Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.37K videos
32 files
5.11K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Muhim

📣 Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Adliya vazirlari kengashining 18-majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda Belarus, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston adliya vazirlari ishtirok etadi.

🗓 Qachon: 2024-yil 17-oktabr kuni, 09:30 da

📍Qayerda: Toshkent shahri, International Hotel Tashkent mehmonxonasi (mo‘ljal — "Bodomzor" metro stansiyasi).

OAV vakillarini ushbu tadbirda ishtirok etish va keng yoritishda hamkorlikka chorlaymiz.

❗️Tadbirda qatnashish uchun: 71-207-04-38 (ichki raqam — 1073, 1071) telefon raqami yoki @adliya_axborot Telegram akkaunti orqali ro‘yxatdan o‘tish so‘raladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Yakkasaroy tumani davlat xizmatlari markazi binosida elektr tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli fuqarolarga xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishini ma‘lum qilamiz.

Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

“Qogʻozsiz bir kun” respublika eko-aksiyasiga qoʻshiling!


Bugun, 25-oktabr kuni Oʻzbekistonda “Qogʻozsiz bir kun” respublika eko-aksiyasi oʻtkazilmoqda.

Bu nima uchun muhim? Qogʻozdan foydalanishni qisqartirish va undan voz kechish xarajatlarni, tabiiy resurslarga boʻlgan yuklamani, jumladan suv va elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish hamda chiqindilar miqdorini qisqartirishga imkon beradi. Umuman olganda, bunday amaliyot davlat organlari faoliyatini yanada barqaror, iqtisodiy samarali va ekologik xavfsiz qilishga yordam beradi.

Ofisda qogʻoz sarfini kamaytirish uchun nima qilish kerak?
✔️ Raqamli texnologiyalarga oʻting: hujjatlarni chop etish oʻrniga elektron xatlar joʻnating.
✔️Oqilona chop eting: faqat zarur boʻlganda bosing, ikki tomonlama chop etishdan foydalaning.
✔️Qayta ishlangan qogʻozdan foydalaning: ekologik toza qogʻoz mahsulotlarini tanlang.
✔️ Fayllarni onlayn ulashing: bulutli saqlash xizmatlari va hamkorlikda ishlash vositalaridan foydalaning.

Adliya organlarida joriy qilingan elektron tizimlar sababli 2024-yilning 9 oyi davomida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 12,7 tonna ofis qogʻozi tejaldi.

Agar shu hajmdagi qogʻoz bilan yerni bir qavat qilib qoplaydigan boʻlsak, u taxminan 160 ming kvadrat metr maydonni, yaʼni 22 ta futbol maydonini yoki 127 ta olimpiya basseynini egallagan boʻlardi.

Oʻrtacha hisobda 1 tonna ofis qogʻozini ishlab chiqarish uchun daraxt turi va ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab 17—20 ta daraxt kerak boʻlishi mumkin. Shu sababli, 12,7 tonna ofis qogʻozini tejash orqali taxminan 240 ta daraxtni saqlab qolishga erishildi.

Ofisda qogʻoz ishlatishni kamaytirish orqali ekologik kelajakka qadam qoʻyaylik!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Giyohvandlikdan qanday tuzalish mumkin? Shifokor bilan suhbat


Giyohvandlik qanday kasallik, uni uy sharoitida davolash mumkinmi, “o‘tirib qolish” qancha davom etadi, undan davolanish uchun nega maqbul fursat qachon, an’anaviy narkotik moddalarga qaraganda zamonaviy “tabletka”lar xavfsiz, ulardan qutulish osonmi, nima uchun yoshlar bu kasallikka moyil bo‘lmoqda, giyohvand moddalar bevosita ichki organlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi, bemorlar qanday davolanadi? Shu va shu kabi savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari Furqat Bahromov javob berdi.

To‘liq video: 👉 https://youtu.be/B4eEYm7FL54

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Joriy yilning 5-noyabr kuni soat 16:00da Adliya vazirligining navbatdagi kengaytirilgan hay'at majlisi bo‘lib o‘tadi.

Video-konferens-aloqa shaklida o‘tkaziladigan yig‘ilishda 2024-yilning 9 oyi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilinadi.

Unda vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linma, “O‘zarxiv” va Personallashtirish agentligi, adliya organlari va muassasalari rahbarlari, shu jumladan tuman (shahar) adliya bo‘limlari mas'ul xodimlari ishtirok etadi.
_____________

#Важно

📣 5 ноября текущего года в 16:00 состоится очередное расширенное заседание коллегии Министерства юстиции.

На заседании, которое пройдет в формате видео-конференц-связи, будут обсуждены работа, проделанная органами и учреждениями юстиции за 9 месяцев 2024 года, и задачи на перспективу.

В нем примут участие руководители структурных подразделений центрального аппарата министерства, Агентства "Узархив" и Агентства персонализации, органов и учреждений юстиции, в том числе ответственные сотрудники районных (городских) отделов юстиции.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣📣 Diqqat, e'lon!

Hurmatli hamyurtlar va yurtimiz mehmonlari! 2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar O‘zbekistonda "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkaziladi. Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Sergeli tumani FHDY boʻlimi binosida Internet tarmogʻida kuzatilgan nosozlik sabab aholiga xizmat koʻrsatishda vaqtinchalik uzilishlar boʻlishini maʼlum qilamiz.

Shu sababli FHDY boʻlimlari faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼiy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat koʻrsatilishi belgilangan.

📍 Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman FHDY boʻlimlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimida (MUNIS) 2024-yil 1-dekabr kuni soat 00:00 dan 08:00 ga qadar texnik va profilaktik ishlar oʻtkazilishi rajalashtirilgan, ushbu vaqt oraligʻida (onlayn) davlat xizmatlari uchun toʻlovlarni amalga oshirishda uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM