Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.4K videos
32 files
5.2K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Diqqat_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan “Vorislik huquqi“ aksiyasi o‘tkazilmoqda

Oilalarda meros bilan bog‘liq nizolarning oldini olish, shuningdek fuqarolarning mol-mulkka bo‘lgan huquqlarini ta'minlash, ularning bu sohadagi huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Vorislik huquqi“ aksiyasi o‘tkaziladi.

🗓 Aksiya 2023-yil 10-fevraldan 10-martgacha davom etadi.

Aksiya doirasida, jumladan:
▫️davlat tashkilotlari va mahallalarda manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinadi;
▫️joylarda vasiyatnomalarni tasdiqlash va boshqa notarial harakatlar sayyor tarzda amalga oshiriladi;
▫️vorislik huquqi bo‘yicha audiopodkast o‘tkaziladi;
▫️2 bosqichli (test va suhbat shaklida) tanlov tashkil etiladi;
▫️merosni rasmiylashtirish va merosni ochish bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi;
▫️bepul onlayn o‘quv kurslari va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

@adliyangiliklari
#Diqqat_aksiya

Adliya vazirligi tomonidan “Inson huquqlari oliy qadriyat” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya 2023-yil 30-iyunga qadar davom etadi.

Hududiy adliya organlari tomonidan mahallalarda ommaviy sayyor qabullar tashkil etiladi.

Sayyor qabullarda:

🔹fuqarolarning muammolarini joyida hal etish choralari ko‘riladi;
🔹o‘rganilishi talab etiladigan murojaatlar nazorat tartibida ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi;
🔹aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ta'sir choralari qo‘llaniladi;
🔹sayyor xizmatlar (notarius, davlat xizmatlari, FHDY va boshqalar) tashkil etiladi.

@adliyangiliklari