat
❓ Tadbirkorlik faoliyatini boshlashda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish majburiy hisoblanadimi?
®️Belgini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirkorning huquqi hisoblanadi. Ya’ni amaldagi qonunchilikda bunday majburiyat mavjud emas.
Biroq, shuni bilishingiz kerakki, tovar belgisiga bo‘lgan mutlaq huquq faqat uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandagina yuzaga keladi (“Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi).
™️Boshqacha qilib aytganda, mahsulot yoki xizmat brendini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish bu belgiga egalik huquqi faqatgina sizga tegishliligini va boshqa hech kimga tegishli emasligini tasdiqlaydi.
👉На русском
@adliyangiliklari

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maslahat
©️ Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. Mualliflik huquqi buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat ya’ni ko‘chirmachilik, madaniy o‘g‘rilik, ijod namunalaridan muallif ruxsatisiz tijorat yoki tijorat bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish kiradi.
Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquqlarini tiklashi, unga yetkazilgan zararlarni to‘lashi lozim.
❗️ Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.
Mualliflik huquqini buzishga qaratilgan vositalar, asarning kontrafakt nusxalari yo‘q qilib tashlanishi kerak.