Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.36K videos
32 files
5.1K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_nazorat

Davlat xizmatlarini rivojlantirishda davlat organlari va tashkilotlarining masʼuliyati juda muhim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4193-son qarori hamda PF-5930-son va PF-6269-son farmonlari asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblariga rioya etilishi holati respublika miqyosida o‘rganildi.

📋O‘rganish natijasida quyidagi vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmagan holda fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlaridan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida hamda ishga qabul qilish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab qilinganligi aniqlandi:

🔹Bandlik va mehnat munosbatlari vazirligi – 50 dan ortiq;

🔹Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – 20 dan ortiq;

🔹Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – 20 dan ortiq;

🔹“O‘zsuvta’minot” AJ – 600 dan ortiq;

🔹“Hududgazta’minot” AJ – 300 dan ortiq;

🔹“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ – 40 dan ortiq.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur qonunchilik hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘ganligi yuzasidan yuqoridagi vazirlik va tashkilotlarga nisbatan taqdimnoma hamda ogohnoma ta’sir choralari qo‘llanildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_nazorat

DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISH TARTIBINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK MUQARRAR!

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda o‘z vazifasini sidqidildan bajarayotgan davlat idoralaridan tashqari davlat xizmatlarini o‘z vaqtida ko‘rsatmasdan, fuqarolarni sarson qilayotgan, ularning murojaatlarini eʼtiborsiz qoldirayotgan ayrim davlat idoralari ham uchrab turibdi.

Adliya vazirligi tomonidan “Litsenziya” axborot tizimi orqali ruxsat etish, litsenziyalash va xabardor qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishi doimiy nazorat qilib kelinmoqda.

Xususan, Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda ulardan foydalanish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash davlat xizmati ko‘rsatilishida Tabiat resurslari vazirligi tomonidan xulosalar taqdim etishda qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Aniqlangan qonun buzilishi yuzasidan Tabiat resurslari vazirligining mas’ul mansabdor shaxsiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215-5-moddasiga asosan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_nazorat

⚡️Davlat xizmatlarini ko'rsatishda 2023-yilning 1-choragi mobaynida eng ko‘p qonun buzilishi holatlari aniqlangan vazirlik va idoralar:

🔹Kommunal idoralar – 8 970 ta
🔹Kadastr idoralari – 4 274 ta
🔹
Qurilish idoralari – 3 875 ta
🔹Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi organlari - 2 279 ta
🔹
Bandlikka ko'maklashish organlari - 943 ta

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat