Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.37K videos
32 files
5.11K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti va IIV Akademiyasi o‘rtasida ilmiy hamkorlik yuzasidan memorandum imzolandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

“KONTRAFAKT MAHSULOTINI QANDAY FARQLASH MUMKIN?”

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali kontrakfakt mahsulotlar va ularni qanday qilib ajratish mumkinligi haqida murojaat tarqaldi.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasining Intellektual mulk huquqini himoya qilish boʻlimi boshligʻi Gʻiyos Madiyev bilan suhbat orqali shu masalaga oydinlik kiritamiz.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

O‘zbekiston nufuzli xalqaro reytinglardagi o‘rnini sezilarli darajada yaxshiladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Urinbayeva ma'lum qildi.

🔎 O‘zbekiston quyidagi reytinglarda yuqoriladi:

“Hukumat samaradorligi” ko‘rsatgichida 22 pog‘onaga ko‘tarildi;

“Siyosiy barqarorlik va zo‘ravonlik/terrorizimning mavjud emasligi” ko‘rsatgichida 19 pog‘onaga o‘sdi;

“Tartibga solish sifati” yo‘nalishida 33 pog‘onaga o‘sdi:

“Korrupsiyani tiyib turish” indikatoridagi natijasi 15 pog‘onaga yaxshilandi.

“Huquq ustuvorligi” yo‘nalishida 13 pog‘onaga ko‘tarildi.

“Aholi fikrini hisobga olish va hisobdorlik” ko‘rsatgichi bo‘yicha 12 pog‘ona yuqoriladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Adliya “Angidon”da

“Angidon” Navoiy viloyatining olis hududlaridan biri. Xatirchi tumaniga qarashli bu maskan shahar markazidan qariiyib 300 km uzoqlikda joylashgan.

Bu yerda adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limi vakillari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Namanganda yuridik texnikum binosi foydalanishga topshirildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hushxabar

⚡️Adliya vazirligi ISO/IEC 27001:2013 xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi

Adliya vazirligi o‘z faoliyatiga xalqaro standartlarni joriy qilish maqsadida “SMS SYSTEMS” konsalting kompaniyasi bilan birgalikda axborot xavfsizligi menejment tizimini ISO/IEC 27001:2013 xalqaro standarti talablari asosida joriy qildi.

Joriy yilning 30-sentyabr kuni Adliya vazirligi hamda BMT TD shuningdek, RR kompaniyasi ishtirokida mazkur sertifikat Adliya vazirligida tantanali ravishda topshirildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Nikoh tuzish va ajratishni qayd etish uchun arizalarni DXM orqali qabul qilish bo'yicha eksperiment o'tkaziladi

“Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish tartiblarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (540-son, 28.09.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, tug'ilganlikni tibbiyot muassasalari orqali fuqarolik dalolatnomalarini yozish bo'limlarida qayd etish tartibi 2023-yil 1-yanvardan Toshkent shahrida, 2023- yil 1-iyundan esa butun respublika hududida joriy etiladi.

Tug'ilganlik holati FHDY bo'limlarida qayd qilinganligi haqida tibbiyot muassasalari tomonidan QR-kod tasviri tushirilgan ma'lumotnoma beriladi va ushbu ma'lumotnoma tug'ilganlik haqidagi gerbli guvohnomaga tenglashtiriladi va davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilishni rad etish taqiqlanadi.

Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyatidagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo'yicha huquqiy eksperiment o'tkaziladi.

Huquqiy eksperiment 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-iyulgacha amalga oshiriladi.

Shunga ko'ra, qaror bilan Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun davlat xizmatlari markazlari orqali arizalar qabul qilish tartibi to'g'risidagi vaqtinchalik ma'muriy reglament tasdiqlandi.

⚠️ Nikohga kirish haqida ariza berilganda nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig'inini xabardor qilish tartibi bekor qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universitetida bayramona tadbir bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari