Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.36K videos
32 files
5.1K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_yoshlar

Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Yoshlar forumidagi uchrashuvidan tezislar

📌Lavozim asosiy narsa emas.
Asosiysi harakatingizdan foyda, xalqqa manfaat bo‘lishi kerak. Lavozimga intilishning yomon joyi yo‘q, lekin buning mehnatiga tayyor turish kerak.

📌Yoshlarning korrupsiyaga toqati yo‘q.
Davlat yaratilishidan avval odamlar urug‘-aymoqchilik asosida birlashgan. Davlatlar yuzaga kelgach, urug‘-aymoqchilik davlat rivoji yo‘liga to‘g‘anoq bo‘la boshladi. Lekin qarangki, 21-asrda ham nepotizm hamon dolzarb. Bu illat bilan jamiyat va davlat rivojlanmaydi. Shuning uchun meritokratiya katta ahamiyatga ega. Adliyada eng oddiy lavozimga ham ochiq tanlov bilan ishga olyapmiz. Natijada yaxshi kadrlar va yaxshi g‘oyalar kirib kelyapti. Ya'ni yechim oldimizda — qo‘llayapmiz boshqalarni ham shunga chaqiramiz.

📌 Ijtimoiy tarmoqlar bilim manbai emas, kitob o‘qinglar.
Axborot ko‘p, har kuni tongdan bir nechta ijtimoiy tarmoqqa kiramiz. Bu fikr shakllanishiga salbiy ta'sir qilyapti, yosh avlodni chalg‘ityapti. Populizm rivojlanyapti. Auditoriya yig‘ish uchun noreal narsalarni gapirish ko‘p. Yoshlarda bunga nisbatan filtr bo‘lishi kerak. Buning uchun fundamental bilimlarni olish lozim. Ijtimoiy tarmoqlar bilim manbai emas, kitob o‘qinglar.

📌Hech kim hech qachon qonundan ustun bo‘lmasligi kerak.
Bizga universitetda domlalar shunday misollar aytishardi: farzand onasi kasal, uning hayotini qutqarish uchun huquqi bo‘lmasa ham mashina haydab yo‘l qoidasini buzib onasini shifoxonaga olib borsa, bunga nima baho berish kerak? Yoki g‘orda bir qancha vaqt qamalib qolgan o‘nta odamni qutqarish uchun 20 ta odam boradi. Qarashsa, ichkarida qolganlar o‘zaro kelishuv asosida, rozilik bilan ikki kishini yeb qo‘yishgan ekan. Yeyishmasa, hammasi ochdan o‘lishi mumkin. Shunda nima bo‘ladi?
Dunyoni qutqargan bo‘lsa ham, qonunni buzgani uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Holatni og‘irlashtiruvchi-yengillashtiruvchi vaziyatlar e'tiborga olinsa ham, har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortilishi shart. Shunday qadriyat shakllanishi lozim!

@adliyangiliklari
#Adliya_yoshlar

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov "Toshkent yoshlar forumi — 2021" doirasida O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar, jumladan TikTok va Twitterning bloklanishi bo‘yicha savolga javob berdi.

"Cheklovlar ko‘payib ketdi degani bu cheklovlar bo‘lmasligi kerak degani emas. Qayerda bo‘lsa ham, maqbul darajada bo‘lishi kerak deb hisoblayman. Ijtimoiy tarmoqlarga keladigan bo‘lsak, men axborot almashinuvida erkinlik tarafdoriman. Bugungi zamonda axborotni hech qachon cheklab, uni jilovlay olmaysiz.

Tarix ham bunga guvoh. Gutenberg 1445-yilda bosma dastgohni kashf qilgan va shu orqali ko‘pchilik millatlarning savodi chiqqan. Usmoniylar imperiyasi esa bundan qo‘rqib, 18—19-asrgacha Gutenbergning dastgohini mamlakatga kiritmagan. Bu esa millatning savodi bo‘yicha qoloq bo‘lishiga olib kelgan. Buning orqasidan sanoat, ishlab chiqarish va raqobat Yevropada keskin rivojlanib ketdi va G‘arb davlatlari har tomonlama o‘sishga erishdi.

Axborot almashinuvi doim bo‘lishi kerak, bu bilimni kuchaytiradi. Ammo noqonuniy kontent har doim bo‘ladi. Noqonuniy kontent nima? Bu terrorizmga boshlovchi chorlovlar, diniy adovatlarni qo‘zg‘atuvchi materiallar, pornografiya yoki zo‘ravonlik haqidagi materiallar. Rivojlangan davlatlarda bularning barchasi qonun bilan tartibga solingan. Qonun bilan ishlasak yanglishmaymiz
", - dedi Davletov.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

Qonunlar ijrosi yoshlar talqinida

📹 20-dekabr kuni “Toshkent yoshlar forumi – 2021” doirasida adliya vaziri Ruslanbek Davletov talaba yoshlar bilan muloqot qildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_yoshlar

Adliya vaziri yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda

⚡️Ayni damda adliya vaziri Ruslanbek Davletov va huquq sohasiga qiziqishi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu uchrashuv ''Toshkent yoshlar forumi -2021'' da talaba yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida tashkil etilmoqda.

Uchrashuvda:

yoshlarning qonunchilikda belgilab qo‘yilgan huquq va imkoniyatlari;
sohani rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalar, fikrlar va takliflar bo‘yicha muloqot qilinmoqda.

Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad huquq sohasiga qiziqishi bo‘lgan yoshlarni norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti, huquqiy targ‘ibot kabi vazirlik vakolatiga kiradigan funksiyalar bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek huquqiy masalalarda savol, taklif va tashabbuslari mavjud bo‘lgan yoshlarni eshitishdan iborat.

📹 Kuzatib borish uchun havola:
https://www.facebook.com/100009249787631/videos/265370315582030

@adliyangiliklari
#Adliya_yoshlar

⚡️Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning huquq sohasiga qiziqishi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

📹
Onlayn translyasiya: https://www.facebook.com/100009249787631/videos/265370315582030

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

📹 Adliya vaziri Ruslanbek Davletov ayollarning jamiyatdagi mavqei, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlik haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

Adliya vazirining yoshlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda. Ruslanbek Davletov yoshlarning savollariga javob bermoqda:

▫️Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqish jarayonlari haqida;
▫️Yuridik shaxslarning jinoiy javobgarligi institutini joriy etish va korporativ javobgarlik haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

📹 Adliya vaziri Ruslanbek Davletov "Yangi O'zbekiston" konsepsiyasi haqida.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

📹 Adliya vaziri Ruslanbek Davletov korrupsiyaga qarshi kurashish va bu borada Singapurning tajribasi haqida.

@adliyangiliklari
#Adliya_yoshlar

❗️ Abiturientlar uchun test sinovlaridan oldin ovozli chat marafoni

Xabaringiz bor, 8 avgustdan O‘zbekiston bo‘ylab test sinovlariga start beriladi. Salkam 1 million 200 ming nafar abiturientlar va ularning yaqinlari uchun hayajonli damlar boshlanadi.

Test sinovlaridan oldin abiturientlarga motivasiya va maslahatlar berish maqsadida 6—7 avgust kunlari (shanba va yakshanba) @xushnudbek Telegram kanalida turli darajadagi mas'ul shaxslar bilan qisqa suhbatlar tashkil qilinmoqda. Ushbu marafonda adliya vaziri Ruslanbek Davletov ham spikerlar qatorida ishtirok etadi.

6-avgust, 20:00

O‘tkazib yubormang!

@adliyangiliklari
#Islohotlarga_daxldorman

🖥 Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida keng targʻib qilish, fuqarolarimizning bilimlarini oshirishga qaratilgan “Islohotlarga daxldorman” loyihasiga start berilgan. Loyiha doirasida joylarda turli formatdagi tadbirlar tashkil qilinmoqda.

✔️ Xususan, loyiha targʻibot guruhi aʼzolari Navoiy viloyati yuridik texnikumida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinida bellashdi.

✔️ “Tengdosh — tengdoshga” tamoyili asosida Namangan davlat universitetida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuv kuchli munozaralarga boy oʻtdi.

✔️ Andijon viloyatida “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida keng qamrovli targʻibot aksiyasi faollari Marhamat tumanidagi 2-son kasb-hunar maktabida boʻldilar.

✔️ Termiz shahar 11-sonli maktabda “Islohotlarga daxldorman” loyihasi doirasida viktorina oʻtkazilib, gʻoliblar targʻibot guruhi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

✔️ Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Islohotlarga daxldorman” loyihasi targʻibotchilari Qarshi shahridagi Nuriston akademik litseyida interfaol usulda uchrashuv tashkil oʻtkazdilar.

✔️ Kattaqoʻrgʻon garnizonida joylashgan 02855-sonli harbiy qismida “tengdosh — tengdoshga” tamoyili asosida targʻibot guruhlari tomonidan turli interfaol oʻyinlar va viktorinalar tashkil etilib, huquqiy targʻibot ishlari amalga oshirildi.

✔️ Qibray tumani “Yoshlik” mahallasida joylashgan kasb-hunar maktabida tashkil etilgan uchrashuvda yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imtiyozlar, yoshlarning erishayotgan yutuqlari va kelgusidagi rejalar haqida toʻxtalib oʻtildi.

✔️ Urganch shahar “Ishga marhamat” monomarkazi hamda Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktablarida “Islohotlarga daxldorman” loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.

✔️ “Islohotlarda daxldorman” shoiri ostida Sirdaryo viloyat yuridik texnikumi va Guliston davlat pedagogika institutida targʻibot tadbirlari boʻlib oʻtdi.

✔️ Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Islohotlarda daxldorman” shiori ostida “tengdosh — tengdoshga” tamoyili asosida Geologiya fanlari universitetida huquqiy targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

✔️ Jizzax viloyatida “Islohotlarga daxldorman” loyihasi doirasida tashkil etilgan targʻibot tadbirlarida 200 ga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

✔️ “Islohotlarga daxldorman” shiori ostida keng qamrovli targʻibot aksiyasi Fargʻona viloyatida ham tashkil etilmoqda.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_yoshlar

Otaliqqa olingan yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Samarqand viloyatidagi barcha tuman, shaharlarda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi bilan hamkorlikda otaliqqa olingan yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda 60 dan ortiq tashkilotlar va davlat idoralari, muassasalar 400 dan ziyod ish o‘rinlari bilan qatnashdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_yoshlar

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi TDYU o‘qituvchilari va talabalari hamda Surxondaryo viloyat yuridik texnikumi mas'ul xodimlari ishtirokida Termiz shahridagi "Amudaryo" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida adliya otalig‘iga olingan maktab o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbati tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.

Tadbir davomida, bolajonlar uchun “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida sport o‘yinlari, xususan, shaxmat, shashka hamda stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Qizg‘in davom etgan bahslarda g‘oliblar munosib taqdirlandi.

Bu kabi tadbirlar yoshlаr o‘rtаsidа yot g‘oyalаr tа’sirigа tushib qolishning oldini olishgа, huquqbuzаrliklаrgа nisbаtаn murosаsizlik munosаbаtini shаkllаntirishga, ulаrdа qonunlаrgа hurmаt hissini kuchаytirishgа xizmat qiladi.

@adliyangiliklari