Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.12K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Intellektual_mulk

“The Procter & Gamble Company” kompaniyasining “TIDE” brendi himoya qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Intellektual_mulk

Shoir buyurtmachi ustidan adliyaga shikoyat qildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Intellektual_mulk

Mualliflik huquqlarini qanday himoyalash mumkin? Seminarlarda shu haqida so‘z bormoqda.

Samarqand viloyati adliya boshqarmasi tomonidan “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish yuzasidan Samarkand davlat tibbiyot universitetida o‘quv-seminar o‘tkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

“KONTRAFAKT MAHSULOTINI QANDAY FARQLASH MUMKIN?”

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali kontrakfakt mahsulotlar va ularni qanday qilib ajratish mumkinligi haqida murojaat tarqaldi.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasining Intellektual mulk huquqini himoya qilish boʻlimi boshligʻi Gʻiyos Madiyev bilan suhbat orqali shu masalaga oydinlik kiritamiz.

@adliyangiliklari
#intellektual_mulk

Muallif vafoti uning mualliflik huquqi tugashini anglatmaydi
 
Ma’lumki, mamlakatimizda mualliflik huquqlarini tartibga soluvchi tegishli qonunga muvofiq muallifning mulkiy huquqlari meros bo‘lib o‘tadi va merosxo‘rlar mualliflarning huquqlarni himoya qilishga haqli hisoblanadi.

Xususan, O‘zbekiston xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimovning merosxo‘ri F.Xoshimov muallifning asarlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida adliya organlariga murojaat qildi.

O‘z navbatida adliya organlari tomonidan O‘.Hoshimov asarlaridan merosxo‘rning ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalangan “Z.K.” nomli nashriyotning mansabdor shaxsiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mamuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi bilan mamuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishli sud tomonidan jarima jazosini tayinlandi.

Bundan tashqari qonunchilikda muallif asaridan ruxsatsiz foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha tovon to‘lanishi belgilangan.

Shunga muvofiq davogar F.Xoshimov Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudiga mualliflik huquqlari buzilgani uchun tovon puli va ma’naviy zarar undirish haqidagi da’vo arizasini kiritgan. Natijada sud davogar F.Xoshimov foydasiga “Z.K.” nomli nashriyotning mansabdor shaxsiga nisbatan 12 million 500 ming so‘m miqdorda tovon puli to‘lash lozimligi haqida qaror qabul qilgan.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Marg‘ilon atlasi va adrasi, Qo‘qon pichoqlari geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yhatga olindi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intellektual_mulk

Kontrafakt mahsulotlarning yorliqlari yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilindi

Adliya vazirligiga Mars, Incorporated (AQSh) kompaniyasining ishonchli vakili “SNICKERS” hamda “BOUNTY” tovar belgilaridan “A.B” MChJ tomonidan huquq egasining roziligisiz foydalanib kelayotganligi yuzasidan chora ko‘rish to‘g‘risida murojaat etgan.

Kompaniyaga tegishli “SNICKERS”, “BOUNTY” tovar belgilariga adashtirib yuborish darajasida fonetik, hamda grafik jihatdan o‘xshash bo‘lgan “SNIKERS”, “BOUNT” belgilardan foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar (muzqaymoq) ishlab chiqarib, savdoga taklif etib kelinayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan huquqbuzarlik holati bo‘yicha “A.B” MChJga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismi boʻyicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib ishni ko‘rib chiqish uchun tegishli sudga yuborildi.

Shuningdek, kontrafakt mahsulotlarning yorliqlari yoqib yuborish yoʻli bilan yoʻq qilindi.

@adliyangiliklari
#Intellektual_mulk

Huquq egasiga tegishli tovar belgining himoyasi ta’minlandi

Adliya vazirligiga “B. SH.” MChJ ga tegishli muhofazaga olingan tasviriy ko‘rinishdagi tovar belgisidan “N-M” MChJ tomonidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanilayotganligi hamda jamiyatning mutlaq huquqlari buzilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatni ko‘rib chiqish natijasida tovar belgisidan “N-M” MChJ tomonidan ruxsatsiz foydalanilayotganlik holati aniqlanib, ushbu jamiyatga nisbatan huquqbuzarlikni bartaraf etish to‘g‘risida majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritildi. Natijada jamiyat tomonidan Adliya vazirligining taqdimnomasi belgilangan muddatda bajarilmaganligi uchun jamiyat rahbari fuqaro A.A.Mga ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda ko‘rib chiqish uchun sudga taqdim etildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi tomonidan “N-M” MChJ rahbari fuqaro A.A.M Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasi birinchi qismi va 198 (4)-moddasi birinchi qismida keltirilgan huquqbuzarlik holatlarini sodir etganligi uchun unga nisbatan belgilangan tartibda jarima jazosi tayinlandi.

👉Читать новость на русском языке

@adliyangiliklari
#Intellektual_mulk

Savol: Patent nima?

Javob: Ixtiroga patent - bu ixtironing ustuvorligi, muallifi, ixtiro egasining unga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydigan muhofaza hujjatidir.

Savol: Ixtiroga patent kim tomonidan beriladi?

Javob: Patent vakolatli davlat organi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan beriladi. Ixtironing patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi davlat ekspertizasini o‘tkazish natijasida aniqlanadi. Agar ekspertiza natijalariga ko‘ra ixtironing ko‘rsatilgan shartlarga muvofiqligi aniqlansa, u holda O‘zbekiston Respublikasi hududida 20 yil davomida amal qiladigan patent beriladi.

Savol: Patent egasi qanday huquqlarga ega bo‘ladi?

Javob: Patent egasi ixtirodan foydalanish va undan foydalanish huquqini boshqa shaxslarga berish borasida mutlaq huquqqa ega. Patentining amal qilish muddati tugagan ixtiro omma mulkiga aylanadi. Ya’ni, boshqa shaxslar tomonidan foydalanish uchun ochiq bo‘ladi.

👉Читать новость на русском языке

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM