Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.41K videos
32 files
5.23K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

🗓 Imkon. Matonat. 4 kun qoldi...

Eng uzoq yoʻl ham birinchi qadamdanoq boshlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

🗓 Imkon. Matonat. 3 kun qoldi...

Bu shunchaki hayot xronikasi emas, balki qiyinchiliklarni yengib o‘tish va ruhiy kuchning chuqur, shaxsiy qissasidir.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

“Oydinlar odamlar orasida” loyihasi haqida

Soʻnggi bir hafta davomida Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Oydinlar odamlar orasida” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kungacha Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mahmudxoʻja Behbudiy, Mohlaroyim Nodira obrazlari ishtirokidagi videoqatorlar shahrimizning gavjum joylarida suratga olindi va omma eʼtiboriga taqdim etildi.

Loyihadan maqsad oʻzbek tili xazinasini oʻzining shoh asarlari bilan boyitgan, shu bilan birga, milliy tafakkurda katta oʻsish qilgan buyuk bobolarimiz va momolarimiz siymosi, asarlari, gʻoyalarini keng ommaga, ayniqsa, yoshlarga taʼsirchan targʻib qilishdan iborat.

Ijrochilar professional aktyorlar emas, balki Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari, boʻlajak huquqshunoslar. Loyihani rejalaganimizda biz uchun yoshlarning, talabalarning oʻzlari oydinlarimizning siymosini gavdalantirishi, oʻz talqinlarida berishi hamda zamonaviy va yoshlarga taʼsirchan tarzda targʻib qilishi ahamiyatli boʻldi.

Manzillar sifatida bozorlar, metro bekatlari va Toshkentning gavjum koʻchalari tanlanganida aholi oydinlarimizni faqat televizor yo kinoda emas, real hayotda ham koʻrishi maqsad qilingan.

Taʼkidlash joiz, videolarni suratga olish jarayonida qahramonlarimiz bilan birga suratga tushishni, ularga yaqinroq kelib savollar berishni, yaʼni oydinlarimizni oʻrganish istagini bildirganlar insonlar koʻp boʻldi va bu bizni xursand qildi.

Ushbu loyihada ishtirok etgan, asosiy ishidan, darslaridan, imtihonlaridan ortib vatanparvarlik tuygʻusi bilan oydinlarimizni targʻib qilishga jon deb kirishgan TDYU oʻqituvchi va talabalariga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan yoʻlga qoʻyilgan “Qaroqchi” loyihasi jamoasi Artel Electronics kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Loyiha jamoasi Artel kompaniyasidagi ish jarayonlari va tashkil etilgan mehnat sharoitlarini oʻrganib, kompaniya xodimlari va rahbarlari bilan suhbatlashdi. Tez orada ushbu intervyuni koʻrish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Eslatib oʻtamiz, “Qaroqchi” loyihasining asosiy maqsadi aholining intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqiy madaniyatini shakllantirishga koʻmaklashish hamda keng jamoatchilikka milliy brendlarning mualliflari va vakillari bilan tanishtirishdir.


📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Artelchilar ham Artel ishlatadimi? Kompaniya sifatga obro‘li brendlar darajasida kafolat bermoqda

Batafsil 👉 https://youtu.be/6B9Q5Q0pdY8?si=a6ItOdgBmCHJgbXr

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidagi hujjatlar asosida onlayn javob berishga moʻljallangan “LexAI” chat-boti ishga tushirildi.

“LexAI” chat-boti qanday imkoniyatlarga ega? Bu haqida batafsil 👉 rolikda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidagi hujjatlar asosida onlayn javob berishga moʻljallangan “LexAI” chat-boti ishga tushirildi.

“LexAI” chat-boti imkoniyatlari haqida batafsil 👉 rolikda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

“LexAI” platformasi taqdimoti oʻtkazildi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov “Lex AI” – sunʼiy intellekt yordamida huquqiy masalalarga javob topishga koʻmaklashadigan yagona platformani taqdimot qildi.

Ushbu platformada huquqiy masalalarga javob topishga koʻmaklashadigan yordamchi chat-bot, hujjatlarni huquqshunos ishtirokisiz, konstruktor asosida mustaqil tayyorlashga, ekspertiza qilib berishga, berilgan keyslarga huquqiy amaliyotni tahlil etish asosida javob berishga moʻljallangan xizmatlar jamlangan boʻlib, ularni bosqichma-bosqich joriy etish ustida ish olib borilmoqda.

Hozirda platformaning huquqiy masalalarga oid savollarga sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidagi hujjatlar asosida onlayn javob berishga moʻljallangan “LexAI” chat-boti ishga tushirilgan.

Bugungi kunda Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida 48 mingdan ortiq hujjatlar mavjud boʻlib, shundan amaldagi hujjatlar soni 34 mingdan, yaxlit hujjatlar soni 28 mingdan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hujjatlar soni esa 5 700 dan ortiq.

“LexAI” chat-botining yaratilishida huquq va IT sohasidagi tajribali mutaxassislar tomonidan 5 oydan ortiq vaqt davomida ishlar olib borildi va natijada mazkur chat-botda amaldagi 34 mingdan ortiq normativ tusdagi hujjatlar, shuningdek, 604 mlndan ortiq belgilardan iborat bilimlar bazasi oʻqitildi.

Chat-botning asosiy funksiyalari va logikasi Open source manbaalarisiz ishlab chiqilgan.

❗️Platforma hozircha huquqshunos-mutaxassislar sinovidan o‘tmoqda, yaqin vaqtda keng omma uchun ochiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM