Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.36K videos
32 files
5.1K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Surxondaryoda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini ta'minlash masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 23-iyun kuni Surxondaryo viloyati hokimligida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov tomonidan Surxondaryo viloyati hokimligi hamda viloyat davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga mas'ul bo‘lgan xodimlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari ijrosini ta'minlash masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda viloyat tashkilotlarining mas'ul xodimlari tomonidan Prezident topshiriqlari ijrosini ta'minlash borasidagi ishlar hamda bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hamda muammolar muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan mazkur sohani va ijro intizomi nazoratini olib boriladigan ijro.gov.uz elektron tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a'zosi Aleksandr Karlayl bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23-iyun kuni adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muxammadiyev hamda Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a'zosi, Buyuk Britaniya “Bikal LTD” kompaniyasi Kuzatuv kengashi a'zosi Aleksandr Karlayl o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda oxirigi yillarda Adliya vazirligi faoliyatida jadal islohotlar amalga oshirilganligi hamda tizim faoliyatida raqamli texnologiyalar keng joriy qilib kelinayotganligi to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Buyuk Britaniya “Bikal LTD” kompaniyasi Kuzatuv kengashi a'zosi A. Karlayl ushbu yo‘nalishda o‘tkazilayotgan islohotlarni ijobiy baholab, amalga oshirilayotgan ishlar vazirlik tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etishda eng samarali usullaridan biri ekanligini bildirdi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonga ilg‘or investitsiyalar va texnologiyalarni jalb qilish, shu jamladan sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar huquq va adliya sohasida o‘zaro istiqbolli hamkorlikni jadallashtirishga kelishib oldilar.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari #Bu_muhim

💠Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisidagi Qonun fuqarolar va yuridik shaxslarning davlat organlari bilan munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan.

Qonunga koʻra maʼmuriy tartib-taomil deganda davlat organlarning ommaviy-huquqiy faoliyatini tartibga soluvchi protsessual qoidalar (yaʼni litsenziya, ruxsat berish tartib-taomillari, davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartib-taomillar va x.k.)tushuniladi.

Batafsil yuqoridagi infografikalarda👆👆👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_tahlii

Siz yashayotgan hudud biznes reytingida nechinchi o‘rinda?!

2019-yildan buyon respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasinin aniqlash tartibi joriy etilgan bo‘lib, shunga asosan hududlarning biznes reytingi b-indicator.uz saytida e'lon qilinib kelinmoqda.

Hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash avtomatik tarzda “BUSINESS INDICATOR” tizimi orqali amalga oshiriladi.

Xususan, o‘tgan davrda hududlarning 2019 va 2020-yillardagi biznes reytingi e'lon qilingan bo‘lib, kuni kecha 2021-yilning yakunlari bo‘yicha ham 14 ta viloyat hamda 205 ta tuman (shahar)larning reytingi aniqlandi.

Reyting 17 ta indikator bo‘yicha shakllantirilib, unda 30 taga yaqin mas'ul idoralar tomonidan kiritilgan qariyb 4 mingta statistik ma'lumotlar tahlil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

💻@tezkor_murojaat_bot ga murojaat – masalaga tezkor yechim

Xabaringiz bor davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan muammolariga tezkor yechim topish, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida @tezkor_murojaat_bot telegram boti ishga tushirildi.

Tashkil etilganiga endigina 1 oy bo’lgan bo’lsa-da, mazkur botga qisqa davr ichida davlat xizmatlarini ko‘rsatishga oid jami 1 133 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularga Adliya vazirligi Davlat xizmatlari departamenti hamda Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi mas’ul xodimlari bilan birgalikda javoblar berilishi ta’minlab kelinmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari #Bu_muhim #Hududlarda

🔊Qoraqalpog'iston Respubllikasida o'n ikkinchi Davlat xizmatlari markazi ishga tushdi.

Batafsil👈👈👈

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Hawkamah korporativ boshqaruv instituti (BAA) bosh direktori Ashraf Gamal El Din bilan uchrashdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Tadbirkorlik kodeksi” – tadbirkor manfaatlari uchun

Adliya vazirligi tomonidan Tadbirkorlik kodeksi loyihasining mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyatini tushuntirish, muhokama qilish va tegishli takliflarni to‘plash maqsadida, har bir viloyat adliya boshqarmalarida tadbirkorlik subektlari bilan davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari