Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.4K videos
32 files
5.2K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi

Prezident tomonidan imzolangan qonun (OʻRQ-959-son, 10.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi

Unga koʻra, intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun huquq egasining talabiga koʻra huquqbuzar tomonidan tovon toʻlash tartib-taomili joriy etilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Jumladan, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra:

Patent egasi oʻzining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi oʻrniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon toʻlashini talab qilishi mumkin.

Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qatʼi nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va patent egasining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda toʻlanadi.

Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi.

Ilgari bunday normalar mavjud emas edi.

⚠️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Bir fuqaroga bir necha marta saylov byulletenini berganlik uchun javobgarlik belgilandi

Manba: O‘RQ-953-son, 29.08.2024-y.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarni hisob ro‘yxatiga olish davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi

Manba: Vazirlar Mahkamasining 553-son qarori (2024-yil 9-sentabr)

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlanishi to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilishi majburiy bo‘lgan tovarlarning ro‘yxati va ularning belgilari (ro‘yxat raqami 3576, 2024-yil 19-noyabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Xususan, mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatda ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilar tomonidan plastmassalar, qog‘ozlar, metallar, yog‘och va yog‘och materiallari, to‘qimachilik, shishalar, kompozit materiallar, batareya va akkumulatorlar uchun qayta ishlanishi to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilishi majburiy bo‘lgan belgilar ko‘rsatib o‘tilgan.

Ta’kidlash lozimki, yuqoridagi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish jarayonida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bildirilgan takliflar asosida ushbu hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n sakkiz oydan keyin kuchga kirishi belgilandi.

Ma’lumot uchun: Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlanishi to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilishi majburiy bo‘lgan tovarlarning ro‘yxati va ularning belgilari avval Adliya vazirligida davlat ro‘xatidan o‘tkazilmasdan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan amalga kiritilgan bo‘lib, ushbu hujjat Adliya vazirligining tegishli taqdimnomasiga asosan bekor qilingan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3577, 20.11.2024-y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazdi.

Ushbu Nizomda ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʻlash tartibi belgilangan.

Xususan ish beruvchilar fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga pensiya badallarini byudjetga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash bilan birgalikda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini toʻlash uchun belgilangan muddatlarda ajratadi.

Bunda, ish beruvchi har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kuniga qadar jamgʻarib boriladigan pensiya badallari oʻtkazilgan har bir toʻlov hujjati summasiga alohida, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraq raqamlari, har bir xodimning familiyasi, hisoblangan ish haqi va jamgʻarib boriladigan pensiya badallari summasi koʻrsatilgan holda xodimlar reyestrlarini elektron hujjat sifatida shakllantirib, tegishli Xalq banki filialiga taqdim etishi yoki uni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron bazasiga yuborishi shart.

Maʼlumot uchun: “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasida, jismoniy shaxslarning qonunchilikka muvofiq hisoblab chiqarilgan daromad soligʻining tegishlicha kamaytirilgan summasi hisobiga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini ish beruvchi har oyda toʻlab borishi nazarda tutilgan.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taminotini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3579, 2024 yil 21-noyabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu Nizomda bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taminotini qoʻllash tartibi belgilandi.

Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taminoti ayni bir shaxs tomonidan muayyan vaqt ichida bir nechta bojxona operatsiyalarini bajarish chogʻida yuzaga keladigan bojxona toʻlovlarining toʻlanishini bank kafolatini taqdim etish, sugʻurtalash yoki tovarlarni garovga qoʻyish orqali taʼminlash hisoblanadi.

Toʻlovchi bosh taʼminotni Bojxona kodeksining 336, 337 va 338-moddalarida belgilangan hollarda yuzaga keladigan bir yoki bir nechta majburiyat boʻyicha istalgan vaqtda taqdim etishi mumkin.

Bosh taʼminot:
taʼminlov hujjatlarining (bank kafolati, sugʻurta polisi yoxud garov shartnomasi) amal qilish muddatlari toʻlovchining bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlaridan koʻp boʻlganda;
bojxona toʻlovlari bosh taʼminot hisobidan undirilishi mumkin boʻlganda qabul qilinadi.

Bosh taʼminotni qabul qilish uchun ariza Bojxona qoʻmitasiga yozma yoki uning rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda berilishi mumkin.

Bojxona qoʻmitasi tomonidan ariza 10 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi hamda bosh taʼminotni qabul qilish yoki uni qabul qilishni rad etish haqida qaror chiqariladi.

Bosh taʼminotni qabul qilish haqidagi arizani koʻrib chiqish hamda bosh taʼminotni qabul qilish haqida qaror chiqarish uchun yigʻim undirilmaydi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3581, 2024 yil 10-dekabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu nizomda Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining likvidliligini favqulodda qoʻllab-quvvatlash uchun kreditlar ajratish tartibi belgilandi.

Markaziy bank banklarda likvidlilikning vaqtinchalik taqchilligi yuzaga kelgan hollarda toʻlovlar uzluksizligi va bank tizimi barqarorligini taʼminlashda soʻnggi chora sifatida toʻlovga qobiliyatli va barqaror boʻlgan bankka maqbul aktivlar garovi asosida kredit taqdim etishi mumkin.

Kredit Markaziy bank tomonidan belgilangan limit doirasida ikki haftagacha boʻlgan muddatga likvidlilikni tiklash rejasi va pul oqimlari prognoziga asosan kunlik taqdim etib borish orqali ajratiladi. Mazkur ikki haftalik kredit bankning soʻrovnomasiga asosan toʻliq, qisman va (yoki) qoʻshimcha kredit taqdim etish orqali uch oygacha boʻlgan muddatga uzaytirib borilishi mumkin.

Bank kredit olish uchun likvidlilikning vaqtinchalik taqchilligi holatini batafsil asoslantirgan holda soʻrovnomani Markaziy bankka yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi.

Markaziy bank bankning kredit olish boʻyicha soʻrovnomasini u kelib tushgan kundan boshlab 3 bank ish kuni ichida koʻrib chiqadi hamda kreditni ajratish yoki kredit ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Markaziy bank tomonidan bankka kreditni ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, Markaziy bank bilan bank oʻrtasida qonunchilikda belgilangan tartibda kredit hamda garov shartnomalari rasmiylashtiriladi.

Kredit bank aktivlari bilan toʻliq taʼminlangan boʻlishi shart.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Bir yillik statistika dasturini hisoblash metodikasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Adliya vazirligi tomonidan Bir yillik statistika dasturini hisoblash metodikasi (roʻyxat raqami 3582, 2024-yil 10-dekabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu metodikada Statistika agentligi tomonidan bir yillik statistika dasturining qiymatini hisoblash, statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash, bir yillik statistika dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilandi.

Statistika dasturining qiymati davlat statistika organlari hamda Statistika agentligining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutini saqlab turish xarajatlari summasini hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.

Statistika dasturining qiymati Statistika agentligi tomonidan hisoblab chiqariladi hamda Statistika dasturida belgilanadi.

Statistika dasturi foydalanuvchilarning statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarini oʻrganish va ulardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari asosida Statistika agentligi tomonidan ishlab chiqiladi hamda har yili yakuniga qadar Statistika kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Statistika dasturida belgilangan va amalga oshirilgan statistika ishlari uchun haq toʻlash statistika ishlarini bajarishga shartnoma
va Statistika agentligi tomonidan har oyda taqdim etiladigan bajarilgan ishlar dalolatnomalari asosida amalga oshiriladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3583, 2024-yil 12-dekabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu Nizomda ichki audit xizmati tashkil etilgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ichki audit xizmatlari rahbari va xodimi faoliyatining samaradorligini eng muhim koʻrsatkichlar asosida baholash, ularni ragʻbatlantirish va reytingini yuritish tartibi belgilandi.

Ichki audit xizmatlari xodimi faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari etib byudjet toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olishdagi natijalari, masofaviy nazoratni amalga oshirishdagi natijalari, ichki audit yillik rejasida xodim masʼul boʻlgan ichki audit tadbirlarining oʻtkazilishi hamda xodim tomonidan berilgan taklif va tavsiyalarning ichki audit obyektlari tomonidan bajarilishi belgilandi.

Xodim faoliyatining samaradorligi koʻrsatkichlarini hisoblash natijalari har chorak hisobot davridan keyingi oyning 5-sanasiga qadar belgilangan shaklda baholash tizimini joriy etish va ishlashini monitoring qilish boʻyicha masʼul tarkibiy tuzilmaga kiritiladi.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga xodim faoliyatining samaradorligi yigʻma koʻrsatkichlari va uning baholanishi boʻyicha maʼlumotlar hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasiga qadar taqdim etiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM