Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.2K subscribers
13.8K photos
1.44K videos
33 files
5.35K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Munosabat

Ижтимоий тармоқларда “Андижон шаҳри ҳокими Президент қарорига зид равишда ер ажратиш бўйича қарор чиқарди” мавзусида чиқарилаётган масала юзасидан

Андижон шаҳар ҳокимининг 2021 йил 10 апрелдаги 80к-сонли қарорига асосан Андижон шаҳар “ELEVADA UT GROUP” МЧЖга Андижон шаҳар, Мангулик кўчасида жойлашган 1422 кв.метр ер майдони замонавий лойиҳалар асосида 5 қаватли, 1-қавати савдо ва маиший хизмат кўрсатиш, юқори қаватлари автомобиллар вақтинча тўхтаб туриш жойи биноси қуриш учун ажратиб берилган.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 26 августдаги “Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган бўш турган ер участкаларини бериш ҳамда архитектура-қурилиш ишларини амалга ошириш тартиб-таомилларини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-4427-сон Қарорига асосан 2019 йил 1 октябрдан бошлаб вилоятларда қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган бўш турган ер участкалари тадбиркорлик ва шаҳарсозлик фаолиятини амалга ошириш учун фақат «E-IJRO AUKSION» савдо майдончасида электрон онлайн-аукцион орқали берилиши белгиланган.

Шунингдек, қурилиш мўлжалланган ушбу ер майдонида қурилиш ишлари тегишли рухсат этувчи ҳужжатлар олинмасдан бошлаб юборилган.

Мазкур ҳолат юзасидан Андижон шаҳар адлия бўлими томонидан 2021 йил 5 май куни шаҳар ҳокимининг 80к-сонли қарорида кўрсатилган ер ажратишдаги қонунбузилишларни бартараф этиш юзасидан тақдимнома киритилди.

Шунингдек, халқ депутатлари Андижон шаҳар кенгашининг 2021 йил 30 апрель куни бўлиб ўтган 19-сессиясида шаҳар ҳокимининг 80к-сонли қарори депутатлар томонидан тасдиқланганлигини қонунийлиги, ваколатлилиги, ушбу қурилиш объектини қуриш ишлари бажарлиши мумкинлиги юзасидан Андижон шаҳар адлия бўлими томонидан ўрганишлар ўтказилмоқда.

Бундан ташқари, Андижон шаҳар адлия бўлими томонидан 2021 йил 19 апрель куни қонун ва бошқа норматив ҳуқуқий ҳужжатларни қўллаш бўйича Андижон шаҳар ҳокимига, Давлат кадастр палатаси Андижон шаҳар филиалига ва Андижон шаҳар қурилиш бошқармаларига ҳуқуқий маслаҳат ҳамда огоҳномалар киритилган.

Адлия вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar faollashuvi va ma’lum voqeaga shaxsiy munosabat bildirish ochiqlik, oshkoralikning yorqin misoli. Ammo bir holatni to‘liq o‘rganmagan holda talqin qilish jamoatchilikka noto‘g‘ri ma’lumot yetkazishga sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda iste’molchilar uchun xizmat ko‘rsatadigan umumiy ovqatlanish joyi peshtoqida yozilgan “Samsa” xizmat ko‘rsatish belgisi yuzasidan tarqalgan xabarlarga asosan Adliya vazirligi rasmiy munosabat bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan iste’molchilarning asosiy huquqlari tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish hisoblanadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste’mol xossalari, narxi, sifati, ishlab chiqaruvchining (bajaruvchining) kafolat majburiyatlari xususida iste’molchilarni chalg‘itish, xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamg‘alanishini, etiketkasini, o‘rovini, ranglar uyg‘unligini, tovar belgisini takrorlash, reklama materiallaridan yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan nusxa ko‘chirish orqali qalbakilashtirish insofsiz raqobat hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Samsung kompaniyasi 43-sinf ya’ni umumiy ovqatlanish faoliyatini yuritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida Samsung jamlanma tovar belgisiga muhofaza hujjatini olmagan.

Yuqoridagilarga muvofiq ushbu holatda iste’molchilarning huquqlari buzilishi va insofsiz raqobat kirishishga oid huquqbuzarlik mavjud.

Shunday ekan axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq kanallaridan axborotni to‘g‘ri talqin qilish va uni jamoatchilikka xolis yetkazishni so‘rab qolamiz.

@adliyangiliklari
#Munosabat

Deputat qonun hujjatlarini to‘g‘ri tahlil qilmasa, boshqalardan nima kutish mumkin?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

26-iyul
▪️ Adliya tizimida korrupsiyani oldini olish va qarshi kurashish natijalari e’lon qilindi.

27-iyul
▪️ Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida “Prezident hujjatlari ijrosini ta'minlashda ko‘rilayotgan choralar. Davlat organlarida Prezident hujjatlari ijro holati” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi va “O‘zbekiston” telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan “YURIDIK KLINIKA” ko‘rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi. Adliya vazirligi mas'ul xodimlari va boshqa mutasaddilar tadbirkorlik sohasidagi muammolar va qonunchilik masalalari bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob berdi.

28-iyul
▪️ Adliya vazirligida “Davlat organlari va ta'lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi ta'lim va halollik tizimini yaratish” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

▪️ Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasining ishchi guruhi Andijon viloyatida bo‘lib, xodimlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda quyi bo‘g‘in xodimlari bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazdi.

29-iyul
▪️ Adliya vazirligi: Sud-ekspertiza tadqiqotlari o‘tkazish bo‘yicha uslubiyotlar zamon talablariga muvofiq yangilanadi.
___________

#Munosabat

▫️ Deputat qonun hujjatlarini to‘g‘ri tahlil qilmasa, boshqalardan nima kutish mumkin?

@adliyangiliklari
#Munosabat

2022-yil dekabr oyida “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi tomonidan yangi Mehnat kodeksi 1 000 ta nusxada (o‘zbek va rus tillarida) chop etilgan.

Kodekslarning rus tili nashridagi texnik xatolik ularning 238 tasi sotib bo‘lingach aniqlanib, do‘konlardan qolgan kodekslar zudlik bilan yig‘ib olingan.

Mazkur texnik xatolikka yo‘l qo‘ygan sohaga mas'ul shaxslarga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilib, kelgusida bunday xatoga yo‘l qo‘ymaslik choralari belgilab olindi.

Ushbu texnik xatoligi mavjud kodeksni sotib olgan fuqarolarimiz (71) 233-25-65; (33) 280-55-40 raqamlariga aloqaga chiqishlarini so‘raymiz. “Adolat” MHAM tomonidan kodekslarning to‘g‘rilangan shakli Sizga yetkazib beriladi.

“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi

@adliyangiliklari
• Toshkent davlat yuridik universitetida faqat o‘qigan talabalar diplom oladi!

👉 Batafsil...

• В Ташкентском государственном юридическом университете дипломы получают только те студенты, которые учились!

👉 Подробнее...

👍 📩 @tsulofficial #munosabat #опровержение
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM